5 mavzu: Jahon adabiyotida uyg‘onish masalasi Reja


Migel de Servantes(1547-1616 y.)


Download 32.69 Kb.
bet7/10
Sana05.01.2022
Hajmi32.69 Kb.
#228583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Migel de Servantes(1547-1616 y.). Alkala’ de Ena’res shahrida tabib oilasida tug‘ilgan. Universitetni tamomlagach, papaning Ispaniyadagi elchisi kardinal Akvaviva xizmatiga kiradi. Kardinal bilan Italiyaga boradi. Uning o‘limidan keyin Italiyadagi Ispan armiyasiga xizmatga kiradi. 1571 yili Lepanto jangida ishtirok etib, qahramonlik namunalarini ko‘rsatadi va chap qo‘lidan yaralanadi. 1575 yili Ispaniyaga qaytayotib Jazoir Korearlari qo‘liga asir tushib qoladi va 5 yil asirlikda bo‘ladi. Vataniga qaytgach, teatr uchun pesalar, shuningdek, badavlat odamlarga bag‘ishlab she’r yoza boshladi. 1597, 1603 yillarda qamoqda, hayotning oxirgi 15 yili moddiy qiyinchiliklarda o‘tdi. Shunga qaramay ijodining gullab-yashnagan davri ayni shu yillarga to‘g‘ri keldi.

Servantesning 1605 yili «Ayyor idalgo Don Kixot Lamancheskiy» romanining birinchi qismi chop etilgan bo‘lsa, 1616 yili romanning ikkinchi qismi yozib tugatildi. Xuddi shu yili uning pesalar to‘plami ham nashrdan chiqdi. 1613 yili novellalar to‘plami nashrdan chiqqan edi. Servantes pesalari katta shuhrat qozondi. Biroq ularning ko‘pchiligi yetib kelmagan. «Numansiya» pesasida iberlarning (ispanlarning ajdodi) rimliklarga qarshi kurashi tasvirlangan. Rim qo‘mondoni Ssipion qo‘shinlari tomonidan qamal qilingan Numansiya shahri himoyachilari sharmandali asirlikdan voz kechib, hamma qimmatbaho narsalarga o‘t qo‘yadilar va o‘zlarini halok etadilar. Servantesning 1605-1611 yillarda yozilgan intermediyalari katta shuhrat qozondi. Xalq hayoti va psixologiyasini ochib beruvchi bu kichik komik pesalarda u ruhoniylar, nayrangbozlar ustidan kuladi («Mo‘jizalar teatri», «Salamank gori», «Rashkchi qariya», «Ikki laqma»). 14 hikoyadan iborat «Ibratli novellalar» to‘plami bu davr ispan adabiyotida katta voqea bo‘ldi.



«Don Kixot» asari zamondoshlari tomonidan yetarli baholanmagan bo‘lsada, keyinchalik insoniyat tarixidagi eng buyuk asarlardan biri deb e’lon qilindi. Asar ritsarlik romaniga parodiya sifatida yozilgan. Ritsarlik romanlarini o‘qib-o‘qib aqldan ozgan kambag‘al idalgo Don Kixot o‘z «xonimi» sharafiga xo‘rlangan va haqoratlanganlarni himoya qilishga ahd qiladi. Uning asbob anjomlari zang bosgan sovut, qari ot, xizmatkori ayol dehqon, «xonimi» cho‘chqaboqar Aldonsa Lorenso (Don Kixot uchun Dulsineya Tobosskaya). Romanda ritsarlik urf-odatlari, marosimlari parodiya qilinadi; ritsarlikka qabul qilish, ritsarlar olishuvi, go‘zal xonimga xizmat qilish va boshqalar. Don Kixotning yer yuzida «adolat o‘rnatish uchun» olib borgan kurashi teskari natija bermadi. Don Kixot himoya qilgan cho‘pon Andres u ketgach yanada qattiq jazolanadi, u ozod qilgan jinoyatchilar yana jinoyat qila boshlaydi, Ispan ritsarini qutqarish natijasida shu spektakl o‘ynalayotgan qo‘g‘irchoq teatrini vayron bo‘lishiga olib keladi. O‘z uyiga qaytib kelgach ko‘zi ochiladi

Download 32.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling