5 mavzu: Jahon adabiyotida uyg‘onish masalasi Reja
* «Ilohiy komediya» asari bo‘yicha alohida amaliy mashg‘ulot o‘tkaziladi
Download 32.69 Kb.
|
* «Ilohiy komediya» asari bo‘yicha alohida amaliy mashg‘ulot o‘tkaziladi.
Franchesko Petrarka (1304-1374) yirik olim notiq va shoir. U butun hayoti davomida qadimiy (antik) adabiyot yodgorliklarini o‘rgandi. Sitseronning xatlari va 2 ta ma’ruzasini topdi. Qadimiy avtorlardan Sitseronni «o‘z otam» asar Vergiliyning o‘z og‘am deb atadi. Yunon tili bilan shug‘ullanadi. Agar Dante o‘z asarlarini italyan tilida yozgan bo‘lsa, Petrarka asosan lotin tilida ijod qildi. Chunki lotinni u asosiy adabiy til hisoblar edi. Petrarkaning lotin tilida yozgan asarlarini 2 guruhga: Poetik va axloqiy-falsafiy asarlarga bo‘lish mumkin. Lotin tilida yozilgan «Afrika» dostoni (1338-1342) Rim yozuvchisi Vergiliyning «Eneida» dostoniga taqlid qilish asosida dunyoga kelgan. 9 qo‘shiqdan iborat ushbu asar tugallanmagan. Dostonda Afrikani zabt etgan Rim milliy qahramoni Ssipionning g‘alabalari tasvirlanadi. Petrarkaning «Mashhur kishilar haqida», «Unutilmaydigan narsalar haqida» nomli tarixiy asarlari ham bor. Birinchi kitobda Rimning mashhur kishilari (Aleksandr Makedonskiy, Gannibalp) biografiyasi tasvirlanadi. Ikkinchisida ilgari yashagan avtorlarning asarlaridan parchalar, misollar va hikmatli so‘zlar keltirilgan. Petrarka uchun italpyan tilida yozilgan asarlari unchalik katta ahamiyat kasb etmagan bo‘lsada, u keyinchalik italpyan tilidagi sheorlari bilan shuhrat qozondi. Shoir nafaqat Italiya adabiyotida balki butun yevropa sheoriyatida o‘ziga xos yangi yo‘l, uslub yaratadi. Provans, italyan shoirlari va Dantpe singari u ham sevgi lirikasi bilan shug‘ullanadi. Petrarka o‘z sevgilisini Laura deb ataydi. U haqida faqatgina 1327 yil 6 aprelda uchratib qolganini va oradan yigirma yil o‘tgandan so‘ng Laura vafot etganini ma’lum qiladi xolos. Unga bag‘ishlangan she’rlarini «Kansonperi» («Qo‘shiqlar kitobi») deb ataydi. Keyinchalik «Madonna Lauraning hayoti» va «Madonna Lauraning vafoti» degan ikki qismga bo‘lgan. To‘plamda 317 sonet va yigirma to‘qqiz kanson (she’r) bor. Masalan, shoirning Shukur Qurbon tomonidan tarjima qilingan «Madonna Laura hayoti»ga bag‘ishlangan quyidagi sonetini keltirish mumkin: O, bu bol takallum, o, qarash qiyg‘och, Kurgummi sizni bot, eshitgummi bot? Kuyida xuniga cho‘mgan Muhabbat, Taqdiridan rozi o bu sumbul soch!
Zormanu ko‘rgani, cho‘chirman, hayhot! O, bu ishq choyshabi va’da qilgan tot! Yotsam yondiradir, xohlasang-da, qoch!
Qiyo boqur ahyon-ahyonda bir-bir, Ma’no qorishadir bor hayotimga Va shu on hasad-la olay, deb tortib – Shu zarra haqqim bor, fortuna-taqdir Bemon g‘animday shoshar oldimga. Sevgi mavzusidan tashqari siyosiy falsafiy mavzularda ham sheorlar bor. Ko‘pchilik Petrarka biograflari Laurani to‘qima obraz deb taokidlaydilar. Laura haqida quyidagi maolumotlarni keltirish mumkin xolos: Laura 1307 yilda tug‘ilgan, 1325 yilda dvoryanin Poganga turmushga chiqqan va 11 farzandning onasi bo‘lgan. 1348 yilda o‘lat kasalidan vafot etgan. Lauraga bag‘ishlangan birinchi she’r 1330 yilda yozilgan. Shoir Dante ta’siri ostida o‘z sevganini sahovatli, borliqqa ijobiy ta’sir etuvchi qilib ko‘rsatsa ham, go‘zallikni sahovat bilan teng deb bilmaydi. Uning sevgilisi Lauraning xususiyatlari real. Laura oshiqqa beiltifot ayoldir. Shuning uchun shoirni sevgisi hayoliy bo‘lib qoladi. Asarda shoir qalbidagi ikki xil sevgi - yuksak ruhiy muhabbat bilan real xissiy muhabbat o‘rtasidagi qarama-qarshilik o‘z ifodasini topadi. To‘plam oxirida Petrarka Bibi Maryamdan «gunoh»lari uchun kechirim so‘raydi. Petrarka lirikasining ahamiyati katta bo‘lib, u Italiya lirikasini mistika, allegorizmlardan tozaladi. Petrarkada ishqiy lirika ilk bor real dunyo extiroslarni kuylashga yo‘naltirildi. Download 32.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling