5-mavzu. Korporativ boshqaruvning modellari


Korporativ boshqaruv modellarining qiyosiy xususiyatlari


Download 27.65 Kb.
bet3/5
Sana02.05.2023
Hajmi27.65 Kb.
#1422304
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-mavzu

Korporativ boshqaruv modellarining qiyosiy xususiyatlari


Modellarning xususiyatlari

Ingliz-Amerika modeli

Nemis modeli

Yapon modeli

Ijtimoiy qadriyatlar tizimi

Shaxsiyatparastlik, tanlov erkinligi

Ijtimoiy hamkorlik

Hamkorlik va ishonch

Mehnat jamoasining roli

Passiv

Faol

Faol ishtirokchilik

Moliyalashtirishning asosiy usuli

Fond bozori

Banklar

Banklar

Axborot nomutanosibligi

Menejment

Menejment, “uy” banki

Bosh bank

Investitsiyalash muddatlari

Qisqa muddatli

Uzoq muddatli

Uzoq muddatli

Kapitalning qiymati

Yuqori

О‘rta

Past

Kapital bozori

Yuqori likvidli

Likvidli

Nisbatan likvidli

Asosiy iqtisodiy birlik (yirik biznesda)

Kompaniya

Xolding

Moliya-sanoat guruhi

Menejmentga haq tо‘lash

Yuqori

О‘rta

Past

Aksiyadorlik kapitalining tuzilmasi

Sochilgan

nisbatan jamlangan

Jamlangan

Korporativ boshqaruvning nemis modeli


Nemis modelining AQSH modelidan farqli о‘laroq, aksiyadorlik kapitalining katta qismi boshqa kompaniyalar egaligida turadi: umumiy kapitalining yarmidan kо‘pini bir - birining aksiyalariga egalik qilish tizimi о‘z ichiga oladi. Shaxsiy investorlar nemis modelida ikkinchi yirik investorlar guruhini tashkil qilsa ham (nemis kompaniyalari umumiy aksiyalarning taxminan 16% iga egalik qiladi) ular aksiyalarining kо‘p qismi taqdim etuvchiga sertifikati kо‘rinishiga ega bо‘lib, bu sertifikatlar ularning egalari topshirig‘iga kо‘ra, xususiy aksiyadorlar aksiyalarining juda katta qismi jamlangan banklar tomonidan boshqariladi. Shuning uchun, Germaniya kompaniyalarini erkin sotuvda bо‘lgan aksiyalarining juda katta ulushi (90%dan ortig‘i) tashkilot- investorlar tomonidan boshqariladi. (о‘zlari aksiya egalari bо‘lmasa ham).
Nemis kompaniyalarining aksiyadorlik kapitali yirik aksiyadorlar qо‘lida kuchli darajada jamlangan. Natijada, amerikalik kasbdoshlariga nisbatan nemis mulkdorlari va ular kapitalini boshqaruvchi moliya institutlari о‘z kompaniyalari bilan ancha yaqin ish munosabatlarida bо‘ladilar. Oqibatda, ular mulkchilik huquqlaridan faol foydalanishdan va kompaniya faoliyati ustidan nazorat qilishga qatnashishdan kо‘proq darajada manfaatdordirlar. Boshqaruv organlari tuzilmalari va ular faoliyatini tashkil qilishning turli modellarini baholashda, har bir model о‘zining kuchli va zaif tomonlariga ega ekanligini tushunish muhimdir. Ushbu tizimlarning har biri ham samarali bо‘lishi mumkin, agar ular mos ravishdagi boshqaruvi bilan о‘zlari joylashgan ayni bir ijtimoiy tizimning huquqiy, madaniy va ijtimoiy - iqtisodiy mohiyatiga monand bо‘lsa.
Shunday tizimni tanlash kerakki, mazkur tizim aynan О‘zbekiston uchun о‘ziga xos yechimni ifodalashi va boshqa davlatlarda ishlatilayotgan modellarning shunchaki nusxasi bо‘lmasligi kerak. Boshqaruvga nozik yondashuvni qо‘llab - quvvatlash kerak bо‘lib, mos ravishdagi boshqaruv modeli nafaqat har bir kompaniyada turlicha bо‘ladi, balki ayni bir kompaniyaning turli yashash davrlarida ham о‘zgartirib boriladi. Ushbu fikr yangi texnologiyalar rivoji va iqtisodiyotning globallashuvini kompaniyalarning qayta tashkil qilinish sur’atlari о‘sishiga va korporativ tuzilmalarning tubdan о‘zgarishlariga ta’sirini inobatga olganda yanada tо‘g‘riroq bо‘ladi. Kompaniyalar о‘z holatiga eng mos keladigan, biroq investorlar tomonidan samarali qaror qabul qilinishiga olib boradigan va axborotlarning muvofiq oshkora qilinishini ta’minlaydigan samarali tamoyillar asosida qurilgan korporativ amaliyotni qabul qilish mas’uliyatini о‘z zimmalariga olishlari kerak.

Download 27.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling