5-mavzu. Ko’zi ojiz bolalar Mavzu bilan batafsil tanishing


Download 26.25 Kb.
bet4/6
Sana21.01.2023
Hajmi26.25 Kb.
#1107554
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
maxsus pedagogika 5-mavzu

Ishontirish usuli Bu bo‘limga ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarda ilmiy
dunyoqarash va ishonsh-e’tiqodni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg‘ulari va irodasiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatish usullari kiradi.
Tushuntirish va uqtirish Tushuntirishning mohiyati jamiyatning ma’naviy va moddiy hayotidagi eng muhim voqealar to‘g‘risida axborot berish asosida ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar diqqatini tevarak-atrofdagi voqelikka, o‘z fuqarolik burchlariga ongli munosabatini shakllantirishga qaratishdan iboratdir.
Uqtirish Uqtirish – biror axloqiy fazilatini ko‘rishda nuqsoni bor o‘quvchilar ongiga singdirish va ular tomonidan uqib olishni ta’minlashga asoslanadi. Shuning uchun o‘qituvchilar va tarbiyachilar ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni, o‘quvchilarni tarbiyalaganda va ularga axloqiy fazilatlarni tushuntirganda uning afzalliklarini ko‘rsatuvchi dalillar keltirishi, isbotlashi, ishontirishi lozim.
Ko‘r va ko‘zi ojiz bolaning hayoti va kundalik faoliyati ko‘pqirrali. U fazoda mo‘ljal olish, atrof va olamni idrok etish, o‘z-o‘zini boshqara olish kabilar bilan bog‘liq. Bu esa boladan chidamni, diqqatni, tezkor fikrlashni, kuchli xotira va bir qator xususiyatlarni talab etadi. Ba’zida ushbu talablar ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolaning psixologik va fiziologik imkoniyatlaridan ustun bo‘ladi. Bu ustunliklar ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolaning qattiq asibiylashishiga va kasallikning yanada avj olishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarni to‘g‘ri
tarbiyalashda yuqoridagilarga e’tibor berish darkor. Tarbiya berishda aniq va samarali usul va uslublardan foydalanib,tarbiya ishlarini tashkillashtirish natijasidagina, ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalar shaxs sifatida kamol topadi. Ko‘rish
nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar tarbiyasi quyidagilardan iborat:
* estetik tarbiya;
* jismoniy tarbiya;
* mehnat tarbiyasi;
* axloqiy tarbiya.
Estetik tarbiya Estetik tarbiya – insonni har tomonlama tarbiyalashning muhim qirralaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Estetik tarbiya borliqqa (hayotga), mehnatga, tabiatga, san’atga munosabatini shakllantirish his-tuyg‘usini tarbiyalash demakdir. Estetik tarbiya shunday kuchga egaki, san’at asarlaridagi (badiiy tasviriy)
tasvirlangan syujet, hodisa, idrok etishning tasavvurida, xayolida, kechinmalarda estetik hissiyotidan qayta ishlanib, ularning o‘z tajribasiga aylanadi. Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni kuzatish shuni ko‘rsatadiki, ular jismoniy va aqliy faoliyatning o‘yin, o‘quv va mehnat kabi huquqlaridan sog‘lom tengqurlaridek o‘zlarini ko‘rsata olmaganliklari uchun qobiliyatlari va kuchlarini o‘z imkoniyatlari doirasidagi malaka va ko‘nikmalarni egallashga sarflaydilar. natijada aynan o‘sha sohada yuqori natijalarga erishadilar.
Masalan, san’at sohasida va adabiyot sohasida o‘z o‘rnini,egallagan shaxslarmavjud.Ko‘rish va eshitishdanuqsoni bo‘lgan Olga Skoroxodovaning atrof-olamni qanday idrok etishiga, qanday tasavvur etaishiga, tushuntirishga bag‘ishlangan bebaho ilmiy asarlari maxsus ta’limda keng foydalanib kelinmoqda.
Balerina Lina Po 21 yoshida ko‘rish qobiliyatini yo‘qotadi. Lina o‘zining iste’dodi va maqsad sari intilishlari tufayli taniqli haykaltarosh bo‘lib etishdi. Lina A.S.Pushkin, A.P.Chexovlarning portretlarini yaratdi. Lina Poning san’at
asarlarining soni 100 taga etgan.

Download 26.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling