5-mavzu: mulk qiymatini baholashning prinsiplari, maqsadlari, yondashuv va usullari reja


Eng yaxshi va eng samarali foydalanish tamoyili


Download 61.5 Kb.
bet3/8
Sana03.02.2023
Hajmi61.5 Kb.
#1156083
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-MAVZU

Eng yaxshi va eng samarali foydalanish tamoyili turlicha foydalanilishi mumkin bo‘lgan ob’ekt qiymatini baholash undan eng yaxshi va eng samarali foydalanish sharoitida bajarilishini talab qiladi. Mashinalar, jihoz-uskunalar va transport vositalariga nisbatan ushbu tamoyilga ko‘ra har qanday mashina uning bevosita maqsadga ko‘ra foydalanishi, mashinaning vaqti va quvvatiga ko‘ra to‘liq yuklanishi ta’minlanganligi, unga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash qoidalariga rioya qilinishi, normal foydalanish rejimi tutib turilishi, ish xodimlari tegishli malakasiga ega bo‘lishini ko‘zda tutgan holda baholanishi kerak. Ko‘p vazifali bo‘lgan va bir nechta qo‘llash sohasiga ega bo‘lgan ob’ektlar baholanganda, ushbu tamoyilga rioya qilish yuzasidan qiyinchiliklar yuzaga keladi. Masalan, traktor qurilish maydonchasida ham, qishloq xo‘jalik ishlarida ham, sanoat korxonasida ham qo‘llanishi mumkin. Traktorning har bir qo‘llanish sohasidagi daromadliligi turlicha, bunga mos holda baholanadigan qiymati ham turlicha bo‘ladi. Traktorni baholash uchun asosiy qo‘llanish soxasi sifatida baholovchi ushbu mashinaning funksional imkoniyatlari eng to‘liq amalga oshadigan sohani tanlaydi.
Uchinchi guruhga bozor muhiti bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan tamoyillar kiradi.
Ob’ektning bozor talablariga muvofiqligi tamoyili. Bitta ob’ektning o‘zi xaridorlarning (investorlarning) har xil toifalari tomonidan turlicha baholanadi. Masalan, qulay va shinam engil avtomobil shaharning sharoitida narxi yuqori bo‘ladi, shu avtomobilning o‘zi qishloq aholisi uchun, ayniqsa yomon yo‘l sharoitida unchalik qiymatga ega bo‘lmaydi. Agar ma’lum hududda sanoat korxonalari ko‘p bo‘lsa, mahalliy hududiy bozordadastgohlar, press va boshqa texnologik mashinalarga talab yuqori bo‘ladi, demak, bu uskunalarning narxi ham past bo‘lmaydi. Ushbu tamoyil tufayli, bozorning tahlili, ob’ektning bozor talablariga muvofiqligini aniqlash baholanadigan baholash amallarining majburiy elementi bo‘lishi kerak.

Download 61.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling