5-Mavzu: interfaol metodlar va ularni ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llash (4 soat) reja


Download 254.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/25
Sana10.11.2023
Hajmi254.38 Kb.
#1764383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
 
1.1. 
“Aqliy hujum” metodiga kirish
 
Yuksak darajadagi aqliy va ijodiy harakatni talab qiladigan “Aqliy hujum” metodini 
o‘tkazishdan oldin metodni o‘tkazuvchi qatnashchilar uchun yetarli darajadagi qulay tashqi 
muhitni yaratish lozim bo‘ladi: ularni qulay joyga o‘tqazadi, xonani shamollatadi, sokin 
musiqadan foy-dalanadi, g‘oyalarning generatorlariga kofe yoki salqin ichimliklar ulashdi va 
hokazo. Qatnashchilarning aqliy va emotsional holatini ko‘-tarish uchun «Aqliy hujum» rahbari 
yetarli darajada erkin va demokratik holda auditoriya bilan muomala qiladigan bo‘lmog‘i lozim. 
Aqliy toliqish-ni oladigan psixologik mashqlarni o‘tkazish mumkin. Masalan, maxsus bo‘limlar 
talab qilinmaydigan masala yoki vaziyatlarni yechish mumkin.
Shundan keyin “Aqliy hujum” metodini o‘tkazishning bevosita shartlariga o‘tish mumkin 
bo‘ladi. Ekranda: - maqsadlar: reja va qoidalar aks ettiriladi.
Bu tadbirlarni amalga oshirishga 10 daqiqagacha vaqt talab qilinadi.
 
1.2. 
“Aqliy hujum” metodining shiorini tanlash 
 
Iloji boricha “Aqliy hujum”ning shioridan foydalangan ma’qul. Chun-ki aynan shu shior 
mutaxassislar jamoasini g‘oyalarning tezlik bilan tu-g‘ilishiga jalb qiladi. Metodni o‘tkazuvchi 
ekranda bir qancha shiorlarning variantlarini tavsiya qiladi. Masalan: 
1. Biz masalani yechamiz va muammolar qolmaydi! 
2. Muammo o‘ta murakkab, biz uni hal qilamiz!
3. Har qanday muammo yagona to‘g‘ri yechimga yega. Agar biz uni topolmasak, dahshat 
bo‘ladi!
4. Hal qilinmagan muammo asabni taranglashtiradi, kayfiyatni tushi-radi, vijdonni qiynaydi. 
Vahima bizga yarashmaydi!
5. Muammolarni hal qilish ko‘nikmasini shakllantiramiz!
 
1.3. Muammoni qo‘yish va uni tushuntirish 
Bu bosqichda asosiy rol “Aqliy hujum” metodini o‘tkazuvchiga bog‘liq bo‘ladi. U 
tashkilotchi va ijodkor bo‘lmog‘i lozim. Oldiniga u “Aqliy hujum” metodi ishtirokchilariga bir 
qancha muammolardan birini tanlashni taklif qiladi. Shu bilan birgalikda tanlangan muammo 
muta-xassis-qatnashchilar uchun dolzarb, tanish, qiziqarli bo‘lmog‘i lozim. Agar bu pedagogik 
muammo bo‘lsa, unda, masalan, o‘quv jarayonini faollashtirish muammosini o‘rganish mumkin. 
Shunda muammoni quyi-dagicha qo‘yish maqsadga muvofiq:


1. Tinglovchilarni faollashtirish muammolari.
2. Faollashtirish zaruriyati masalalari.
3. Tinglovchilarni nima uchun faollashtirish zarur?
4. Tinglovchilarni faollashtirish psixologiyasi.
Muammo shakllanishi va qabul qilinishi uchun inobatga olgan holda muammoning umumiy 
tahlilini amalga oshirish zarur bo‘ladi:
– muammoning murakkabligi nimada;
– qarorning bajarilishi imkoniyati;
– muammoning minuslari va pluslari;
– murakkab savollarning aniqlanishi;
– muammoning tasnifi, ya’ni ma’lum bir tipga aloqadorligi;
– noaniqlik darajasi va h.k.
Muammoning bunday tahlili muammo haqida tinglovchilarda tasav-vur paydo qiladi va 
tinglovchilar muammoni hal qilish yo‘llarini topish-da qiynalishmaydi. 

Download 254.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling