5-Mavzu: Mintaqalarning mehnat resurslari Reja


Mehnat bozorini tartibga solish va uni takomillashtirish yo’llari


Download 40.46 Kb.
bet3/9
Sana15.06.2023
Hajmi40.46 Kb.
#1486525
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-mavzu (2)

2. Mehnat bozorini tartibga solish va uni takomillashtirish yo’llari.
Mehnat bozorida yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimida aholining ish bilan bandligi va mehnat sharoitlarini belgilash, u yoki bu ijtimoiy muammolarni hal qilish, ijtimoiy-mehnat mojarolarini bartaraf etish bo’yicha ish beruvchilar bilan yollanma xodimlar o’rtasidagi munosabatlar markaziy o’rin egallaydi. Mehnat bozorida mazkur munosabatlar jamoaviy, shaxsiy va hududiy usullar asosida tartibga solinadi. Jamoaviy bitimlar tuzilayotganda O’zbekiston Respublikasining «Mehnat Kodeksi», Xalqaro Mehnat Tashkilotining Konvensiyasi va tavsiyalariga asoslaniladi. Xalqaro Mehnat Tashkilotining Konvensiyasida (54-bandida) ta’kidlanganidek, “Jamoaviy muzokaralar, bir tomondan, tadbirlar, tadbirkorlar guruhi bilan, boshqa tomondan esa, mehnatkashlarning bitta yoki bir necha tashkiloti o’rtasida: a) mehnat sharoiti va bandlikni belgilash; b) tadbirkorlar va mehnatkashlar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solish; v) tadbirkorlar yoki ularning tashkilotlari va mehnatkashlarning tashkiloti yoki tashkilotlari o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadlarida olib boriladigan barcha muzokaralarni bildiradi”.
Mehnat bozorida bunday tartibga solishni qo’llanishning eng muhim afzalligi shundaki, unda qabul qilinadigan qarorlar nihoyatda qayishqoq (egiluvchan, moslashuvchan) bo’ladi, ularni na qonunchilik, na sud va na ma’muriy usullarga qiyoslab bo’lmaydi.
Aholini ish bilan ta’minlash va bandlik masalalari davlat hamda jamiyat uchun ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy ahamiyatga ega bo’lib, mamlakatning taraqqiyot darajasi, barqarorlik, fuqarolar eng muhim huquqlarining amalga oshirilishi ushbu muammo amalda qanday hal etilganligiga bog’liqdir.
Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risidagi qonun hujjatlari O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab kelayotgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga tadbiq etiladi.
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 8-moddasida ta’kidlanishicha, quyidagi ishlar:
-harbiy yoki mutloq xizmat to’g’risidagi qonunlar asosida;
-favqulodda holat yuz bergan sharoitlarda;
-sudning qonuniy kuchga kirgan hukmiga binoan;
-qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda bajarilishi lozim bo’lgan ishlar majburiy mehnat deb hisoblanmaydi.
O’zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida”gi Qonunning 10-moddasiga binoan, fuqarolarning ishga joylashish huquqi ta’minlanadi. Bunga ko’ra, har kim ish beruvchiga bevosita murojaat qilish yoki mehnat organlarining bepul vositachiligi orqali ish joyini erkin tanlash huquqiga ega. Ish qidirayotgan va mehnat organlariga murojaat qilgan fuqarolar ish turini, ish joyini va mehnat rejimini erkin tanlash maqsadida kasbga doir bepul maslahatlar olish hamda tegishli axborot olish huquqiga ega. Mehnat bo’limlarining maslahatlariga muxtoj bo’lgan fuqarolar ularning yashash joylari qayerda bo’lishidan qat’iy nazar, istalgan mehnat bo’limiga murojaat qilishlari mumkin. Ularni ro’yxatga olishda yoshi va boshqa jihatlari bo’yicha cheklashlar belgilanmaydi. Ayni vaqtda fuqarolar mahalliy mehnat organlarining yo’llanmalari asosida kasbga tayyorlash, qayta tayyorgarlikdan o’tish, malakasini oshirish huquqiga ham egadirlar. Mazkur qonunda ilk bor O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining mamlakat tashqarisidagi hamda chet el fuqarolarining O’zbekiston Respublikasida mehnat sohasida faoliyat ko’rsatish tartibi joriy qilindi. Bunga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi fuqarolari respublika hududidan tashqarida mehnat faoliyati bilan shug’ullanish, mustaqil ish qidirish va ishga joylashish huquqiga egadirlar.
O’zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida”gi Qonunning 3-moddasiga ko’ra: “o’n olti yoshdan boshlab to pensiya bilan ta’minlanish huquqini olishgacha bo’lgan yoshdagi, ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo’lmagan, ish qidiruvchi shaxs sifatida mahalliy mehnat organida ro’yxatga olingan, mehnat qilishga, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan o’tishga, malakasini oshirishga tayyor mehnatga qobiliyatli shaxslar ishsiz deb e’tirof etiladi”.
O’zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida”gi Qonunning 24-moddasiga asosan davlat ishsiz shaxslarga quyidagilarni kafolatlaydi:

  • ishsizlik nafaqasi to’lash;

  • mehnat organlarining yo’llanmasi bo’yicha kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida stipendiya to’lanishi hamda shu davrni umumiy mehnat stajiga qo’shish;

  • ishsiz shaxsga qaramog’idagilarini hisobga olgan holda moddiy yordam berish;

  • haq to’lanadigan jamoat ishlarida qatnashish imkoniyati; mehnat organlarining taklifiga binoan ishlash uchun ixtiyoriy ravishda boshqa yerga ko’chish bilan bog’liq xarajatlarini qoplash.

3. Mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansi
Mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini ishlab chiqish hamda ishga joylashtirishga muhtoj, mehnat bilan band bo’lmagan aholini hisoblash amaliyoti
O’zbekiston Respublikasining mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini ishlab chiqish hamda ishga joylashtirishga muhtoj, band bo’lmagan aholini hisoblash, uslubiyoti ishga joylashtirishga muhtoj, mehnat bilan band bo’lmagan aholi sonini hududlar bo’yicha hisoblab chiqish, aholi bandligi bo’yicha o’rganish va mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini ishlab chiqish tartibini belgilaydi, shuningdek, mazkur metodika xalqaro standartlarga muvofiq shakllanadigan statistik metodologiya hisoblanib, mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini shakllantirish va hisoblab chiqish, hamda har bir navbatdagi kalendar yilga band aholi sonini baholash uchun qo’llanadi.
Ishga joylashtirishga muhtoj, band bo’lmagan aholi soni va mehnat resurslari balansini hisoblab chiqishda idoraviy statistik ma’lumotlar va bandlik masalalari bo’yicha o’rganishlar natijalaridan foydalaniladi.
Ishga joylashtirishga muhtoj, mehnat bilan band bo’lmagan shaxslar (ishsizlar) soni mehnat resurslari sonidan mehnat bilan bandlar sonini va iqtisodiy faol bo’lmaganlar sonini chiqarib tashlagan holda quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:

Download 40.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling