“Innovatsion marketing” - bu korxonaning bozor sharoitlarini tadqiq etish asosida uning innovatsion va ishlab chiqarish, sotish faoliyatini optimallashtirishga qaratilgan ishlab chiqarish, xo‘jalik faoliyatining bir turi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, innovatsion marketing - bu korxonada an’anaviy marketingning usul va shakllarini doimiy ravishda takomillashtirib borishga qaratilgan marketing konsepsiyasidir. - “Innovatsion marketing” - bu korxonaning bozor sharoitlarini tadqiq etish asosida uning innovatsion va ishlab chiqarish, sotish faoliyatini optimallashtirishga qaratilgan ishlab chiqarish, xo‘jalik faoliyatining bir turi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, innovatsion marketing - bu korxonada an’anaviy marketingning usul va shakllarini doimiy ravishda takomillashtirib borishga qaratilgan marketing konsepsiyasidir.
- Internet marketing bu - internet tarmog‘idagi kompaniya qatoriga kiradigan mijozlar va sotuv miqdorining barqaror o‘sishini ta’minlaydigan boshqaruv qarorlari va funksiyalari kompleksidir. Bundan tashqari, internet tomonidan bajariluvchi rol faqat kommunikativ funksiyalar bilan cheklanib qolmasdan, bitim tuzish, xarid qilish va to‘lovni amalga oshirish imkoniyatini ham qamrab oladi va unga global elektron bozor jihatlarini namoyon etadi.
- Neyromarketing - maxsus moslamalar (tomografiya, galvanometr, elektroensefalograf) yordamida insonning ongsiz ravishda marketing ta’siriga javob harakatini o‘rganish. Tahlil natijalari samarali deb prognoz qilingan reklama xabarlarini yaratishda ishlatiladi. Neyromarketologlar olgan ma’lumotlar inson maxsulot yoki xizmatdan foydalangunga qadar uni fikrini o‘zgartirishga ta’sir qiladi. Neyromarketingning vazifasi bu - xaridorning marketing jarayoniga ta’sirini tushunish va bu orqali marketing usullari samarasini oshirish.
- Marketing muhiti - bu korxonaning tashqarisida xarakatlanadigan subyektlar va kuchlar bo‘lib, ular uning maqsadli mijozlariga bo‘ladigan munosabatlarini vujudga keltirish va qo‘llab - quvvatlashga ta’sir o‘tkazadilar.
- Korxonaning marketing faoliyatiga murakkab va o‘zgaruvchan bo‘lgan tashqi muhit omillari ta’sir qiladi.
- Tashqi muhit subyektlari - ta’minotchilar, vositachilar, xaridorlar,raqobatchilar, kontakt(aloqa) auditoriyalari va boshqalar bo‘lib, ular korxonaning marketing faoliyatiga yordam berish yoki to‘sqinlik qilishda ishtirok etadilar.
- Tashqi muhit omillari - demografiya, iqtisodiy, tabiiy, ilmiy - texnika, siyosiy - huquqiy va madaniylar bo‘lib, ular korxonaning marketing imkoniyatlarini yoki xavf - xatarini vujudga keltiradilar.
Marketing muhiti - mikro va makromuhitdan iboratdir.
Mikromuhit - bu korxonaning yaqin atrofda xarakatlanayotgan va uni mijozlariga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta’sir o‘tkazuvchi kuchlardir.
Ularga korxona, ta’minotchilar, marketing kanallari ishtirokchilari, iste’molchilar, raqobatchilar va aloqa(kontakt) auditoriyalari kiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |