1. 1-§. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida kreativlikni rivojlantirish dolzarb pedagogik muammo sifatida


Download 188.4 Kb.
bet1/10
Sana02.02.2023
Hajmi188.4 Kb.
#1147108
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
lotinga almashtirish


1.1-§. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida kreativlikni rivojlantirish dolzarb pedagogik muammo sifatida

Kreativlik (lotincha “create ” – yaratish, “creative ” yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g’oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati ma’nosini ifodalaydi. SHaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg’ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo’ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. SHuningdek, kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o’tkirlikni belgilab beradi.


Mazkur tushunchani ko’plab nuqtai nazarlarga asoslangan talqinlari mavjud. Falsafada kreativlik deganda “biror yangi narsani yaratish yoki qandaydir usullar asosida yangilikni amalga oshirish: muammoni hal etishning yangi yechimlari, yangi metod yoki vosita, yangi san’at asari”. Bizning tadqiqotimizda san’atning(adabiyot, musiqa) mohiyatini tadqiq etuvchi, san’atning madaniyatni shakllantirish va barcha faoliyat sohalariga doir vazifalarini hisobga oluvchi san’at falsafasi alohida ahamiyat kasb etadi.
Professor F.R. Yuzlikaev va M. Najmidinovalarning “ CHet tilini o’qitishda talabalarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish” metodik qo’llanmasida I.P.Nikitinaning fikrini ketirib, “- san’at falsafasida to’g’ridan-to’g’ri “kreativlik” tushunchasi qo’llanilmaydi, biroq “inson muntazam ravishda o’zining shaxsiy “chegarasi”dan chetga chiqishga harakat qiladi: o’zining imkoniyatlari, hayoti va o’z dunyosidan” [124, 171.b ]. Transtsenditlikda insonning o’z-o’zini o’zgartirishga intilishi, hissiyotlari, ijodkorligi va kreativligi asos bo’lib xizmat qilishini ta’kidlaydi.
Psixologik nuqtai nazardan kreativlik ko’proq ijodga umumiy qobiliyatlilik bilan aloqadorliklikda talqin qilinadi. Hozirda mazkur atama original yeichmlarni izlab topish, nostandart harakatlarni amalga oshirishga tayyorlik ma’nosini ifoda etadi. Psixologiyada kreativlik deganda “yangi g’oya, yechim, metodlar, nazariyalar yoki qandaydir faoliyatning yangi mahsulini ishlab chiqish” tushuniladi [86, 199.b].
XX asrning 50-yillarida paydo bo’lgan insonparvarlik psixologiyasining maqsadi sifatida aynan o’z-o’zini aktuallashtirish jarayonida o’zining imkoniyatlarini namoyon etishga qodir ijodkor shaxsni o’rganish belgilangan edi [86]. Insonparvarlik psixologiyasi uchun xos inson tabiatiga ishonch bildirish uning kreativligi tabiati va rolini tushunishga ham taalluqlidir. Mazkur yo’nalishning asosi tarafdorlari – SHarlotta Byuler, Abraxam Maslou, Rollo Mey, Karl Rodjerslardir.
Karl Rodjers kreativlik tushunchasi mohiyatini izohlashda “muammoning avval aniqlanmagan yechimlarini izlash”ga alohida urg’u bergan [143, 74-79.b].
Simpson kerativlini “insonni fikrlashning qotib qolgan usullaridan voz kechishi” sifatida talqin qiladi [86, 199.b].
San’at psixologiyasi bilan bog’liqlikda Irji Kulkaning quyidagi nuqtai nazari qiziqish uyg’otadi: “kreativlik psixologik jihatdan sog’lom va maqbul tarzda o’z-o’zini namoyon etuvchi shaxs sifatidir” [86,.89 b.].
Xorij olimlaridan P.Torrens fikricha, kreativlik: muammoga yoki ilmiy farazlarni ilgari surish; farazni tekshirish va o’zgartirish; qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash; muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o’zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta’sirchanlikni ifodalaydi.
Bizning tadqiqotimiz doirasida kreativlikka berilgan barcha ta’riflarni ko’rib chiqish imkoniyati yo’q, shuning uchun ular orasidan alohida ahamiyat kasb etadigan nuqtai nazarlarga to’xtalib o’tamiz. Ular orasidan ayniqsa, N.Leontьev. [63] tomonidan bildirilgan quyidagi fikrni alohida ta’kidlab o’tish lozim: “XX asrning 60-yillarida kreativlik tushunchasiga 60 ta ta’rif berilgan bo’lib, ularni shartli ravishda 6 ta turga ajratish mumkin”:

  1. mavjud elementlardan yangi geshtalьtlar hosil qilish mumkinligiga doir geshtalьtist (naprimer: M.Vertgeymer, Keller);

  2. yaratilgan mahsulotning yangiligini baholashga doir innovatsion (S.Mednik);

  3. insonning o’zini ifoda etishi sifatida shakllanadigan estetik (naprimer: A. Maslou, E Fromm);

  4. munosabatlar psixologiyasi orqali kreativlik namoyon bo’ladigan psixoanalitik (Z. Fred, K. Yung);

  5. muammoli – kreativlik vazifalarni hal etish jarayoni (masalan, Gilford kreativlikni divergent fikrlash sifatida e’tirof etgan;

  6. noaniqlik yoki noyoblik

  7. Xobson Fleyk tadqiqotlarida kreativlik “erkin faoliyat sharoitida insonning produktiv fikrlashi va ko’plab miqdordagi qiziqarli g’oyalarni ilgari surishga tayyorligi, ya’ni divergent fikrlashi” sifatida talqin qilingan [113, 142.b]. shuningdek, kreativlikni “aqliy faoliyatning intensivligiga sinonim sifatida intellektual faollik” [113, 35.b] deb fikr bildirgan.

O.V.Butorina mazkur atamaning ko’plab izohlarini tahlil qilish natijasida uning quyidagi o’ziga xosligini aniqlashtirgan: turli ta’riflarda kreativlikning farq qiluvchi jihati divergent fikrlash yoki yaxlitlikda intellektual ijodkorlik, mahsuliga ko’ra butunlay yangi yoki original qayta tizimlashtirilgan, ma’lum tizimlarni qayta tashkil etish, insonning yaratuvchilik faoliyatiga layoqatliligi yoki axborotlarni nostandart kodlash va va h.k. [29].
Kreativlikning mohiyatini aniqlash va bayon etishga doir ilmiy izlanishlar jarayonida ijodkorlik nazariyasi yoki ijodkor shaxsni rivojlantirish nafaqat xorijlik, balki respublikamiz olimlarida ham qiziqish uyg’otganligiga guvoh bo’ldik.
Jumladan, Z.Nishonova o’quvchilarda mustaqil-ijodiy fikrlashni shakllantirish nuqtai nazaridan kreativlikni divergent va konvergent tafakkur bilan bog’liqlikda talqin etgan.
P.Ergashev, G.Gozibekova, G.Baykunusovalar kreativlikni yuksak ijodiy qobiliyatlarning natijasi sifatida talqin qilishgan. Ularning fikricha, shubxasiz yuksak ijodiy kobiliyatlar kandaydir yagona va xatto bir necha omilning emas balki pedagogik-psixologik shart-sharoitlarning kattagina kompleksi maxsulidir. Biroq ushbu inkor etish kiyin bo’lgan mulohazani e’tirof kilish, birinchidan, kreativlikni rivojlantiruvchi bir kator omillarni sun’iy xosil kilishning iloji yo’q, degani emas, ikkinchidan, psixik taraqqiyotning kompensatsiya qonuniga ko’ra, muayyan omilning yetishmayotgan ta’siri boshka omillar bilan muayyan darajada qoplanishi mumkinligi ehtimoldan xoli emas[181].
Kreativlikka doir ilmiy izlanishlar tahlil natijalari shuni ko’rsatadiki, ko’plab ishlarda kreativlik deganda noyob hodisa sifatida tushuniladi, zamonaviy ilmiy ishlarda kreativlikni individning intellektual va shaxsiy xususiyatlari majmui ham jarayon sifatida talqin qilish tendentsiyasi kuzatiladi.
Psixologiyada kreativlikka berilgan ko’plab ta’riflar orasida biz N.Yu.Xryaщevaning kreativlik nostandart fikrlashga konstruktiv qobiliyat, tahlil etish va boy tajribaga layoqatlilik tarzida bergan ilmiy talqinini ma’qul deb topdik. N.Yu.Xryaщevaning fikricha, “kreativlik boy tasavvur, estetik qadriyatlarni mo’ljal sifatida qabul qilish, shuningdek, muammoning tarkibiy asoslarini ko’ra olishda namoyon bo’ladi” [200, s. 173]. Kreativlikni shakllantirishga imkon beruvchi tavsifiy shart-sharoitlar orasida adekvat o’z-o’zini baholash va tolerant xulq-atvorga ega bo’lish alohida ajralib turadi.
Psixologik nuqtai nazardan biz, kreativlik tushunchasiga quyidagicha izoh berdik: “kreativlik – shaxs va jamiyat qiziqishlari bilan bog’liqlikda o’zgaruvchan ijtimoiy-madaniy shart-sharoitlar doirasiga taalluqli vazifalarni hal etishda insonning konstruktiv va original fikrlashga tayyorligidir”.
Bizning tadqiqotimiz uchun Ye.P.Ilьinning ijodkorlik, kreativlik va iqtidorlilik psixologiyasiga doir tadqiqotlari natijalari asos qilib olindi. Jumladan, boshlang’ich sinf o’quvchilarida kreativlikni rivojlantirishga doir quyidagi omillarni qayd etib o’tish imkonini berdi:

  1. ijod kishilari bilan muloqotga kirishish va kattalarning faol nuqtai nazari (o’qituvchining o’zi xuddi shunday inson bo’lishi kerak);

  2. bolaga o’z hissiyotlarini ifoda etishga imkon berish (bolaning emotsional kechinmalari qadrlanishi lozim);

  3. qiziqishiga ko’ra mashg’ulotlar orqali ijodkorlikka yo’naltirish (sana’t asarlarini sahnalashtirish jarayonida rollarni ijro etishda bolaning ijodiy faoliyat turini tanlash huquqi);

  4. ta’lim jarayonida tadqiqotchilik faoliyatiga ijobiy munosabati (darslikdagi o’quv axborotlari bilan mustaqil ishlash imkoniyati) [63].

SHuningdek, Yu.A.Jigalova[17]ning kreativlikni shakllantirish sohasidagi tadqiqotlari natijalari asosida boshlang’ich sinf o’quvchilarida kerativlikni rivojlantirish jarayonining quyidagi bosqichlari aniqlashtirildi:

  1. o’quvchilarni ijodiy faoliyat asoslariga tayyorlash (emotsional va sensor tajribani to’plash);

  2. kreativ xulq-atvor uslubini shakllantirish (o’z ichiga “imitatsiya” – kreativ namunalarga taqlid qilish, “implikatsiya” – o’zlashtirilgan usullarning ahamiyatini anglash va tajribada sinab ko’rish, “transformatsiya” – shaxsiy ahamiyatga ega sharoitda ijodiy tajribani qo’llash);

  3. kreativ xulq-atvorni takomillashtirish (ijodiy faoliyatni individuallashtirish, ya’ni “uyg’unlashtirish”) [17].

Pedagogikada kreativlik deganda insonning “ijodga qobiliyatliligi” tushuniladi va intellektning rivojlanish darajasi bilan aloqadorlikda tahlil qilinadi. Jumladan, A.Arifjanova oliy ta’lim muassasalari pedagoglari tarkibining kreativ salohiyatini rivojlantirish bilan bog’liqlikda kreativlik tushunchasining mohiyatini quyidagi tarzda bayon etgan: “maqbul imkoniyatlarni safarbar etish orqali, shaxsni muammoni qabul qilish, yangi, noodatiy mahsulni yaratish qobiliyati” [84]. G.Ibragimovaning fikricha, kreativlik – shaxsning yaratuvchanlik, ijodkorlik xislatlarlari bilan bog’liq ko’nikmalar majmui sifatida namoyon bo’ladi. Kreativlik o’z ichiga muammolarga nisbatan yuqori darajadagi sezgirlik, intiutsiya, natijalarni oldindan ko’ra bilish, fantaziya, tadqiqotchilik va refleksiyani qamrab oladi[84].
Insonparvarlik psixologiyasi g’oyalarining asosi sifatida insonparvarlik pedagogikasi ta’lim jarayoni ishtirokchilarining individual qiziqishlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda o’qitishni tashkil etishni talab etadi. Individual ta’lim traektoriyasi – o’quvchining maxsus tashkil etilgan bilish, ijodiy va boshqa qobiliyatlari majmuini amalga oshirishning shaxsiy yo’li. [84].
SHaxsga yo’naltirilgan ta’lim mazmuni xilma-xil tajribalarni o’zida aks ettiradi: yo’naltiruvchi (bilim), faoliyatga doir (ko’nikma), ijtimoiy va boshqalar. Tajribaning mazkur turlari natijada o’quvchining shaxsiy tajribasining tarkibiy qismiga aylanishi lozim. SHaxsiy tajribaning mavjudligi quyidagi sifatlar bilan belgilanadi:

  • tanlov (hamkorlar, qadriyatlar, xulq-atvor yo’nalishlarini tanlash tavsifi va usullarida namoyon bo’ladi);

  • refleksiyaga qobiliyatlilik (o’z-o’zini adekvat baholash, o’z-o’zini tahlil qilish);

  • mas’uliyatlilik (universal integrativ shaxsiy sifat);

  • kreativlik (ijodiy yondashuv, o’z faoliyat sohasiga ega bo’lishga intilish);

  • erkinlik (mustaqillik, shaxsiy hayot sub’ekti sifatida o’z-o’zini namoyon qilish) [77].

Kreativ pedagogika yoki kreativlikka asoslangan pedagogika deganda istalgan o’quv fani doirasida qo’llash mumkin bo’lgan ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yo’naltirilgan pedagogik bilimlar sohasi tushuniladi.
SH.SHaripov o’quvchilarning kasbiy ijodkorligi uzviyligini tadqiq etish asosida ijod – insonning fan, texnika, ishlab chiqarish, madaniyat va boshqa sohalarda ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan yangilik yaratishi bilan bog’liq murakkab psixologik jarayondir[122; 13-b.], degan xulosaga kelgan.
S.Golovin tomonidan ishlib chiqilgan amaliyotchi psixolog lug’atida ijod – yangi qimmatli g’oyalarni ishlab chiqishning psixik jarayoni, yangi moddiy va ma’naviy ahamiyatga ega ne’matlarni yaratish[61; 134-b.] tarzida talqin etilgan.
O’quvchilarda kreativlikni rivojlantirish nazaridan ijod –bolalarning xohish-istaklari, ehtiyojlari hamda ularga ta’lim-tarbiya berish maqsad va vazifalariga mos qulay ta’lim muhitini tashkil etishga doir yaratuvchanlik va izlanishli-tadqiqotchilikka doir faoliyatdir.
Ijodkorlik individning ijodkorlik qobiliyati – noodatiy fikrlarni o’ylab topish, an’anaviy fikrlash doirasidan chetlashish, muammoli masalalarni tezda xal etish qobiliyatidir. U yangi g’oyalarni yaratishga doimo tayyorlik bilan tavsiflanadi va qobiliyat tuzilmasi komponenti bo’lib hisoblanadi.
O’zbekiston Milliy entsiklopediyasida ijodkorlik tushunchasiga ijodkor ishi, ijodkorga xos faoliyat; yaratuvchilik[187; 177-b.] tarzida qisqa ta’rif berilgan.
Pedagogik entsiklopedik lug’atda “Ijodiy faoliyat sifat jihatdan yangini yaratishga doir inson yoki jamoaviy faoliyat shakli. Ijodiy faoliyatning zaruriy sharti fikrning egiluvchanligi, tanqidiylik, idrok etishning yaxlitligida aks etadi” [85; 286-b.], deb izoh berilgan. Mazkur lug’atda “ijod” va “ijodkorlik” tushunchalariga alohida ta’rif berilmagan.
Falsafiy, pedagogik-psixologik adabiyotlarda “ijodkorlik” original, takrorlanmaydigan, ijtimoiy-tarixiy noyoblik bilan ajralib turuvchi faoliyat turi sifatida e’tirof etiladi.
Kreativ pedagogika yoki kreativlikka asoslangan pedagogika deganda istalgan o’quv fani doirasida qo’llash mumkin bo’lgan ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yo’naltirilgan pedagogik bilimlar sohasi tushuniladi. Pedagogikada mazkur yondashuv doirasida o’quv materiali o’zlashtirish ob’ekti emas, qo’shimcha materiallarda bayon etilgan evristik metod va usullar bilan tanishmasdan imkoni mavjud bo’lmagan evristik maqsadga erishish vositasi sifatida tushuniladi.
Mazkur yondashuv doirasida o’qitish jarayonida fikrlashni faollashtirishning quyidagi metod va vositalari ishlab chiqilgan: “aqliy hujum” (muammoni yechimini topish uchun ko’plab g’oyalarni olg’a surish) metodi, inversiya metodi (qarama-qarshi qoidalardan foydalanish), empatiya (ijodiy obrazda “yashash”) metodi, agglyutinatsiya (raellikda o’zaro tutashmaydigan sifat va xususiyatlarni birlashtirish), ramziy jihatini ko’ra olish (narsa-buyum yoki hodisaning mohiyatini bilish uchun timsollarni qo’llash) metodi, mazmunni aniqlash (ob’ekt g’oyasini qo’yishga intilish) metodi.
Tadqiqot ob’ekti bilan bog’liqlikda “boshlang’ich sinf o’quvchilarida kreativlikni rivojlantirish” deganda “o’quvchilarni turli o’quv topshiriqlarini bajarishi, vaziyatlarni hal etishda noodatiy yondashuvni tarkib toptirish, yangi g’oya va nuqtai nazarlarni erkin ifoda etish, fikrning egiluvchanligi va tasavvurning boyliligini tarkib toptirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon” tushuniladi, degan xulosaga kelindi.
Kreativlikning psixologik-pedagogik asoslarini talqin etuvchi kontseptual yondashuvlar mazmunini tahlil etish shuni ko’rsatdiki, kreativlikni o’rganish murakkab masala hisoblanib, intellektual, shaxsiy, motivatsion sohalarni o’z ichiga qamrab oluvchi integral voqelik (T.M.Ambayl, D.B.Bogoyavlenskaya, Ye.P.Torrens, K.Urban, N.V.Xazratova, Z.T.Nishonova), ijtimoiy (D.Vollas, X.Grubber, J.Nakamura, V.Karimova) va emotsional (F.Zenasni, T.Lyubart, K.Mushiru, S.Tordjman, D.Sobirova) jihatlarni o’zida aks ettiradi (1.1.1-jadvalga qarang).
1.1.1-jadval
Ijod, kreativlik va kreativ qobiliyatlarni o’rganishga doir yondashuvlar tahlili

Yondashuv

O’ziga xosliklari

Imkoniyatlari

Kamchiliklari

Psixometrik (J.Gilford, Ye.Torrens, K.Urban va boshqalar)

Ijodiy salohiyat genetiklik bilan aloqadorlikda aniqlashtirilgan va standart testlar bilan o’lchangan

Kreativ qobiliyatlar diagnostikasi

Faqat ijodiy fikrlash tashxis etilgan, kreativlikning boshqa tarkibiy asoslari testda hisobga olinmagan

Jarayonli-faoliyatli (Z.Nishonova, Ye.Vard, V.Davыdov va boshqalar)

Ijod – o’z-o’zini rivojlantirishga qaratilgan faoliyat: maqsad motivlar bilan mos keladi. Asosini ijodiy faollik tashkil etadi

Ijodiy jarayon va natijasini o’rganish; ijodkor shaxs faoliyat sub’ekti sifatida namoyon bo’ladi

“Ijodiy qobiliyat” tushunchasi izohlovchi tavsifdagi tamoyil sifatida talqin qilinadi, ijod mexanizmi keng o’rganilmagan

Ijtimoiy-madaniy (D.Vollas, L.Vыgotskiy,
X. Grubber va boshqalar)

Madaniyat – kreativlikning yagona determinanti. Ijtimoiy-madaniy muhit kreativlikni rivojlantirish nuqtai nazaridan talqin qilingan

Kreativlik ijtimoiy aloqalar, atrof-muhit bilan o’zaro harakat orqali o’rganiladi

Turli ijtimoiy-madaniy omillarning ta’siri ijodiy qobiliyatlarni baholash mezoni sifatida talqin qilingan

SHaxsiy-motivatsion (T.Ambayl,
A.Maslou va boshqalar.)



SHaxsiy o’sish motivatsiyasi, o’z-o’zini namoyon etish – ijodning asosi.



SHaxsni chuqur o’rganish, o’z-o’zini namoyon etishga alohida urg’u berish, ichki ijodiy motivatsiya

Atrof-muhit va ijodkorlikni rivojlantirish mexanizmini hisobga olmasdan ijodkor shaxsiga katta e’tibor qaratadi

1.1.1-jadvaldan ko’rinib turibdiki, kreativlikni tavsiflashga doir metodologik yondashuvlar xilma-xil bo’lib, biz tadqiqotimiz uchun quyidagi yondashuvlarni asos sifatida oldik:



  • tizimli;

  • shaxsiy-faoliyatga yo’naltirilgan;

  • kompetentsiyaviy;

  • madaniyatshunoslikka doir.

Ma’lumki, bugungi kunda zamonaviy pedagogika fani metodologiyasi pedagogik jarayonga yaxlit hodisa sifatida qarash, uni bir tizimda joylashuvchi alohida tarkibiy qismlar birligi tarzida tushunishni talab etadi. Pedagogik mahorat ham yaxlit pedagogik jarayonning tarkibiy qismlaridan biri sifatida mazkur jarayonga tizimli yondashuvni talab etadi. Ana shu asosdan kelib chiqib, eng avvalo, “tizim”, “tizimlilik”, “tizimli yondashuv” tushunchalarining mohiyatini aniqlashtirib olish zarur. CHunki mazkur tushunchalarni tadqiqotchilar aksariyat hollarda o’z tadqiqotlarining metodologik asosi sifatida qayd etadilar.
Tizim (yunoncha systema – yaxlit, qismlardan tarkib topgan, biriktirilgan) muayyan yaxlitlik, birlikni hosil qiluvchi, o’zaro ta’sirlashuv va bog’liqlikda bo’lgan ko’plab elementlarni anglatadi. Tizim – tartibli ravishda joylashgan va o’zaro bog’liqlikda bo’lgan qismlar birligini ifodalovchi yaxlitlikdir[72, 70].
“Tizim” bu muayyan tahlitda tartibga keltirilgan elementlar to’plami bo’lib, ular o’zaro bog’liq holatda, muayyan yaxlit birlikni hosil qiladi.
“Tizimlilik” tushunchasini jarayonlar va borliqdagi hodisalarning tizim hosil qila olishi, tizimning mavjudligi, moddiy dunyoning hamda uni bilish shakllarining tizimli qurilishga egaligi kabi holatlarni aks ettira olishi to’g’risidagi xulosaga kelish mumkin[72, 71-72].
Tizimli yondashuv – ilmiy bilish hamda ijtimoiy amaliyot metodologiyasining yo’nalishi bo’lib, uning asosida ob’ektlarni tizim sifatida qabul qilinishi yotadi. Tizimli yondashuv tadqiqotchini ob’ekt yaxlitligini ochib berishga, uning aloqalari turli tiplarini aniqlashga hamda ularni yagona nazariy ko’rinishga keltirishga yo’naltiradi[72, 75]. Tizimli yondashuvning metodologik o’ziga xosligi uning tadqiqotlarni quyidagilarga yo’naltirishi bilan izohlanadi: ob’ekt yaxlitligini va uni ta’minlovchi mexanizmlarni ochib berish; murakkab aloqalarining turli tiplarini aniqlash hamda ularni yagona nazariy ko’rinishga keltirish; shuningdek, ob’ektning yaxlitlik xususiyatlarini, uning tuzilmasi hamda dinamikasini belgilash imkonini beruvchi murakkab ob’ekt o’zaro bog’langan modellarining ierarxik tizimi to’g’risidagi tasavvurlarni amalga oshiradi. Demak, tizimli yondashuvdan kelib chiqadiki, murakkab ob’ekt (tizim)ning o’ziga xosligi uning tarkibiy qismlarining alohida xususiyatlarini inkor etmaydi, aksincha, ma’lum bir tarkibiy qismlar orasidagi aloqa va munosabatlarga doir bog’lanishlarni hosil qiladi.
Tahlil natijalari asosida boshlang’ich sinf o’quvchilarida kreativlikni rivojlantirishning muhim tamoyillari sifatida quyidagilar aniqlandi:

  • o’quv-tarbiya jarayoniga majmuaviy yondashuv tamoyili [116];

  • o’qitishda tizimlilik va ketma-ketlik tamoyili.

SHaxsiy-faoliyatga yo’naltirilgan yondashuv yo’nalishida izlanishlar olib borgan tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, shaxsiy-faoliyatga yo’naltirilgan yondashuvda shaxsning va faoliyatning komponentlari bir-biri bilan chambarchas bog’langan bo’ladi, chunki bu yondashuv jarayonida shaxs sub’ekt sifatida faoliyat ko’rsatadi[77].
O’z navbatida, turli xil omillar ta’sirida hamda shaxsning o’z faoliyati natijalari ta’sirida uning sub’ekt sifatida rivojlanishi amalga oshadi.
SH.SHodmonovaning ta’kidlashicha, shaxsiy-faoliyatga yo’naltirilgan yondashuvda ta’lim oluvchilarning mustaqil faoliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi ta’lim-tarbiya jarayonidagi mavjud omillarni aniqlash asosida mazkur jarayonda vujudga kelayotgan o’zgarishlarni vaziyatlarga ko’ra tahlil qilish zarur bo’lib, bunda ularning mustaqil va erkin fikr bildirishlari, hech qanday hadiksirashlarsiz o’z tushunchalarini ifodalashlari, erkin muloqotga kirishishlari, ya’ni o’z imkoniyatlarini namoyon etishlari uchun zaruriy va yetarli shart-sharoitlar yaratiladi[178; 78-b.].
SHaxsiy-faoliyatga yo’naltirilgan yondashuvni amalga oshirishda quyidagi pedagogik shart-sharoitlar hisobga olindi: o’quvchining muayyan faoliyatga kirishishining ixtiyoriy ekanligi; qo’yilgan maqsadga erishish vositasini tanlashda o’quvchilarga ishonch, har bir bolaning imkoniyatlariga ishonish va ularning qo’yilgan vazifalarni muvaffaqqiyatli bajarishiga xayrixohlik bildirish; ta’lim vazifalarini belgilashda samarali va oqilona strategiya tanlash; pedagogik ta’sir etish jarayonida yuzaga keladigan salbiy oqibatlarning oldini olish; talabalarning qiziqishlari, ularning individual ishtiyoqi, xohish-istaklarini hisobga olish va ularni yangi qiziqishlarni paydo qilish.
Tadqiqot doirasida shaxsiy faoliyatga yo’naltirilgan yondashuv amaliy pedagogik faoliyatda quyidagi qoidalarga asoslanib joriy etildi: o’quvchining faol nuqtai nazari, uning mustaqilligi va tashabbuskorligiga tayanish; o’quvchi bilan muloqotda unga hurmat bilan munosabatda bo’lish; pedagog o’quvchilarning muvafaqqiyatlaridan quvona bilishi lozim; pedagog muhim muammolarni hal etishda o’quvchiga yordam berishi kerak; tarbiyaviy vazifalarni bosqichma-bosqich hal etishda pedagog ularni amalga oshirishning har bir o’quvchiga yuqori darajada foyda keltiradigan variantlarini izlab topishi kerak; guruhda, o’quvchilarning boshqa jamoalarida ham pedagog insonparvarlik munosabatini shakllantirishi kerak, u o’quvchilarning kamsitilishiga, ruhi tushib ketishiga yo’l qo’ymasligi zarur.
“kompetentsiya” va “kompetentlik”ka R.Safarova, R.H.Jo’raevlar tomonidan quyidagicha ta’rif berilgan: kompetentsiya (lot. compete – erishyapman, munosibman, loyiqman) – 1) muayyan davlat organi (mahalliy o’zini o’zi boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning qonun, ustav yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari doirasi; 2) u yo bu sohadagi bilimlar, tajribalar; 3) shaxsning biror-bir sohadan habardorligi, shu sohani bilishi darajasi, kompetentlik – 1) ma’lum holat hususida to’g’ri mulohaza yuritishga imkon beradigan bilimga ega bo’lish, dalil-isbotli fikr, kishining muayyan sohadagi saviyasi;
2) pedagogning barcha imkoniyatlardan foydalana olishi, o’ziga va o’z ishiga nisbatan talabchanligi, maktab, oila va mahalla hamkorligini yo’lga qo’ya olishi, o’z ishining ustasi bo’lgan, sohaning sirlarini har tomonlama chuqur biladigan, o’zini o’zi rivojlantiruvchi hamda qobiliyati va imkoniyatlarini to’la ishga sola biladigan pedagogik layoqati [95; 184-b.].
B.Xodjaev olimlar tomonidan «kompetentsiya» tushunchasiga berilgan aksariyat ta’riflarni kasbiy ta’lim, kasbiy faoliyat bilan bog’liqlikda bayon etgan bo’lib, kompetentsiya – ma’lum bir sohada samarali produktiv faoliyat uchun zarur bo’lgan o’quvchining avvaldan belgilangan ta’limiy tayyorgarligiga qo’yiladigan ijtimoiy talablar (me’yorlar)dan ham o’zib ketishidir – deb ta’rif bergan [115 80-b.]. SHuningdek, kompetentsiyaning turlarini tasnif etish bo’yicha N.A.Muslimov va M.B.Urazovalar kasbiy ta’lim nuqtai nazari, O.Hayitov va N.Umarovalar klaster yondashuvi, Ye.S.Zair-Bekning metodik yondashuvlari tahlil qilindi [81; 370-b.].
A.V.Xutorskiyning fikricha, o’quvchi uchun kompetentsiya – bu uning kelajak obrazi, o’zlashtirish uchun aniq mo’ljal (orientir). Ammo maktabda ta’lim olish davrida o’quvchida «yuksak» kompetentsiyalarning ayrim elementlari shakllanadi, nafaqat, u kelgusi faoliyatga tayyorgarlik, balki hozirgi bosqichda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun mazkur kompetentsiyalarni umumta’limiy nuqtai nazardan o’zlashtiradi
[118; 60-64-b.].
SHuningdek, Yevropa Ittifoqining «Evropa uchun tayanch kompetentsiyalar» mavzusidagi simpoziumida bilishga doir; izlanishga doir; fikrlashga doir; hamkorlik, amaliyotda qo’llash, moslashuv tayanch kompetentsiyalari tavsiya etilgan.
Masalan, kompetentsiya – o’z imkoniyatlarini muammolarni tushungan holda kutilayotgan natijalarni tasavvur eta olish va ularga erishish uchun amalga oshiriladigan harakatlarni baholay olish, faoliyatni qiyinlashtirayotgan sabablarni va ularni bartaraf etish vosita hamda yo’llarini topish orqali muvaffaqiyatli ijodiy faoliyat yurita olish qobiliyatlari (bilim, ko’nikma, tajriba)dir deb ta’rif bergan
O. I Okulovskiy [86; 1-3-b.].
N.A. Trubitsыna, N.A. Baranova, T.M.Bannikova, A.V.Glazkovalarning fikricha kompetentsiyalarni ishlab chiqqan asosiy olimlardan biri G.Xalaj kompetentsiyalarni shakllantirish Yevropa hamjamiyati oldida turgan chaqiriqlar (ochiq demokratik jamiyatni saqlab qolish, mulьtilingvizm, mulьtimadaniyat, mehnat bozorining yangi talablari, kompleks tashkilotlarning rivojlanishi, iqtisodiy o’zgarishlar va boshqalar) ga javob deb hisoblaydi [61; 7,1,13-b.]. V.Xutmaxer Yevropa hamjamiyatida qabul qilingan beshta kompetentsiyalarning quyidagi turlarini keltirgan:
siyosiy va ijtimoiy kompetentsiyalar;
ko’pmadaniyatli jamiyatda yashash bilan bog’liq kompetentsiyalar;
og’zaki va yozma kommunikativlikka tegishli kompetentsiyalar;
jamiyatning axborotlashuvi bilan bog’liq kompetentsiyalar;
hayoti davomida ta’lim olish qobiliyatiga ega bo’lish kompetentsiyalari.
So’nggi yillarda boshlang’ich sinf o’quvchilarida tayanch kompetentsiyalarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Mazkur jarayon kreativlikni rivojlantirish uchun ham kontseptual asosga bo’lib, kreativlikka doir bilimlar (gnostik), kreativlik ko’nikma va malakalari (faoliyatga yo’naltirilgan komponent), kreativ shaxs xususiyatlari (shaxs komponenti)ni o’z ichiga qamrab oladi. Kreativlikka doir bilimlar – yangi yechim ishlab chiqish uchun talab etiladigan tushuncha va tasavvurlarning bilish faoliyati mahsuli sifatida inson ongidagi tizimlangan in’ikosini; kreativlik ko’nikmalari – shaxsning maqsadga yo’naltirilgan ijodiy faoliyatda aqliy jarayon bosqichlarini tez va to’laqonli amalga oshirish darajasini belgilaydi. Kreativlik malakalari esa shaxsning ijodiy faoliyat reproduktiv bosqichlarini qisman avtomatlashgan tarzda, aqliy jarayon bosqichlarining faqat dastlabkisini anglagan holda amalga oshira olish darajasini anglatadi.
Tadqiqot natijalari kreativlikni rivojlantirish nuqtai nazaridan kompetentsiyaviy yondashuv uch jihatni o’zida aks ettirishi lozimligi ko’rsatdi: faoliyatga yo’naltirilgan, kommunikativ va shaxsiy. Faoliyatga yo’naltirilgan yondashuv o’quvchilarda kreativlikka doir bilimlar, kreativ faoliyat usullari va vositalarini o’zlashtirishni ta’minlaydi. Kommunikativ jihat pedagogik muloqotni ijodiy tarzda amalga oshirishga doir ko’nikma va malakalarni rivojlantirishni ko’zda tutadi. SHaxsiy jihat ijodiy tafakkur yuritish, kasbiy refleksiya, kasbiy-pedagogik yo’nalganlikni o’zida aks ettiradi.
Madaniyatshunoslikka doir yondashuv – bu milliy va umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismlarini uzviy aks ettiradigan hamda ijtimoiy moslashuvga imkon beruvchi qadriyatli-mazmunli madaniy faoliyat sifatida o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etishga imkon beradigan pedagogik shart-sharoitlar tizimini yaratishdir.
Insonparvarlik tarbiyasi va madaniy-insonparvarlik ta’limining barcha nazariyalari “madaniyat kishisi”ni shakllantirish jarayoni mohiyatini hamda shaxsning tayanch madaniyati g’oyasini ilgari suradi. Madaniyat tushunchasining o’zi ham inson hayotiy faoliyatining barcha tomonlari uchun amaliy asos bo’ladi.
Madaniyatda – so’zsiz milliy tushunchalar ustunlik qiladi, u – nafaqat fan va ta’limning, balki ishlab chiqarishning, iqtisodiyotning, butun jamiyat va har bir alohida olingan insonning hayotiy faoliyatiga oid infrastrukturaning rivojlanishi uchun tayanch hisoblanadi.
SHaxsning tayanch madaniyati – bu demokratik, estetik, axloqiy, milliy, ekologik, xuquqiy, oilaviy, nutq, mehnat va muloqot madaniyati sifatida namoyon bo’ladigan uni turli-tuman qobiliyatlarning rivojlanish darajasini anglatadi. U insonning har tomonlama rivojlanishi, atrof-muhit sharoitida yashay olish qobiliyatini ifoda etadi va jamiyat madaniyatini o’zida aks ettiradi. Jamiyat madaniyati tarkibiga barcha ob’ektlar, qadriyatlar, bilimlar, estetik ongning ko’rinishlari, odamlar faoliyati va ularning natijalari, shaxs hayotiy faoliyatidagi madaniy munosabatlar, o’ziga xosliklar ham kiradi.
Tayanch madaniyat uchun bolalikdan poydevor qo’yiladi hamda ta’lim va tarbiya vositasida bu madaniyat tizimli chuqurlashtiriladi va takomillashtirib boriladi. Agar shaxsda mustaqil maqsad, o’z faoliyat mazmuni va metodlarini tanlash qobiliyati shakllantirilmasa, tarbiya bilan bog’liq barcha institutlarining harakatlari zoe ketadi.
SHunday qilib, doimiy ravishda bilish faoliyatini, do’stlarni, estetik taassurotlarni, ijtimoiy nuqtai nazarni, bo’sh vaqtni o’tkazish shakllarini tanlash oldida turgan o’quvchilar o’zlarining ehtiyoj va qiziqishlariga bog’liq bo’lgan yo’nalishlarni mustaqil aniqlash qobiliyatini egallashlari zarur. Bunday hayotiy mezonlarning murakkablashuviga asoslangan qobiliyatga ega bo’lmagan shaxsning tayanch madaniyati haqida fikr yuritish ham mumkin emas.
Zamonaviy falsafiy va psixologik adabiyotlarda [30; 40; 50; 56; 67] ilmiy va badiiy ijod bosqichlari muammolariga doir masalalar o’z aksini topgan. Masalan, B.S.Meylax ilmiy va badiiy ijod bosqichlarini quyidagicha tasnif etishni taklif etadi: g’oyaning paydo bo’lishi (muammoli vaziyat), g’oya maqsadining anglanishi, kuzatishni yo’lga qo’yish, turli variantlarni saralash yo’li bilan ijodiy vazifalarni hal etishning imkoniyatlaridan eng yaxshisini tanlash va nihoyat, ijodiy mehnat natijasi va uni baholash [67].
SHu bilan birga, mazkur bosqichlar shaxsning tayanch madaniyatini shakllantiruvchi jarayonning tuzilishini ham tavsif etadi. SHaxs tayanch madaniyatining muhim tomoni – insonning ichki dunyosiga ta’sir ko’rsatadigan, badiiy obrazlar tizimida atrof-borliq aks etadigan uning badiiy anglanganligidir.
Bunda san’at ustalari ijodida namoyon bo’luvchi milliy ongni hisobga olish katta ahamiyatga ega. Hayotdagi va san’atdagi milliy ong ijtimoiy turmush aks etadigan milliy o’zlikni anglashni ham o’ziga qamrab oladi.
Akademik D.S.Lixachevning fikricha, “madaniyatli inson – bu ko’p narsani tushunadigan, binobarin boshqalarga intiladigan, boshqalarni tushunadigan, boshqalarning ma’naviy hayotini “kashf etuvchi” turli davr va xalqlarning san’at asarlari bilan boyitilgan inson” [126, 47.]. Madaniyatli insonning muhim farqli jihati shundaki, deb ta’kidlaydi, D.S.Lixachev, u tajovuzkorlikdan, shubhali harakatlardan, shaxsiy norasoliklar majmuidan xoli bo’ladi. Ana shunday insonni oliy ta’lim muassasasi shakllantirishi zarur.
SHuningdek, O.S.Gazman ham insonparvarlik ta’limi va tarbiyasiga doir o’z kontseptsiyasini ishlab chiqqan. U tarbiyada ikki xil – ideal va real maqsad bo’lishi kerak, deb hisoblaydi. Har tomonlama, barkamol shaxsni rivojlantirishga xizmat qiladigan ko’rsatmaga u ideal maqsad sifatida qaraydi. “Ideal haqidagi tasavvurlarsiz, - deydi u, hatto eng a’lo darajadagi sharoitda ham tarbiyaviy ishni tashkil etish mumkin emas” [126]. Tarbiyaning real maqsadini esa u quyidagicha ifoda etadi: har bir o’quvchiga tayanch ma’lumot va madaniyat berish hamda ular asosida ijobiy sub’ektiv sharoit (individning xohish istagi) va oila, maktab, jamoatchilik va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining ob’ektiv imkoniyatlaridan foydalanib, shaxs rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish.
Insonparvar g’oyalarning ixlosmandi bo’lgan O.S.Gazman pedagog va o’quvchilar orasidagi o’zaro tarbiyaviy ta’sir ishlari insonparvarlik tamoyillari asosiga qurilishi kerak, deb hisoblaydi. U bu jarayonda pedagogik muloqotning quyidagi qoidalariga rioya qilishni maslahat beradi:

  1. o’quvchi o’z-o’zini namoyon eta olishi uchun avvalo pedagog o’z-o’zini namoyon eta olishi kerak;

  2. o’quvchi qanday bo’lsa, uni shundayligicha, undagi o’zgarishlar bilan birgalikda qabul qilish kerak;

  3. barcha ko’ngilsiz qiyinchiliklarni axloqiy vositalar yordamida yengib o’tish zarur.

O.S.Gazmanning fikricha, ob’ektdagi bosh maqsad va bir paytning o’zida madaniy-insonparvarlik yondashuv doirasidagi pedagogik faoliyat mezonlari o’quvchilarning quyidagi asosiy ehtiyojlarini rivojlantirishni o’zida aks ettiradi:
1) ijodiy faoliyat;
2) salomatlik;
3) himoyalanganlik, xavfsizlik;
4) zarur ijtimoiy maqomni e’tirof etish, hurmat qilish;
5) hayot mazmuni;
6) o’z-o’zini namoyon etish;
7) hayotdan mamnunlik, huzurlanish [56].
Ushbu tushunchalarni B.T.Lixachevning ma’lumotlari bilan to’ldirish ham mumkin.
Intellektual madaniyat o’ziga ma’lumotlilik, ma’nan boylik, mustaqil dialektik fikrlash, umuminsoniy qadriyatlarning muhimligini tushunish, hodisalardagi qarama-qarshiliklarni ko’ra olish va ularni baholay olish, faol ishtiyoq va bilimlarni ko’paytirib borish; o’qish va mehnat qilishga o’rganish; istalgan ishga ijodiy yondashuv kabi xususiyatlarni qamrab oladi.
Insonning siyosiy madaniyati demokratiya, oshkoralik, mustaqillik va mas’uliyat, jamiyat qiziqishlariga moslasha olish, jamoa va shaxs, ijtimoiy-siyosiy faollik va tashabbuskorlik, ma’naviy barqarorlik, qiyinchiliklarni yengib o’tish sharoitida yashash va ishlay olish ko’nikmalaridan tarkib topadi.
Axloqiy-huquqiy, estetik va jismoniy madaniyatlar bir-biriga uzviylikda haqiqat, tartib, vijdon, adolat, erkinlik, oliyjanoblik, mehnatsevarlik, intizom, odamlarga ishonch va sabr-chidam, o’zaro yordam berish kabi axloqiy me’yorlari va his-tuyg’ularni jamlaydi [126, 246.].
Mazkur fikrni Z.K.Ishmuratovaning qarashlari yanada to’ldirishi mumkin. U shaxsning rivojlanishini madaniyat rivojlanishi bilan taqqoslash va shu bilan shaxsning barkamol rivojlanish muammosini hal etish istiqbollariga doir tadqiqotlar olib borgan. Bunday yondashuv har tomonlama barkamol shaxsning axloqiy ideallarini real borliqqa ko’chirib o’tkazish imkonini beradi. Madaniyat – juda keng tushuncha ekanligi mazkur yondashuvdan amaliyotda foydalanishni bir oz qiyinlashtiradi. Bundan ko’rinadiki, shaxsning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun xilma-xil madaniyat turlaridan kompleks foydalanish ancha samarali ekan [113; 26-27.].
Tayanch madaniyatning muhim yo’nalishlariga quyidagilar kiradi:
- hayotda o’z o’rnini belgilab olish madaniyati;
- oilaviy munosabatlarga doir madaniyat;
- iqtisodiy madaniyat va mehnat madaniyati;
- intellektual, axloqiy va kommunikativ madaniyat;
- ekologik madaniyat;
- badiiy madaniyat;
- jismoniy madaniyat.
Faoliyat tarzidagi madaniy-insonparvarlik yondashuvning mazmuni ta’lim oluvchi shaxsining to’rtta muhim sohadagi o’z o’rnini belgilab olish jarayoni (yoki madaniyatni egallash)ni namoyon etadi: inson, jamiyat, tabiat, noosfera (inson faoliyatining integrativ mahsuli).
“Inson” sohasi o’z o’rnini belgilashni inson hayotining o’zi qadriyat, individuallik, jarayonning o’ziga xosligi, faoliyat mazmuni, insonni taraqqiyot cho’qqisi, deb tushunishni talab etadi.
“Jamiyat” sohasida o’z o’rnini belgilash Vatan, xalq hokimiyati, demokratiya, oshkoralik, huquqiy davlat, oila, mehnat, fuqarolik mas’uliyati tarzidagi tartibda qadriyatlarni egallash orqali yuzaga keladi.
“Tabiat” sohasida o’z o’rnini belgilash, o’zini tabiatning bir bo’lagi deb anglash va o’zini tabiatga mos takomillashtirish (salomatlik, estetik asos, ma’naviy istak) orqali tashkil etilishi mumkin. U yana ekologik madaniyatga ega bo’lishi, tabiatni o’zlashtirish va o’zgartirish jarayonida kelajak avlodlar oldidagi mas’uliyat tuyg’usini tushunib yetishni ham ko’zda tutadi.
“Noosfera” (aql sohasi) o’z o’rnini belgilash sohasi sifatida ilmiy-texnik taraqqiyot mahsullaridan foydalanishda axloqiy mas’uliyatni anglash, inson texnika bilan ishlaganda yetarlicha ma’lumotga ega bo’lmaganda, kelib chiqadigan oqibatlari haqidagi tasavvurni shakllantirish, talabalarning undagi barcha xilma-xilliklar bilan birgalikda ma’naviy madaniyat dunyosini o’zlashtirish, ya’ni xalqning tarixiy, ma’naviy, axloqiy kurashiga nisbatan fuqarolik munosabatini shakllantirish, madaniy yodgorliklarni saqlash va qayta tiklash, milliy an’analarni qaytadan yaratish hamda moddiy va ma’naviy madaniyat olamining tarkibiy qismi sifatida ularni rivojlantirishni talab etadi.
Tarbiyaviy jarayonni bunday tushunishdan tarbiyani talabaning asosiy ehtiyojlarini qondirish uchun psixologik-pedagogik shart-sharoitlar yaratishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat sifatida qarash kelib chiqadi. Bunday pedagogik shart-sharoitlarga quyidagilar kiradi: ta’lim mazmunini belgilashga xilma-xil yondashuv; tarbiyaning dialogli, munozarali metodlari; shaxsni shakllantirish jarayonining umuminsoniy qadriyatlarga yo’nalganligi, tarbiyaviy jarayonni tashkil etishning demokratik va uning barcha tuzilishida milliylikni hisobga olish tamoyili.

Download 188.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling