5-mavzu. Korporativ boshqaruvning modellari
Korporativ boshqaruvning amerika tizimi
Download 27.65 Kb.
|
5-mavzu
Korporativ boshqaruvning amerika tizimiKorporativ boshqaruvning amerika tizimi xususiyatlari AQShda aksiyadorlik mulkchilikning xususiyatlariga bevosita bog‘liqdir. Xususan, amerika korporatsiyalariga boshqa investorlardan kо‘ra о‘z ta’sirini kuchliroq о‘tkaza oladigan yirik investorlarning yо‘qligi xosdir. Amerika korporatsiyalarining aksiyadorlik kapitali yuqori darajada kichik paketlarga tarqab ketgan bо‘lib, AQSH korporatsiyalari aksariyatining reyestrlarida umumiy kapitalning bir foizidan oshig‘iga egalik qiluvchi birorta xususiy shaxs yoki institusional investor qayd qilinmagan. Natijada aksiyadorlarning birorta guruhi direktorlar kengashiga a’zolik qilishga alohida da’vogar bо‘la olmaydi. Ikkinchi muhim xususiyat shundaki, xususiy shaxslarga qarashli bо‘lmagan aksiyalarning kо‘pchiligi institusional investorlar – nafaqa va о‘zaro yordam (paychilik) fondlari qо‘lida jamlangandir. Bu investorlar qо‘llarida 50%dan oshiq kapitalni jamlaydi, kо‘proq moliyaviy menejer sifatida qatnashishga moyilroq bо‘lib, direktorlar kengashi ishida qatnashishga intilmaydilar va odatda о‘zlari yirik paketga egalik qilgan kompaniyalar uchun mulkchilik huquqidan kelib chiqadigan mas’uliyatni о‘z zimmalariga olishdan о‘zlarini olib qochadilar. Aksiyadorlik kapitalining maydalangani bir mulkdordan ikkinchisiga aksiyalarning о‘tishini osonlashtiradi. Mayda aksiyador о‘ziga qarashli aksiyalarni sotish haqida qarorni nisbatan oson qabul qilishi mumkin, aksincha yirik aksiyador uchun paketning sotilishi odatda strategik rejalarning о‘zgarishidan dalolat berishi va sotiladigan aksiyalarning kurs qiymati tushib ketishi oqibatida (bozordagi taklifning ortib ketishi sababli) yо‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Amerika qimmatli qog‘ozlar bozorining yuqori samaraliligi va likvidligi bilan ajralib turishi mayda investorlar uchun paketlarni sotish ishini tez va texnik jihatdan oson amalga oshadigan qilib qо‘yadi. Download 27.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling