№
Ko‘rsatkichlar
Davr
boshiga
Solmogi, (d),
%
1
2
3
4
1
Uzoq muddatli aktivlar (U)
18188
30,0
2
Joriy aktivlar (J)
42535
70,0
Jami (B)
60723
100,0
Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, korxona uzoq
muddatli aktivlari uning jami aktivlarida 30 % ni tashkil qilar ekan. Bu
ko‘rsatkichni hisoblash uchun uzoq muddatli aktivlar summasi (U)ni jami aktivlar
summasi (B)ga buldik va foizlarda ifodalash uchun 100 ga ko‘paytirdik, ya’ni
U
d = ------- * 100
B
bu yerda, d – jami aktivlar tarkibida uzoq muddatli aktivlar solmogi.
Vertikal tahlil yordamida moliyaviy hisobot moddalarining tarkibiy
tuzilmasidagi o‘zgarishni baxolash amalga oshiriladi. Korxona moliyaviy
hisobotlarida bunday o‘zgarishlar muntazam yuz berayotganligini va ular korxona
moliyaviy xolatiga jiddiy ta’sir kursatayotganligini kuzatish mumkin. Masalan,
joriy aktivlar tarkibidagi TMZ, debetorlik qarzlari yoki uning boshqa bir turini
o‘zgarishi, albatta joriy aktivlar tuzilmasini jiddiy o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Bu
esa korxona moliyaviy xolatini baxolovchi bank xodimi tomonidan ikkinchi bir
xulosani chiqarishga olib keladi.
Ko‘rinib turibdiki, vertikal tahlil korxona molyaviy faoliyatini baxolashda
qo‘llanadigan muxum usullardan biri ekan. Shu bilan birga uni korxona moliyaviy
faoliyatini baxolashda ko‘llanadiga usullardan biri sifatida karashimiz lozim.
Chunki, moliyaviy xolatni baxolashda bir, moliyaviy hisobot elementlari va
moddalari tuzilmasini urganish atroflicha xulosa chiqarish imkonini bermaydi.
Buning uchun esa, hisobot malumotlarini xam gorizontal, xam vertikal tahlilni
birgalikda ko‘llash zarurati tugiladi. Anashu tarika o‘tkazilgan tahlil trend tahlili
nomini olgan.
Trend tahlili – tayanch-bazis yili deb qabul qilingan yil darajasiga nisbatan
keyingi yillarda hisobot ko‘rsatkichlari darajalarini nisbiy o‘zgarishlari hisoblashga
asoslangan tahlildir. Demak, trend tahlilining asosiy mazmuni shundaki, bunda
Do'stlaringiz bilan baham: |