5-mavzu. Korporativ boshqaruvning modellari
Korporativ boshqaruvning nemis modeli
Download 27.65 Kb.
|
5-mavzu
5.2. “Korporativ boshqaruv modellarining mamlakatlardagi xususiyatlari.
Korporativ boshqaruvning nemis modeliNemis modelining AQSH modelidan farqli о‘laroq, aksiyadorlik kapitalining katta qismi boshqa kompaniyalar egaligida turadi: umumiy kapitalining yarmidan kо‘pini bir - birining aksiyalariga egalik qilish tizimi о‘z ichiga oladi. Shaxsiy investorlar nemis modelida ikkinchi yirik investorlar guruhini tashkil qilsa ham (nemis kompaniyalari umumiy aksiyalarning taxminan 16% iga egalik qiladi) ular aksiyalarining kо‘p qismi taqdim etuvchiga sertifikati kо‘rinishiga ega bо‘lib, bu sertifikatlar ularning egalari topshirig‘iga kо‘ra, xususiy aksiyadorlar aksiyalarining juda katta qismi jamlangan banklar tomonidan boshqariladi. Shuning uchun, Germaniya kompaniyalarini erkin sotuvda bо‘lgan aksiyalarining juda katta ulushi (90%dan ortig‘i) tashkilot- investorlar tomonidan boshqariladi. (о‘zlari aksiya egalari bо‘lmasa ham). Nemis kompaniyalarining aksiyadorlik kapitali yirik aksiyadorlar qо‘lida kuchli darajada jamlangan. Natijada, amerikalik kasbdoshlariga nisbatan nemis mulkdorlari va ular kapitalini boshqaruvchi moliya institutlari о‘z kompaniyalari bilan ancha yaqin ish munosabatlarida bо‘ladilar. Oqibatda, ular mulkchilik huquqlaridan faol foydalanishdan va kompaniya faoliyati ustidan nazorat qilishga qatnashishdan kо‘proq darajada manfaatdordirlar. Boshqaruv organlari tuzilmalari va ular faoliyatini tashkil qilishning turli modellarini baholashda, har bir model о‘zining kuchli va zaif tomonlariga ega ekanligini tushunish muhimdir. Ushbu tizimlarning har biri ham samarali bо‘lishi mumkin, agar ular mos ravishdagi boshqaruvi bilan о‘zlari joylashgan ayni bir ijtimoiy tizimning huquqiy, madaniy va ijtimoiy - iqtisodiy mohiyatiga monand bо‘lsa. Shunday tizimni tanlash kerakki, mazkur tizim aynan О‘zbekiston uchun о‘ziga xos yechimni ifodalashi va boshqa davlatlarda ishlatilayotgan modellarning shunchaki nusxasi bо‘lmasligi kerak. Boshqaruvga nozik yondashuvni qо‘llab - quvvatlash kerak bо‘lib, mos ravishdagi boshqaruv modeli nafaqat har bir kompaniyada turlicha bо‘ladi, balki ayni bir kompaniyaning turli yashash davrlarida ham о‘zgartirib boriladi. Ushbu fikr yangi texnologiyalar rivoji va iqtisodiyotning globallashuvini kompaniyalarning qayta tashkil qilinish sur’atlari о‘sishiga va korporativ tuzilmalarning tubdan о‘zgarishlariga ta’sirini inobatga olganda yanada tо‘g‘riroq bо‘ladi. Kompaniyalar о‘z holatiga eng mos keladigan, biroq investorlar tomonidan samarali qaror qabul qilinishiga olib boradigan va axborotlarning muvofiq oshkora qilinishini ta’minlaydigan samarali tamoyillar asosida qurilgan korporativ amaliyotni qabul qilish mas’uliyatini о‘z zimmalariga olishlari kerak. Download 27.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling