5-mavzu. Kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonalari sarflari, ularning mohiyati, strukturasi va tasnifi
Download 96.63 Kb.
|
5 мавзу КИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Materiallarga doir yondosh sarflar. Mexnatga doir yondosh sarflar. Asosiy fondlar va nomoddiy
- Kayta ishlanadigan chikindi (ayriladi). YOkilgi va kuvvat sarflari.
- 5.3. Maxsulot tannarxini pasaytirish manbaalari va omillari
To’g’ri moddiy sarflar.
Mehnatga doir to’g’ri sarflar: Ishlab chiqarish ishchilarning ish xaki ijtimoiy sugurta ajratmasi Materiallarga doir yondosh sarflar. Mexnatga doir yondosh sarflar. Asosiy fondlar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi. Boshka, shu jumladan ustama xarajatlar. Tugri moddiy sarflar kup xollarda kalkulyasiyadan keyin aloxida jadvalda ochiladi va kuyidagi sarflardan tashkil topadi: xom ashyo va asosiy materiallar – maxsulot tarkibiga kiradigan komponentlar. YOrdamchi materiallar – maxsulot tarkibiga kirmagan, ammo uni xosil bulishida ishtrok etgan (katalizator, reagent va xokazo). Kayta ishlanadigan chikindi (ayriladi). YOkilgi va kuvvat sarflari. Umum xujalik buyicha maxsulot ishlab chikarishga ketgan sarflar esa iktisodiy elementlar buyicha guruxlanib kuyidagilardan iborat: xom ashyo va asosiy materiallar. YOrdamchi materiallar. YOkilgi. Kuvvat sarflari. xodimlarning ish xaklari. Ijtimoiy sugurta ajratmasi. Asosiy fondlar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi. Boshka sarflar. 5.2. Maxsulot tannarxining strukturasi Maxsulot tannarxi – iqtisodiy taxlili uchun tannarx strukturasi – umumiy tannarxda aloxida tur sarflar nisbatini aniqlash lozim. Tannarx strukturasi xam elementlar, xam kalkulyasion moddalar sarfi bo‘yicha xisoblanishi mumkin. Ishlab chiqariladigan maxsulot tannarxining strukturasidagi xususiyatlariga ko‘ra sanoat tarmoqlari quyidagilarga bo‘linadilar: xom ashyo va materiallar sarflarining yuqori salmogi bilan tavsiflangan (oziq-ovqat, engil, qora metallurgiya, kimyo); ko‘p mexnat talab qiluvchi, ya’ni ish xaki sarfining yuqori salmogi bilan tavsiflangan (ko‘mir, tuz, torf, tog‘-kimyo); asosiy fondlar bo‘yicha sarflarning yuqori salmogi bilan tavsiflangan (neft-gaz qayta ishlash, gaz, elektrenergetika); elektrquvvat sarflarining yuqori salmogi bilan tavsiflangan; aralash (kimyo, qurilma materiallar) tarmoqlar, qator, sarf moddalar yuqori salmogi bilan solishtirish og‘irliklari bilan tavsiflangan. Kimyo sanoati xom ashyo va material, quvvat, fondlarningyuqori darajadagi sarflar, shu bilan birga xam mexnat talab etuvchi tarmoq xisoblanadi. Kimyo sanoatida tarmoqlar orasida xom ashyo va materiallar sarfining eng yuqori salmogi lak-bo‘yoq (88%) shina sanoati (85%), plastmassa (70%) sanoatlariga tegishli. YOqilg‘i va quvvat sarflari bo‘yicha eng yuqori darajaga azot, soda (30%), sintetik kauchuk (19%), tog‘-kimyoviy (18%) sanoatlari ega. Oziq-ovqat sanoati o‘simlik va xayvonot qishloq xo‘jalik xom ashyosini qayta ishlash tarmoqlarining xammasi eng yuqori darajadagi materiallar sarfiga ega, tuz, baliqning soxalar ko‘p mexnat talab qiluvchi, qazib oluvchi soxalar fondlar bo‘yicha sarflarning yuqoriligi bilan izoxlanadilar. Qator sanoat tarmoqlarida maxsulot tannarxi strukturasi sarf elementlari bo‘yicha (xamma sarflarga nisbatan %-da) quyidagi 1-jadvalda keltirilgan. 1-jadval
Kimyo va neft-kimyo sanoati tarmoqlarida tannarxning strukturasi elementlar bo‘yicha (xamma ishlab chiqarish sarflarga nisbatan %-da) 2-jadvalda keltirilgan. 2-jadval
Oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida tannarx strukturasi elementlari bo‘yicha (xamma sarflarga nisbatan %-da) 3-jadvalda keltirilgan. 3-jadval
Maxsulot tannarxining strukturasiga xom ashyo, materiallar, yoqilg‘ilar narxlarini o‘zgarishi, minimal ish xakini o‘zgarishi ko‘tarilishi, amortizatsiya ajratmalar normalarini o‘zgarishi, qishloq xo‘jalik xom ashyolar sifati, ishlab chiqarish jarayonlar mexanizatsiya va avtomatizatsiyasi kabi faktorlar ta’sir etadi. Kalkulyasiya moddalari bo‘yicha umumiy tannarx strukturasining taxlili tannarxni kamaytirish yo‘llarini aniqlash uchun imkon yaratadi. 5.3. Maxsulot tannarxini pasaytirish manbaalari va omillari Maxsulot tannarxini pasayishi ishlab chiqarish samaradorligining o‘sishida asosiy ko‘rsatkichdir. Sanoatda foyda o‘sishini 2/3-ni ishlab chiqarish sarflarining kamayishi va 1/3-ni ishlab chiqarish xajmining ortishi ta’minlaydi. Tannarx kamayishi pul kredit tizimini kuchaytirishga, ulgurji va chakana narxlarni pasayishiga manbaa bo‘ladi. Tannarx pasayishini tavsiflovchi ko‘rsatkich bu 1 so‘mlik tovar maxsulotiga ketgan sarflar (tiyinda): S=(t/n)/Mt t/n – maxsulotning ishlab chiqarish tannarxi, ming so‘m; Mt – tovar maxsulotning xajmi, ming so‘m. 1 so‘mlik tovar maxsulotiga ketgan sarflar o‘zgarishi o‘tgan yilga nisbatan %- da xisoblanadi. Bu erda: O‘s=((Sj-So‘)*100)So‘ (tiyin). Sj va So‘ – 1 so‘mlik tovar maxsulotiga ketgan o‘tgan va joriy yildagi sarflar Sarflar darajasi va maxsulot tarxani kamayishiga turli xil faktorlar ta’sir ko‘rsatadi: asosiy ishlab chiqarish fondlardan foydalanish darajasi; mexnat unumdorligining o‘sishi; moddiy resurslar sarfining solishtirma norma; ishlov beriladigan xom ashyoning sifati; maxsulot assortimentining o‘zgarishlari; ishlab chiqarish chiqindilardan ratsional foydalanish; xom ashyo, materiallarning narxini o‘zgarishi; transport tariflari; xo‘jalik mexanizmining taqomillanishi va x.k. Kimyo va oziq-ovqat maxsulot tannarxi pasayishida eng muxim manbaa bo‘lib moddiy resurslarning tejalishi xisoblanadi. Kimyoviy ishlab chiqarishlar uchun o‘rtacha moddiy resurslar sarfining 1%-ga pasayishi tannarxni 0,6±0,8 %-ga kamayishini ta’minlaydi. Ko’p oziq-ovqat sanoati tarmoqlari xom ashyoni tashish va saqlash davrida, xamda uni sifati pasayishi natijasida ancha-muncha zarar ko‘radilar. Qishloq xo‘jalik xom ashyoni sifati maxsulot tannarxiga bevosita ta’sir etadi (shakar lavlagida shakar). Qishloq xo‘jalik xom ashyoni saqlash turlarini takomillash optimal rejimga rioya qilish, kimyoviy vositalarni qo‘llash xom ashyoni yo‘qotmasdan, saqlab qolishga imkon berib, xom ashyo va materiallar sarfini kamayishini ta’minlaydi. Ustama xarajatlarni kamayishi korxonalarda rekonstruksiya va texnik yangilash orqali ishlab chiqarish xajmlarni ko‘paytirish fondlardan yanada unumliroq foydalanish, xizmat ko‘rsatish va boshqarish bo‘yicha xarajatlarni kamaytirish xam buncha asos bo‘ladi. Ustama xarajatlarni 1%-ga kamaytirish tannarxi 0,15-0,2 %-ga pasaytirishga imkon beradi. Mexnat unumdorligini o‘stirish natijasida (albatta u ish xaki o‘sishidan ustun bo‘lmog‘i shart) xam maxsulot tannarxi ish xaki sarflarning kamayishi evaziga pasayadi. Masalan, ish xaki 1%-ga kamayganda (asosiy ishchilar) tannarx taxminan 0,05%-ga pasayadi. Tannarx o‘zgarishi va darajasiga eng asosiy ta’sir etuvchi faktor – ishlab chiqarish texnik darajasini ko‘tarish (yangi va taqomillashtirilgan texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etish, ishlab chiqarish jarayonlarni mexanizatsiya va avtomatizatsiyalashtirish, yangi tur xom ashyo, quvvatlarni joriy etish va x.k.): Mexnat va ishlab chiiy asosida tashkil qilish takomillashtirish – ishlab chiqarishda boshqaruvni takomillash, xizmat ko‘rsatish (boshqarish) normalarni oshirish, xizmat ko‘rsatish chegarasini kengaytirish, ish vaqtining bexuda sarflarini kamaytirish, brak bo‘yicha zararlarni kamaytirish va x.k. xisob texnikasini tadbiq etish; Sanoat korxonalarini ratsional joylashtirish; Ishlab chiqarilayotgan maxsulot xajmi va strukturasini o‘zgartirish; Tabiiy resurslardan unumliroq foydalanish va x.k. Download 96.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling