5-mavzu: mulk qiymatini baholashning prinsiplari, maqsadlari, yondashuv va usullari reja
Download 61.5 Kb.
|
5-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘rin bosish t amoyil i
- Kutish t amoyil i
5-MAVZU: MULK QIYMATINI BAHOLASHNING PRINSIPLARI, MAQSADLARI, YONDASHUV VA USULLARI REJA: 5.1. Mulk qiymatini baholash tamoyillari. 5.2. Mulk qiymatini baholash yondashuv va usullari. 5.3. Mulklar qiymatini baholashning maqsadlari. 5.1. Mulk qiymatini baholash tamoyillari Mulk qiymatini baholash tamoyillarini quyidagi uchta guruhga ajratish mumkin: 1) Mulk egasining tasavvurlariga asoslangan tamoyillar; 2) Ob’ektning ishlashi omillari va uning boshqa mulk ob’ektlari bilan o‘zaro munosabatlari omillari bilan belgilab berilgan tamoyillar; 3) Bozor muhiti bilan bog‘liq bo‘lgan tamoyillar. Birinchi guruh mulk egasining tasavvurlariga asoslangan tamoyillarni o‘z ichiga oladi. Foydalilik tamoyili shundan iboratki, ob’ektqiymatining asosiy mezoni uning foydaliligi, ya’ni kishilarning biror-bir ehtiyojlarini qondirish qobiliyati hisoblanadi. Buni qisqacha shunday ifodalash mumkin: foydalilik bo‘lsa - qiymat bor, foydaliligi yo‘q - qiymati yo‘q. Baholanadigan ob’ektning foydaliligini tekshirish - ushbu ob’ekt kim uchun, qaysi maqsadlar uchun va qaysi xususiyatlar tufayli qiziqarli bo‘lishini, uning ehtimoliy xaridori (investori) aslida kim bo‘lishi mumkinligini, ob’ektning foydaliligi istiqbolda qanday va qaysi sabablarga ko‘rao‘zgarishi mumkinligini aniqlashdir. O‘rin bosish tamoyili ehtimoliy xaridor taklif etishi mumkin bo‘lgan ob’ektning narxi maqsadiga va iste’mol xususiyatlariga ko‘ra shunga o‘xshash ob’ektlarning bozorda qaror topgan narxlaridan oshib ketmasligidan kelib chiqadi. Ushbu tamoyilga baholash amaliyotida keng tarqalgan qiyosiy yondashuv usullari asoslanadi, bunda qiymat unga o‘xshash va bir xil bo‘lgan ob’ektlarning bozor narxlari bilan taqqoslash orqali aniqlanadi. Kutish tamoyilixaridorning (investorning) hozirgi paytda ob’ektni sotib olish yoki yaratish uchun o‘z mablag‘larini kiritish hamdaushbu ob’ektga kelajakda egalik qilishdan daromad (foyda) olishni kutishga tayyorligini ta’kidlaydi. Ushbu tamoyil hozirgi vaqt paytidagi ob’ektqiymatini ob’ektdan foydalanishda bo‘lg‘usi daromadlarning prognoziva xaridor (investor) uchun maqbul bo‘lgan kiritilgan kapital uchun daromadlilikning me’yori asosida aniqlash imkoniyatini ochib beradi. SHu bilan, baholashda daromad yondashuvini amalga oshirish uchun metodologik zamin yaratiladi. Ikkinchi guruhob’ektning ishlashi va uning boshqa mulk ob’ektlari bilan o‘zaro munosabatining omillari bilan belgilab berilgan tamoyillarni o‘z ichiga oladi. Download 61.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling