5 mavzu: Jahon adabiyotida uyg‘onish masalasi Reja


Ispaniyada uyg‘onish davri adabiyoti


Download 32.69 Kb.
bet6/10
Sana05.01.2022
Hajmi32.69 Kb.
#228583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ispaniyada uyg‘onish davri adabiyoti. Ispaniya Uyg‘onishi (shuningdek 1580-1640 ispan qirollari qo‘l ostida bo‘lgan Portugaliya) o‘ziga xos xususiyati bilan ajralib turadi. XV asrning ikkinchi yarmida bu yerda kapitalistik munosabat shakllana boshladi; sanoat va tashqi savdo aloqalari o‘sdi, feodal munosabatlar inqirozga yuz tutdi.

Ispan ma’rifatparvarligi va gumanizmining o‘ziga xos tomonlari quyidagicha:

a) Rekonkista harakatining Ispaniyani turli viloyatlarida turli davrlarga bo‘lishi oqibatida mustaqillikka erishgan ispan viloyatlarida qonunlar, urf-odatlar turlicha bo‘lishiga olib keladi. Qaytarib olingan yerlarda va bu yerda barpo bo‘lgan shaharlarda dehqonlar va shaharlar bir biridan farq qiluvchi huquq va erkinlikka ega bo‘ldilar. Natijada turli viloyatlar bilan qirollik o‘rtasida ziddiyatlar paydo bo‘ldi.

b) XVI asrda Ispan san’ati keskin qisqardi. Buning asosiy sababi Amerikaning ochilishi va mamlakatga oltinning ko‘plab keltirilishi bo‘ldi. Ispanlar uchun o‘zida ishlab chiqarishdan ko‘ra chetdan tovar olib kelish qulay edi. Dehqonchilikka ham putur yetdi. Yer katta feodalllarning qo‘liga o‘ta boshladi. Ko‘plab dehqonlar baxt izlab yangi yerlarga keta boshladilar.

Ispan absolyutizmi (ayniqsa qirol Karl I davrida) dunyo hokimligiga intilar ekan, bunda uni harbiy kuch va katolik cherkovi qo‘llab-quvvatlar edi. Lekin Ispaniya XVII asrning ikkichi yarmida Yevropaning ikkinchi darajali davlatiga aylanib qoldi. Ispaniya uyg‘onishi quyidagi davrlarga bo‘linadi:

a) Ilk Uyg‘onish davri (1475-1550 y.)

b) yetuk Uyg‘onish davri (1550-XVII asrning boshlari)

Ispan Renesans she’riyatida lirika va epik doston turlari rivojlandi. XVI asrning 30-yillarida shoirlar Boskan va Gosilaso dela-Velar italyan poetik formalarini (kansona, elegiya, eklog, noma, sonet) ispan adabiyotiga olib kirdilar.

Shoir Fernando de Errera (1534-1597) italyan uslubining eng iqtidorli shoiri edi. Zamondoshlari uni «ilohiy» deb atar edilar. U ham Petrarkaga o‘xshab ruhoniy bo‘lgan va turmushga chiqqan ayolga bo‘lgan ideal sevgisini kuylagan. Leonora de Mila’ni u Geliodora (yaoni «Quyosh ne’mati») deb ataydi. Shoir uchun u - nur, quyosh, yulduz bo‘lib, she’riyat manbai va hayot quvonchidir.

Shoir Alose de Ersiliya (1533-1594 y.) «Arakuana» epik dostoni bilan mashhur bo‘ldi. 37 qo‘shiqdan iborat bo‘lgan bu ulkan epopeya ustida de Ersilya 20 yil ishladi. Dostonda Chili hindilarining Arakuanna qabilasini ispan bosqinchilariga qarshi kurashlari haqida hikoya qilinadi. Shoir o‘zi bu urushning guvohi va ishtirokchisi bo‘lgan.

Asarning bosh qahramoni Arakuanna qabilasining boshlig‘i Kaupolikana mag‘rur, jasoratli inson sifatida tasvirlangan.

Bu davrda Ispaniyada roman janri rivojlandi. «Amadio Golskiy» romani yozuvchi Xuan de Montalvo tomonidan yozilgan.

Syujet: Galliya qiroli Perion va Bretan qirolining qizi Elisenaning noqonuniy farzandi Amadis. Sharmandalikni yashirish uchun Elisena chaqaloqni yashikka solib dengizga tashlaydi. Bir ritsar chaqaloqni qutqarib oladi va unga «dengiz yigiti» deb nom beradi. O‘smirlik chog‘ida Amadis Shotlandiya qirolining saroyida paj bo‘lib xizmat qiladi. Amadis va Britaniya qirolining mehmonga kelgan qizi Oriana bir-birlarini sevib qolishadi. Ritsar bo‘lgan Amadis sevgilisining sharafiga jasoratlar qiladi. U o‘zining ukasi Galaor, otasi bir necha marta o‘limdan qutqaradi. Uning eng katta jasorati-«Metin orol» ni zab etishida ko‘rinadi. Amadisga tuhmat uyushtirishadi. Saroyga qaytgan yigit Oriananing onasini dushmanlardan qutqaradi, lekin o‘zi yana saroyni tashlab ketishga majbur bo‘ladi. "Ilohlar ritsari" nomi bilan dahshatli mahluqni mag‘lub qiladi. Rim imperatori ustidan g‘alabaga erishib, Konstantinopolga kirib keladi. Oxir oqibat Amadis Orianaga uylanadi.


Download 32.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling