1. 1-§. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida kreativlikni rivojlantirish dolzarb pedagogik muammo sifatida


Download 188.4 Kb.
bet5/10
Sana02.02.2023
Hajmi188.4 Kb.
#1147108
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
lotinga almashtirish

2. Moslashuvchanlik. O’quvchilar keng fikr yurita olsalar, vaziyat va muammoga ham bir qancha va turli yechim topadilar. O’quvchilarda moslashuvchanlikni ular turli nuqtai-nazar va fikrlarni inobatga olganlari va ularni tahlil qilganlarida, turli fikrlarni bir-biri bilan solishtirganda va ularning o’hshash va farqli tomonlarin topganlarida va nihoyat muvafaqqiyatga erishib, yaxshi natijalar ko’rsatayotganlarida ko’zatish mumkin.
Moslashuvchan bo’lish uchun o’quvchilar ma’lumotning faqat yuzaki qismini emas, balki uning chuqur mohiyatini anglab yetishlari lozim. Moslashuvchanlik ko’nikmasini shakllantirishda o’quvchilar amaliyot bilan ta’minlansa va ularga yo’l-yo’riq ko’rsatilsa, kelgusida turli g’oyalarni topishda bu kuchli stimul bo’lib hizmat qiladi. Agarda o’quvchi ko’plab g’oyalar topgan bo’lsa, u moslashuvchanlikni emas, balki ravon fikrlashni namoyon qilmoqda, chunki bunda barcha e’tibor bitta yoki bir turdagi javoblarga qaratiladi. O’quvchilarda moslashuvchalik ko’nikmasini shakllantirishda soni jihatdan ko’p emas, balki turli mazmundagi g’oyalarni topish kerakligini alohida ta’kidlab o’tish lozim.
Muammoning mazmunini chuqur anglagan holda ham, o’quvchilar turli g’oyalarni topishda qiynaladilar yoki umuman bunga qodir bo’lmaydilar. Bu esa, o’z o’rnida, ularda moslashuvchanlik ko’nikmasini shakllantirish kerakligdan dalolat beradi.
Tajriba va doimiy mashq yordam bersada, o’qituvchi o’quvchilarga murabbiy sifatida turli strategiyalardan foydalanishni o’rgatishi kerak. O’quvchilarga turli g’oyalar turli toifalarga bo’linishini anglashida yordam berish mumkin. Masalan, “hayvonlar” kategoriyasiga o’quvchilar hayvonlar nomlarini keltiradilar. Birozdan so’ng, “taomlar” kategoriyasiga o’quvchilar avval milliy keyin boshqa halqlar taomlari ro’yxatini tuzadilar. Mashq shu yo’sinda davom etadi. Bu o’quvchilar bir kategoriya, ya’ni bir fikrdan ikkinchisiga o’tish va unga tezda moslashish ko’nikmasini o’zlashtirmaguncha davom etadi. O’quvchilarda bunday ko’nikma shakllangach, ulardan moslashuvchanlik bilan fikrlashni talab qilish mumkin.
O’quvchilarni birgina kategoriyada “qotib” qolishini oldini olish uchun majburiy solishtirish strategiyasini qo’llash mumkin. Masalan, o’qituvchi “intilganga tole yor” shiori Qoravoy (SHum bola) voqeasi yoki matematik tenglamaga nisbatan qanday qo’llanilishi mumkinligi haqida so’rashi mumkin. Mazkur strategiya moslashuvchanlik bilan fikrlash orqali voqealar va tushunchalar o’rtasida bog’liqliklarni topishga yordam beradi.
O’ziga xoslik noodatiy g’oyalar o’ylab topish ko’nikmasidir. O’quvchilar o’zlarida avval moslashuvchanlik va ravonlik ko’nikmalarini shakllantirib, so’ng nooodatiy, original g’oyalarni kashf etish ko’nikmasini hosil qilishlari lozim. Ravon fikrlash ko’nikmasi o’quvchilarda originallikni rivojlantirishda boshlang’ich va asos soluvchi qadam bo’lib xizmat qiladi; agarda o’quvchi ko’p g’oyalarni o’rtaga tashlasa, ulardan bir yoki ikkitasi albatta boshqa o’quvchining g’oyasi ham bo’ladi. Moslashuvchan fikrlash o’quvchilarga ularning har bir g’oyalari bir-biridan farqlanishini ko’rish va anglash imkoni beradi; ularning orasida hammasidan ajralib turuvchi g’oya bo’lsa, demak ana shunisi original (o’ziga xos) g’oya hisoblanadi.
O’quvchilar yechimni topish original g’oya mohiyatidan kelib chiqishi lozimligini anglashlari lozim. G’oya bir dars jarayonida, birgina sharoitlar va bir vaqt oralig’ida taqdim etilishi lozim. O’quvchilarda ravon fikrlash va moslashuvchanlik ko’nikmalarini shakllantirish jarayonida o’ziga xos (original) fikrlash to’g’risida ham ma’lumot berib o’tish lozim. M: o’quvchilarni “Aqliy hujum” strategiyasi yordamida ocharchilikka qarshi kurashish mavzusida muammoning yechimlari ro’yxatini tuzish (ravonlik), so’ngra mavjud g’oyalarni bir necha kategoriya (tur)larga bo’lib chiqish (moslashuvchanlik) va ulardan qaysi biri o’ziga xos (originallik) ekanligini aniqlash o’quvchilarda shakllangan ko’nikmalarning bir paytning o’zida rivojlantirish mumkinligini ko’rsatib beradi (bu kabi yondashuv “Iqtidorli shaxslarning kreativ fikrlash modeli” asosida yaratilgan; Schlichter, 1986).
Moslashuvchan fikrlash ko’nikmasini shakllantirishda o’quvchilarning qiziqishlari va hayotiy qarashlariga tayanib ish ko’rish ularda o’ziga xoslik (orginallik)ni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Mayn shahrida istiqomat qiluvchi maktab o’qituvchisi mazkur strategiyani o’quvchilarda o’ziga xos (original) fikrlash ko’nikmasini shakllantirishga nisbatan qo’llagan. U ravonlik va moslashuvchanlik bo’yicha mashq va o’yinlarni o’z ichiga olgan elektron dastur ishlab chiqqan. O’quvchilar berilgan vazifalarni Power Point taqdimoti, portfolio yoki boshqa shaklda bajarishni tanlosh huquqiga ega edi. O’quvchilar natijalarni qo’shimcha ravishda Power Point taqdimoti shaklida taqdim etgan. Mazkur yondashuv standart asosida ishlab chiqilib, keyinchalik o’qituvchi va o’quvchilar orasida mashhur bo’lgan; u vazifa mazmunini chuqur anglash va natijalarni o’ziga xos (orginal) ko’rinishda taqdim etish ko’nikmalarini shakllantirishda kutilgan samarani bergan.
“Yaratish” tushunchasi boshqa bir g’oyani rivojlantirish va uni kengaytirishga asoslanadi, ya’ni berilgan vazifalar anu shu g’oya asosida bajariladi. Bir g’oyani kengaytirish uchun o’quvchilar mavzu, mu
ammo yoki vazifa mazmunin chuqur anglab yetishlari va talab etilgan darajada bilimga ega bo’lishlari lozim.
Auditoriyada “yaratish” tushunchasi haqida gapirganda, o’quvchilarga hayotiy misollar keltirish maqsadga muvofiqdir (m: kompьyuterlar, rekonstruktsiya, kino va adabiy asarlar, ilmiy tushunchalar va nazariyalar, insonlar hayotida yuzaga keladigan muammolarni yechish maqsadida tashkil etilgan tashkilotlar). O’quvchilarda yaratuvchanlik ko’nikmasini shakllantirishda adabiy yoki asarlarni bir-biri bilan taqqoslash (ba’zan ko’p betli asarlar kichkina kam betli asarlar kabi ko’p ma’lumot bermaydi) mashqi katta samara beradi.
Kreativlik o’qituvchining yondashuvi o’quvchilarning qiziqishlari va ko’rsatgan natijalari asosida baholanishi mumkin. Agar o’quvchilarga biror bir adabiy asar yoki hikoyaning oxirini o’zgartirish vazifasi berilgan bo’lsa, ular asar yoki hikoyaning mazmunini saqlab qolgan holda, qancha va qanday (original) g’oya (variant)lar o’ylab topganiga qarab baholanadi.

Download 188.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling