1. 1-§. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida kreativlikni rivojlantirish dolzarb pedagogik muammo sifatida


Download 188.4 Kb.
bet10/10
Sana02.02.2023
Hajmi188.4 Kb.
#1147108
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
lotinga almashtirish

Ikkinchi bob bo’yicha xulosa
Tadqiqot jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarida san’at pedagogikasi asosida kreativlikni rivojlantirish modeli ishlab chiqildi.
Asoslovchi bosqichda boshlang’ich sinf o’quvchilarida kreativlikni rivojlantirish tuzilmasining to’rt tarkibiy aniqlashtirilgan edi, modelni ishlab chiqish jarayonida ular uchta komponentga birlashtirildi: motivatsion-emotsional (bilishga ehtiyoj, mustaqillik va tanqidiylik, ekspressivlik, emotsional sezgirlik, ta’sirchanlik); kognitiv-faoliyatga doir (tasavvur, ijodiy faollik, qat’iylik va jasurlik); kreativ (kreativlik, ijodiy fikrlash).
“San’at vositasida o’quvchilarda kreativlikni rivojlantirish sirlari” dasturida o’quvchilarda san’atga qiziqishni shakllantirishga imkon beruvchi didaktik o’yinlar va mashqlar tizimi taklif etilgan. San’at vositasida boshlang’ich sinf o’quvchilarida kreativlikni rivojlantirishga doir mazkur dastur quyidagi pedagogik shart-sharoitlarga asoslanadi: o’qituvchilarni o’quvchilarda kreativlikni rivojlantirishga tayyorlash; kreativ muhitni yaratish; o’quvchini faoliyat sub’ekti sifatida qabul qilish.
Dasturda ta’limni tashkil etish shakli sifatida integrallashgan dars belgilangan. Mazkur darsning o’ziga xosligi boshlang’ich sinf fanlarini san’at vositasida o’rganish, o’qituvchi va o’quvchilarning jamoaviy ijodiy ishi, ijodiy faoliyatning turli shakllantirini amalga oshirishga doir o’zaro birgalikdagi harakat.
Dasturda boshlang’ich sinf o’quvchilarida kreativlikni rivojlantirish san’at pedagogikasining maxsus metodlari orqali amalga oshiriladi: “aqliy hujum”, san’at haqida o’ylar, imrovizatsiya, emotsional dramaturgiya, assosatsiya, musiqiy umumlashtirish. San’at pedagogikasi vositalari sifatida maxsus jihozlar (bolalar musiqa asboblari), proektsion (filьmlar va kliplar), musiqiy saylanma tanlab olindi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida kreativlikni rivojlantirishning motivatsion-emotsional, kognitiv-faoliyatga doir, kreativ komponentlari har biri bo’yicha baholash mezonlari ishlab chiqildi. Motivatsion-emotsional komponent “Uylar” metodikasining adaptiv variantini ishlab chiqish orqali tashxis etildi. Mezon sifatida qiziqish, faoliyatga emotsional-qadriyatli munosabat belgilandi. Kognitiv-faoliyatga doir komponentga doir fikrning tezligi, obrazlarning “ishlab chiqilganligi” mezonlarini tekshirish uchun Ye.Torrensning noverbal batareya metodikasidan foydalanildi.
Tadqiqot natijalari o’qituvchilarni kreativ faoliyatni tashkil etishga tayyorlashda quyidagi texnologik bosqichlarga asoslanish lozimligini ko’rsatdi: motivatsiyani faollashtirish; ijodiy muhitni yaratish; ijodiy tavsifdagi o’quv-kasbiy vazifalarni qo’llashda tabaqalashtirilgan yondashuvga asoslanish; refleksiya; texnik va metodik ta’minotni yaratish; tayyorlovning barcha bosqichlarida kreativ salohiyatni rivojlantirishning o’ziga xosliklarini hisobga olish.
Download 188.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling