5-мавзу. Махсус фанни ўқитишда қўлланиладиган таълим шакллари


Malakaviy amaliyotlarni tashkil etish talablari


Download 90.33 Kb.
bet17/18
Sana09.06.2023
Hajmi90.33 Kb.
#1470956
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
3-mavzu(6)

Malakaviy amaliyotlarni tashkil etish talablari

  • Amaliyotlar bakalavriat asosiy ta’lim dasturining majburiy bo‘lagi hisoblanadi. Amaliyotlar o‘quv yoki o‘quv ishlab chiqarish mashg‘ulotlari ko‘rinishida bo‘lib, talabalarning kasbiy- amaliy tayyorgarlanganligiga bevosita yo‘nalgan bo‘ladi. Bakalavrlarni tayyorlashning ta’lim dasturi o‘qiyotganlar to‘rtta amaliyotni-folklor, dialektologik, malakaviy va pedagogik amaliyotlarini o‘tishni o‘z ichiga oladi. O‘qishning birinchi yilida folklor amaliyoti o‘tkaziladi, maqsad – og‘zaki ijod namunalarini to‘plash, ularni tahrir qilish, nashrga tayyorlash va o‘quv jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha zaruriy talablar bilan tanishtiriladi. Bu vazifalarni amalga oshirgan talabalar amaliyot natijasi va hisoboti baholash mezonlari asosida baholanadi. Dialektologik amaliyotda o‘rganiladigan hudud shevasi vakillari bilan mo‘ljallangan ilmiy va amaliy mazmundagi reja asosida guruh talabalarining muloqatlari uyushtiriladi. Muloqotlarni yozib olinadi va ular dialoktologik materiallar sifatida transkripsiya qilinadi. Yozib olingan sheva matnlari guruhlanib, alohida daftarlarga yoziladi va amaliyot rahbarlariga topshiriladi. Amaliyot oxirida talablarbaholanadi. Malakaviy amaliyot o‘tkazishdan maqsad- talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, kasb ko‘nikmalarini hosil qilish va takomillashtirish, mutaxassislik mahoratini oshirish, ularni mehnat va ijtimoiy faoliyatga jalb qilishdan iborat. Amaliyot nashriyotlar va ommaviy axborot vositalari tahririyatlarida o‘tkaziladi. Talabalarda kasbiy-amaliy malaka va ko‘nikmalarni tarkib toptirishga diqqat qaratiladi. Pedagogik amaliyotda talabalar ta’lim tizimi bilan tanishadi. Dars kuzatish va tahlil qilish yo‘llarini o‘rganadi. O‘quvchi va talabalarning jismoniy, ruhiy hamda aqliy taraqqiyotiga doir ma’lumotlarni to‘playdi, tizimga soladi, tahlil qiladi. Belgilangan sinf va kurslarda tegishli fanlardan dars o‘tadi va uning tahlilida ishtirok etadi.

 O‘quv jarayonini pedagogik kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha talablar Bakalavriat asosiy ta’lim dasturini amalga oshirish o‘qitilayotgan fanning ixtisosligiga mos, odatda, bazaviy ta’limga ega bo‘lgan ilmiy –pedagogic kadrlar bilan va tizimiy ravishda ilmiy yoki ilmiy-metodik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan kadrlar bilan ta’minlanishi kerak. Ixtisoslik fanlari o‘qituvchilari o‘qitilayotgan fan profiliga mos bazaviy ta’limga yoki ilmiy darajaga ega bo‘lishlari kerak. Ta’lim jarayoniga amaldagi tegishli tarmoq tashkilotlari, korxonalari va muassasalarining rahbarlari va yetakchi mutaxassislari o‘qituvchilikka jalb etilishi mumkin.  Ta’lim jarayonini o‘quv-metodik va axborot resurslari bilan ta’minlash talablari Asosiy ta’lim dasturi asosiy ta’lim dasturining hamma o‘quv kurslari, fanlari (modullari) bo‘yicha o‘quv-metodik hujjatlar va materiallar bilan ta’minlanishi kerak. Asosiy ta’lim dasturining amalga oshirilishi har bir o‘qiyotgan asosiy ta’lim dasturidagi fan (modul)larning to‘liq ro‘yxati bo‘yicha shakllanadigan ma’lumotlar bazasi va kutubxona fondidan foydalanish huquqi bilan ta’minlanishi kerak. Asosiy ta’lim dasturi bo‘yicha har bir o‘qiyotgan o‘rnatilgan me’yorlarga mos ravishda ta’lim dasturiga kiruvchi kasbiy siklning har bir fani bo‘yicha o‘quv va o‘quv- metodik chop etilgan yoki electron nashrlar bilan to‘ldirilgan bo‘lishi kerak. Axborot- resurs markazining asosiy fondi oxirgi 10 yilda (gumanitar, ijtimoiy va iqtisodiy siklning bazaviy fanlari uchun – oxirgi 5 yilda) chop etilgan hamma sikllarning bazaviy qismi fanlari bo‘yicha o‘quv adabiyotining chop etilgan va yoki elektron nashrlari bilan but qilingan bo‘lishi kerak. O‘quv adabiyotidan tashqari qo‘shimcha adabiyot fondi rasmiy ma’lumotnoma- bibiliografik va davriy nashrlarni o‘z ichiga olishi kerak.

  •  O‘quv jarayonini pedagogik kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha talablar Bakalavriat asosiy ta’lim dasturini amalga oshirish o‘qitilayotgan fanning ixtisosligiga mos, odatda, bazaviy ta’limga ega bo‘lgan ilmiy –pedagogic kadrlar bilan va tizimiy ravishda ilmiy yoki ilmiy-metodik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan kadrlar bilan ta’minlanishi kerak. Ixtisoslik fanlari o‘qituvchilari o‘qitilayotgan fan profiliga mos bazaviy ta’limga yoki ilmiy darajaga ega bo‘lishlari kerak. Ta’lim jarayoniga amaldagi tegishli tarmoq tashkilotlari, korxonalari va muassasalarining rahbarlari va yetakchi mutaxassislari o‘qituvchilikka jalb etilishi mumkin.  Ta’lim jarayonini o‘quv-metodik va axborot resurslari bilan ta’minlash talablari Asosiy ta’lim dasturi asosiy ta’lim dasturining hamma o‘quv kurslari, fanlari (modullari) bo‘yicha o‘quv-metodik hujjatlar va materiallar bilan ta’minlanishi kerak. Asosiy ta’lim dasturining amalga oshirilishi har bir o‘qiyotgan asosiy ta’lim dasturidagi fan (modul)larning to‘liq ro‘yxati bo‘yicha shakllanadigan ma’lumotlar bazasi va kutubxona fondidan foydalanish huquqi bilan ta’minlanishi kerak. Asosiy ta’lim dasturi bo‘yicha har bir o‘qiyotgan o‘rnatilgan me’yorlarga mos ravishda ta’lim dasturiga kiruvchi kasbiy siklning har bir fani bo‘yicha o‘quv va o‘quv- metodik chop etilgan yoki electron nashrlar bilan to‘ldirilgan bo‘lishi kerak. Axborot- resurs markazining asosiy fondi oxirgi 10 yilda (gumanitar, ijtimoiy va iqtisodiy siklning bazaviy fanlari uchun – oxirgi 5 yilda) chop etilgan hamma sikllarning bazaviy qismi fanlari bo‘yicha o‘quv adabiyotining chop etilgan va yoki elektron nashrlari bilan but qilingan bo‘lishi kerak. O‘quv adabiyotidan tashqari qo‘shimcha adabiyot fondi rasmiy ma’lumotnoma- bibiliografik va davriy nashrlarni o‘z ichiga olishi kerak.

Download 90.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling