1. 1-§. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida kreativlikni rivojlantirish dolzarb pedagogik muammo sifatida


-§. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarini kreativ faoliyatga tayyorlash texnologiyasi


Download 188.4 Kb.
bet3/10
Sana02.02.2023
Hajmi188.4 Kb.
#1147108
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
lotinga almashtirish

2.2-§. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarini kreativ faoliyatga tayyorlash texnologiyasi
Kreativlikni ilmiy kategoriya sifatida tahlil etish mazkur tushunchaning quyidagi o’ziga xosliklarini aniqlash imkonini berdi: “ijodkorlikka qobiliyatlilik”, “yangi, original g’oyalarni izlab topishga qobiliyatlilik”, “yangi, original mahsulot (g’oya, fikr, metodika) yaratishga doir faoliyat”.
L.K.Grebenkina, N.S.Antsiferovaning ta’kidlashicha, ijodkor pedagog – bu eng avvalo, ilmiy pedagogik-psixologik fikrlaydigan, yuqori pedagogik mahorat ega, tadqiqotchilik malakalarini egallagan, tanqidiy tahlil yuritadigan, ilg’or pedagogik tajribalardan samarali foydalanadigan tadqiqotchidir[52; 55-b.].
Pedagogning ijodiy individualligi quyidagi komponentlarni o’z ichiga qamrab oladi: ilmiy fikrlash, ishga ijodiy munosabatda bo’lish, o’z-o’zini namoyon etishga intilish va h.k.
O’qituvchining kreativ yo’nalganligi deganda kasbiy-qadriyatga yo’nalganlik, kasbiy pozitsiya nuqtai nazaridan o’qituvchida ustnovkalarning qaror topganligi, ijodiy kasbiy faoliyatga intiluvchanlik kabi shaxs sifatlari yig’indisi tushuniladi.
“Savodxonlik” tushunchasining “faoliyatning biror-bir sohasi uchun zaruriy bilimlarni egallash” [78] mazmunidan kelib chiqqan holda, kreativ savodxonlik o’zida kreativ faoliyatga doir kreativ yondashuv, uning tuzilishi va rivojlanish jarayoni, zamonaviy sharoitda kreativ faoliyatga doir ta’limning kreativ texnologiyalarining mazmun-mohiyatidan xabardorlik, tushunish va anglab yetishni aks ettiradi.
O’qituvchining kreativ faoliyatga doir kreativ ko’nikmalariga kreativ faoliyatga doir umumiy va integrativ-kreativ bilimlari asosida o’zining pedagogik faoliyatini rejalashtirish va tashkil etish; o’quvchilar bilan ishlashda kreativ refleksiya va o’z-o’zining faoliyatini tanqidiy baholash; o’z-o’zini baholash natijalarini hisobga olgan holda faoliyatni korrektsiyalash kabilar kiradi.
O’qituvchining kreativ faoliyatga doir kreativ qobiliyatlariga tezkorlik (ko’plab g’oyalarni o’ylab topish, bir vazifadan ikkinchi vazifaga osonlik bilan o’tish), moslashuvchanlik (muammoni hal etishga doir xilma-xil strategiyalarni qo’llash), nostandart g’oyalarni izlab topish, g’oyani amaliyotga tatbiq etish kabilarni kiritish mumkin.
Tadqiqot natijalari o’qituvchilarni o’quvchilarga bilan ishlashga tayyorlashda quyidagi texnologik bosqichlarga asoslanish lozimligini ko’rsatdi: motivatsiyani faollashtirish; ijodiy muhitni yaratish; ijodiy tavsifdagi o’quv-kasbiy vazifalarni qo’llashda tabaqalashtirilgan yondashuvga asoslanish; refleksiya; texnik va metodik ta’minotni yaratish; tayyorlovning barcha bosqichlarida kreativ salohiyatni rivojlantirishning o’ziga xosliklarini hisobga olish.
Tadqiqot natijalari asosida o’qituvchilarni kreativ faoliyatni tashkil etishga tayyorlashni uch (moslashuvli-yo’naltiruvchi, tayanch, kreativ-produktiv) bosqichda amalga oshirish lozim, degan xulosaga kelindi (2.2.1-rasmga qarang).
O’qituvchilarni kreativ faoliyatga tayyorlashning birinchi – moslashuvli-yo’naltiruvchi bosqichi o’qituvchilarni o’quvchilar bilan ishlashning o’ziga xosliklari bilan tanishtirish bilan tavsiflanadi. Mazkur bosqichda o’qituvchining kreativ salohiyatini rivojlantirishning muhim komponenti ekanligini anglab yetishga motivatsiyani tarkib toptirish muhim sanaladi. Talabalar “Pedagogning innovatsion faoliyatini rivojlantirish” moduli bilan bog’liq mavzularini o’rganish jarayonida “o’qituvchining shaxsiy va kasbiy sifatlari”, “o’qituvchining ijodkorligi”, “pedagogik kreativlik”, “pedagogik mahorat”, “pedagogik kompetentlik” kabi tushunchalar bilan tanishish asosida kasbiy faoliyatga doir dastlabki bilimlarni egallashadi.


2.1.1-rasm. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarini kreativ faoliyatga tayyorlash texnologiyasi


O’qituvchilarni kreativ faoliyatga tayyorlashning ikkinchi – tayanch bosqichi o’qituvchida faoliyatga ijodiy yo’nalganlik, kreativ savodxonlik, ijodiy ko’nikma va qobiliyatlarni rivojlantirishda o’z ifodasini topadi. Mazkur bosqichda o’qituvchilar tomonidan kreativ faoliyatga qo’yiladigan quyidagi talablar o’zlashtirilishi lozim: o’quvchining individual o’ziga xosliklarini aniqlashtirish; individual ish rejasi asosida mashg’ulotlarni tashkil etish (tьyutorlik); kichik guruhlarni shakllantirish va ishini tashkil etish (fasilitatorlik); o’quvchiga individual yordam ko’rsatish (mentorlik); liderlik sifatlarini shakllantirish; ijodkorlikka yo’naltirilgan dasturlarni ishlab chiqish (edvayzerlik); “erkin ishtirok etish” turidagi mashg’ulotlarni tashkil etish; ota-onalar bilan ishlash; o’quvchilar o’rtasida shaxslararo munosabatlarni shakllantirish va h.k. SHuningdek, mazkur bosqich o’qituvchining umumkasbiy va kreativ faoliyatga yo’naltirilgan kreativ sifatlarni o’zlashtirish, diagnostik natijalar asosida o’zining kasbiy rivojlantirish yo’nalishlarini aniqlash kabilarni o’zlashtirishni ko’zda tutadi. Aynan ushbu bosqichda o’qituvchida o’z-o’zini namoyon etish va o’z-o’zini rivojlantirish namoyon bo’lishi kuzatiladi.


O’qituvchilarda o’quvchilar bilan ishlashning uchinchi – kreativ-produktiv bosqichi mazkur jarayonni amalga oshirishga doir barqaror motivlarni qaror toptirish, o’quv-kasbiy vazifalarni hal etishga yo’naltirilgan kreativ savodxonlik, kreativ ko’nikma va qobiliyatlarni maqsadga yo’naltirilgan tarzda qo’llash va faollashtirish bilan tavsiflanadi.
Mamlakatimiz ta’lim sohasida amalga oshirilgan va davom etayotgan islohotlar asosini ham o’qituvchi shaxsining zamonaviy qiyofasini yaratish masalasi tashkil etadi. Buning uchun tabiiy ravishda jahonning ilg’or ta’lim-tarbiya kontseptsiyalariga tayanib ish ko’rish zarurati oldingi o’ringa chiqadi. Ilg’or xorijiy tajriba va texnologiyalarga ko’ra o’quvchilarni tarbiyalash hamda rivojlantirishda o’qituvchilarni o’z o’quvchilari uchun maslakdosh, yetakchi, maslahatchi sifatida shakllantirish vazifasi belgilab qo’yilgan. Tadqiqot jarayonida o’qituvchilarni o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berishga tayyorlashda edvayzerlik faoliyatiga yo’naltirish muhim ahamiyat kasb etishi aniqlandi. Edvayzerlikning kontseptual asosini “o’qituvchi – o’quvchi” munosabatida an’anaviy ta’limda mavjud bo’lgan bir tomonlama yo’nalganlik, ya’ni ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik vazifalarning barchasi o’qituvchi zimmasida bo’lishi emas, balki o’quvchining ana shu jarayonning faol a’zosiga aylanishi tashkil etadi. O’qituvchi-edvayzer ayni jarayonni tashkil etishning ilg’or texnologiyalariga yo’naltiruvchi yetakchi maslahatchi maqomini oladi, o’quvchilar iqtidorining kashfiyotchisiga aylanadi.
Edvayzerlik faoliyati o’z navbatida maslahatchi, tьyutor, moderator va fasilitator bo’lishni talab etadi. Interfaol ta’lim sharoitida o’qituvchining maslahatchilik roliga alohida ehtiyoj tug’iladi. Maslahat berish muammoni hal etish va o’quvchi faoliyatida ijobiy o’zgarishlar kiritishga yo’naltirilgan o’qituvchi-maslahatchi va o’quvchilarning alohida tarzda tashkil etilgan o’zaro birgalikdagi harakatidir.
Pedagogika nazariyasi va amaliyotida maslahatchilikka doir faoliyatning bir nechta turlari taklif etilgan: ekspert, loyiha rahbari va tashkilotchi modellari farqlanadi. Mazkur modelning mohiyati o’qituvchining o’quv materialini an’anaviy tarzda bayon etishini emas, aksincha ta’lim berish funktsiyasi real va masofaviy tarzda uni o’zlashtirish bo’yicha zaruriy maslahat berib borishni nazarda tutadi. Maslahat berish ma’lum bir aniq o’quv muammosini hal etishga qaratiladi. Mazkur jarayonda maslahatchi o’quvchiga o’quv muammosining aniq yechimini yoki uni hal etishga doir faoliyat usullarini taklif etishi mumkin. Ushbu o’qitish modelida o’qituvchining asosiy maqsadi o’quvchini o’quv materialini mustaqil o’zlashtirishga o’rgatishdan iboratdir.
O’qituvchining tьyutorlik faoliyati deganda o’quvchilarning individual ishiga umumiy rahbarlik qilish tushuniladi. Tьyutorlik quyidagi tamoyillar asosiga quriladi: o’quvchi shaxsiga individual yondashish; o’quv jarayonini tashkil etishga yordamlashish.
Tьyutorlikning zamonaviy talqini quyidagi jihatlarda o’z ifodasini topadi: ta’limda sub’ektivlik muammosini hal etishning samarali yo’li. Ya’ni o’qituvchi o’quv muammolarini hal etishda o’quvchining mustaqilligi va o’z-o’zini rivojlantirishga erishish; o’quvchining ta’lim dasturlarini o’zlashtirishiga hamrohlik qilish (tayyor materiallarni berish emas, o’quvchi bilan birgalikda hamkorlikda harakatlanish); o’quvchi shaxsini har tomonlama kamol topishi, uning shaxsiy va o’quv faoliyatiga doir muammolarini hal etishga ko’maklashish. Garchi tьyutorlik maslahatchilik faoliyatiga o’xshash bo’lsada, undan farqli ravishda sinfda o’quv-bilish faoliyatini tashkil etish jarayonida har bir o’quvchining bilishga qiziqishi, xohish-istaklari, ehtiyojlarini hisobga olgan holda, zamonaviy kommuni-katsiya texnologiyalaridan foydalanishni talab etadi[49; 174-b.].
Moderator faoliyati mazmuni o’qituvchining an’anaviy rolidan farq qiladi. Moderatsiya vaziyati o’qituvchining doska oldida turib, monologik tarzda materialni bayon qilishini talab etmaydi, aksincha asosiy e’tibor ta’lim oluvchilarga qaratiladi. Moderatsiya jarayonida guruhlarda ishlash orqali birgalikda o’qitish va o’quvchilarning o’z-o’zini rivojlantirish-lariga erishiladi. Moderatorning mas’uliyati guruhlarda ishlashni oldindan o’ylangan tartibda tashkil etishi, hamkorlikda o’qitish jarayonida qo’llaniladigan texnologiyalarni to’g’ri tanlay olishi va hal etilishi lozim bo’lgan vazifalarni samarali hal etishga ko’maklashishda namoyon bo’ladi. Moderator o’zlashtirilayotgan materialning mazmuniga emas, jarayonni boshqarishga rahbarlik qiladi. Ana shu sababli moderator ijtimoiy aloqalarni oson yo’lga qo’yish, guruhlardagi ijtimoiy rollarni to’g’ri taqsimlash, guruhiy dinamikani tushunish, shaxslararo o’zaro birgalikdagi harakatni boshqarish kabi yuqori darajadagi kompetentsiyalarga ega bo’lishi talab etiladi[134; 27-b.].
O’quvchilarni mustaqil, mas’uliyatli, ijtimoiy jihatdan safarbarlikka moyil shaxs sifatida shakllantirish ularni muvaffaqiyatli ijtimoiylashtirish va mehnat bozorida munosib o’rin topishiga tayyorlash uchun ularda ijtimoiy ko’nikmalarni rivojlantirish, o’z faoliyatlarini aniqlash va rivojlantirishga odatlantirish lozim. Bunday yondashuvni amalga oshirish uchun o’quv-bilish jarayonida o’quvchilarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash muhim pedagogik ahamiyatga ega. Pedagogik qo’llab-quvvatlash jarayoni asosan o’quvchilarga yo’naltiriladi. Bunda o’quvchi-larning moddiy borliq, atrofdagilar va o’z-o’ziga bo’lgan munosabatini o’rganish muhim o’rin egallaydi.
O’quvchilarning rivojlanish jarayonini pedagogik jihatdan qo’llab- quvvatlashda ularning munosabatlarini sinchiklab o’rganish, tuzatish, tiklash va rivojlantirish nihoyatda zarur. O’quv-tarbiya jarayonida o’quvchilarni qo’llab-quvvatlashning asosiy maqsadi, ularning intellektual, jismoniy, ma’naviy-madaniy va ijtimoiy jihatdan bir maromda rivoj-lanishlarini ta’minlashdan iborat.
O’quvchilarni pedagogik qo’llab-quvvatlash uchun o’quv-bilish jarayonida ular faoliyatini yaxshilash maqsadida, muntazam tarzda rivojlantiruvchi didaktik harakatlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. O’quvchilarni rivojlantirishga yo’naltirilgan didaktik harakatlar natijasida ular o’z taraqqiyotlarining muayyan bosqichiga ko’tariladi. Buning natijasida esa, o’quvchilarning imkoniyatlari va intellektual quvvatlari ro’yobga chiqadi. Natijada, o’quvchilar o’quv faoliyatida ilgarilashga muvaffaq bo’ladi.
CHinakam kreativ o’qish muhitini yaratish puxta o’ylangan rejaga tayanadi. O’qituvchilar agarda o’zlarining kreativ o’qitish mohiyatiga ega metod va strategiyalari (ya’ni keng ko’lamda o’ylash va kreativ jarayon)ni qo’llashda katta samaradorlikka erishishni istasalar, buni o’quvchilar ongiga singdirishlari va o’z vazifalarini samimiy bajarishlari lozim (Higgins, Hall, Baumfield, & Moseley, 2005). Ko’p hollarda, o’qituvchilar faqat fanning mazmuni bilan tanishadi, ammo, fikrlash jarayoniga katta e’tibor zarurligi, talablarning qanday rivojlanishlari kerakligi haqida hech qanday ma’lumot bermaydi. O’qituvchining pala-partish yo’riqlar berishdan iborat yondashuvining samaradorligi o’quvchilar o’quv faoliyatini oshirishga yo’naltirilgan metod va strategiyalardan sezilarni darajada past (Beghetto & Kaufman, 2010; Kirschner, Sweller & Clark, 2006). Vaholanki, o’quvchilarda fikrlash ko’nikmasi bo’yicha yo’riqlarni aniq va tushunarli yetkazib berish uchun o’qituvchi (tanqidiy, kreativ) fikrlash usullari, ko’nikmalarni samarali shakllantirish yo’llari bilan o’quvchilarni tanishtirish orqali ularning o’quv faoliyatini nazorat qilishi va uni yo’naltirishi lozim.
Kreativ muhitda o’quvchilar o’rganayotgan mavzuning mazmuni va ularning mavzu haqida qanday o’ylashlari o’rtasidagi o’zaro aloqani o’rganadi (Anderson et al., 2000). Masalan, o’quvchilar sodir bo’layotgan immigratsiya sabablarini “Aqliy hujum” uslubi orqali o’rganayotgan jarayonda, o’quvchilar “Aqliy hujum”ning o’zi nimaligi va uni qanday amalga oshirish kerakligi haqida ham bilimlarga ega bo’lishlari lozim. Bunda ularning mavzuning mazmunini anglash va kreativ fikrlash ko’nikmalarini baholashda qo’llaniladigan vosita va metodlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday usullarni qo’llash o’quvchilarga kreativ fikrlash katta ahamiyatga ega ekanligini anglashga yordam beradi.
“Kreativlik otasi” nomi bilan mashhur Pol Torrens (1987) kreativ tafakkurning to’rt jihatini aniqlagan. Uning olib borgan tadqiqotlari shundan dalolat beradiki, kreativ tafakkurning mazkur jihatlarini shakllantirish va ularni baholash mumkin. Muallifning fikriga ko’ra kreativ tafakkurning to’rt jihati quyidagilardan iborat:

Download 188.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling