5– mavzu. Kasb tanlashda shaxs individual psixologik hamda kognitiv xususiyatlarni nomoyon bo‘lishi. Reja


Download 0.66 Mb.
bet5/14
Sana17.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1554223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
resurs 555555555555

motivatsion-irodaviy ma’lum harakatlar va xulqni amalga oshirishga undovchi kuchlar



Demak, bizning munosabatlarimiz ma’lum ma’no va mazmun kasb etgan munosabatlar bo`lib, ularning har birida bizning hissiy kechinmalarimiz aks etadi va xarakterimiz namoyon bo`ladi.


Xarakterda o`zlashtirilayotgan hayotiy timsollar shaxsning xulq-atvori va faoliyatida ijtimoiy-psixologik xususiyatlar sifatida tarkib topishni ta’minlovchi psixologik vositalar inson «Men»ining tavsig`lovchi poydevori hisoblanadi.
Psixologiya tarixida xarakterni inson bosh suyagining shakliga, yuz tuzilishiga, qaddi qomatiga (tana tuzilishiga va boshqalarga) bog‘liq qilib qo‘yadigan va shu yo‘l bilan xarakter xususiyatlarining sirini ochish yo‘lini aniqlash, ya’ni ayrim tashqi alomatlariga qarab inson xarakterini ochish nazariyalari ko‘p bo‘lgan. Masalan, tashqi ko‘rinishida qandaydir hayvon bilan o‘xshashlik belgisini topish tavsiya qilinardi, so‘ngra esa uning xarakterini ana shu hayvonning xarakteri bilan aynan bir xil, deb qarash kerak, degan fikrlar ilgari surilgan edi. Masalan, buqaniki singari yo‘g‘on burun ishyoqmaslikni bildiradi va h.k. Agar odamlarni shaxslarga ko‘ra yoki toifalarga ajratib, ularni alohida xususiyatini ta’riflab berolmasak ularni qanday tasvirlashimiz mumkin bo‘ladi?
Olma bilan olib boriladigan tajribani misol qiladigan bo‘lsak, uni bir qancha o‘xshash jihatlarini sanab o‘tishimiz mumkin; katta yoki kichikligi, qizil yoki sariqligi, shirin yoki nordonligi bularga misol.
Bu narsani odamlar misolida oladigan bo‘lsak bir vaqtning o‘zida shaxslarning turli xislatlarini ko‘rinishi natijasiga psixologlar inson xarakterining turli xilligini aks etishi deb qaraydilar.4
Xarakter - shaxsning individual xususiyatidir. Xarakterlari mutlaqo bir xil bo`lgan kishilarni topib bo`lmaydi, lekin ayrim kishilarning xarakterlaridagi ko`p narsalar bir guruh kishilar uchun yoki xatto butun jamiyat uchun tipik bo`lishi mumkin. Bir jamoada mehnat qilayotgan kishilar uchun jamoatchilik, o`zaro yordam ko`rsatishga intilish, mehnatni xurmat qilish singari xususiyatlar tipik xususiyatlardir.
Demak, xarakterning psixologik tizimini tahlil qiladigan bo`lsak, uning borliqdagi obyektlar va predmetli faoliyatga nisbatan amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun ham psixologiyada xarakterning quyidagi tizimi e’tirof etiladi:


  • Download 0.66 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling