5-mavzu. Korporativ boshqaruvning modellari


Download 27.65 Kb.
bet1/5
Sana02.05.2023
Hajmi27.65 Kb.
#1422304
  1   2   3   4   5
Bog'liq
5-mavzu


5-mavzu. Korporativ boshqaruvning modellari
5.1. Korporativ boshqaruvning modellari (anglo – amerika, germaniya va yaponiya modellari) va xususiyatlari.
5.2. “Korporativ boshqaruv modellarining mamlakatlardagi xususiyatlari.
5.1. Korporativ boshqaruvning modellari (anglo – amerika, germaniya va yaponiya modellari) va xususiyatlari.

Korporativ boshqaruvning modellarining qо‘yi dagi shakllari mavjud hisoblanadi:


- Unitar (investor) modeli – AQSH, Buyuk Britaniya, Avstraliya;
- Ikki pog‘onali (manfaatdor shaxslar) modeli – Germaniya;
- Kontinental model;
- Tarmoq modeli – Yaponiya (keyretsu), Koreya (chaebol).
Unitar model:
- Boshqaruvning yagona organi – uning tarkibida ijro etuvchi direktorlardan kо‘ra mustaqil direktorlar kо‘proq bо‘lgan unitar Direktorlar Kengashi (aksiyadorlik mulkchilikning «Inglizsakson» modeli: 24 - 30% aksiya harakatsiz, uzoq vaqt kichik korxonalar qо‘lida bо‘ladi va nazorat paketini shakllantiradi, 70-80% aksiya, aksincha, harakatchan, vaqti - vaqti bilan bozorga olib chiqiladi va bir kishining qо‘lidan boshqasiga oson о‘tadi);
- Aksiyadorlik kapitalning katta qismi inglizsakson udumlarida tarbiyalangan mayda investorlar sarmoyasidan iborat;
- Jismoniy shaxslarga qarashli bо‘lmagan aksiyalar asosan institusional investorlar qо‘lida jamlangan;
- Qimmatli qog‘ozlar bozori yuqori samaradorligi va likvidligi bilan ajralib turadi;
- Minoritar aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish yuqori darajada;
- Jalb qilingan direktorlar ishtirokidagi kuchli korporativ boshqaruv.
Ikki pog‘onali model (insayderlik):
Rahbarlik va ijrochilik organi:
- Kuzatuv kengashi (Direktorlar kengashi);
- Ijroiya organi.
Vazifalarning qat’iy taqsimlanishi. Kengash a’zolari ijroiya organiga a’zolik qilishi mumkin emas.
Kontinental model:
- Doimiy egalarda 70 - 80% aksiya jamlangan, 20 - 30% aksiya esa “chakana” sotiladi va xaridorlar ularga mablag‘larni vaqtincha joylashtirish vositasi sifatida qaraydilar;
- Aksiyadorlik sarmoyasini yirik “ulgurji” investorlar tashkil qilib, bir - birining aksiyasiga о‘zaro egalik qilish (kuchli qaramlik) tizimi keng rivojlangan;
- Kuzatuv kengashida kompaniya hodimlarining salmoqli vakilligi;
- О‘zoqni kо‘radigan investorlar;
- Qimmatli qog‘ozlar bozori kichikroq va likvidligi kamroq.
Tarmoq (yapon) model:
Yapon modeli mazmuniga kо‘ra amerika modeliga ham, germaniya modeliga ham о‘xshamaydi, biroq ikkala modelning ayrim xususiyatlarini о‘z ichiga olgan:
- direktorlar kengashi tarkibida mustaqil direktorlar bо‘lmasdan, Kengashning barcha a’zolari yuqori boshqaruv organi vakillari yoki eski boshqaruvchilardir;
- aksiyadorlik sarmoyasini asosan yirik investorlar tashkil qilib, yagona sanoat guruhiga a’zo bо‘lgan kompaniyalarning о‘zaro aksiyalariga egalik qilish holati muhim о‘rin tutadi.
- shaxslararo munosabatlar kuchli muhim ahamiyatga ega;
- insayderlarning yetakchiligi.

Download 27.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling