5-Mavzu: interfaol metodlar va ularni ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llash (4 soat) reja
Download 254.38 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa
_____________________________________________________
_____________________________________________________ _____________________________________________________ _____________________________________________________ G‘oyalarni umumlashtirish bo‘yicha bosh tahlilchining ma’ruzasi. Tahlilchilar guruhi 10 daqiqalik ma’ruza uchun bosh tahlilchini mustaqil holda tanlashadi. Ma’ruzaning taxminan quyidagi shakli taklif qilinadi. Miqdoriy ko‘rsatkichlar: 1. Ishtirokchilar miqdori 2. G‘oyalar miqdori Shularda: 1.1. Yangi va real g‘oyalar 1.2. Original g‘oyalar 1.3. Ma’lum g‘oyalar 1.4. Keraksiz g‘oyalar Birinchi korzinkadagi g‘oyalarga alohida e’tibor qaratiladi. “Aqliy hujum” bo‘yicha umumiy xulosalarning chiqarilishi “Aqliy hujum” metodini o‘tkazuvchi zudlik bilan g‘oyalarni oldinga qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqqan holda tahlil qiladi va mavjud bo‘l-gan eski g‘oyalar bilan qiyoslaydi. Bundan tashqari, “Aqliy hujum”ning o‘tkazish jarayoniga qisqacha baho beradi. Shu o‘rinda natijaga alohida e’tibor qaratiladi, eng kelajagi bor g‘oyalar real amaliy faoliyatda qo‘l-lanilishi ta’kidlanadi. Xulosa “Aqliy hujum” metodini har xil variantlarda amalga oshirish mumkin: – og‘zaki individual fikr bildirish. Bunda muallif va uning g‘oyasi doskada muqarrar qayd qilinadi; – guruh bilan ishlash. Bunda jamoalarning guruhiy g‘oyalari qayd qilinadi; – “Aqliy hujum” metodi “G‘oyalar konferensiyasi” ko‘rinishida ham amalga oshirilishi mumkin; – “Aqliy hujum”ning yana bir ko‘rinishida mualliflarning o‘zlari o‘z fikrini yozadilar va uni og‘zaki tushuntiradilar. Xulosada shu narsani ta’kidlamoqchimizki, “Aqliy hujum” metodi yangilik tuyg‘usi rivojlangan, intellektual ijod rag‘batlantiriladigan g‘o-yalarni haqiqatdan ham hayotga tatbiq etiladigan jamoadagina samara berishi mumkin. Ma’lumki, ba’zi bir ishga taalluqli o‘yinlarda ma’lum masalalar-ning muhokamasi paytida “Aqliy hujum”dan foydalaniladi. Shuning uchun pedagoglar “Aqliy hujum” metodini o‘yin jarayonida qo‘llash texnologiyasini iloji boricha mukammal o‘zlashtirib olishlari zarur. Download 254.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling