5-mavzu: mulk qiymatini baholashning prinsiplari, maqsadlari, yondashuv va usullari reja


Download 61.5 Kb.
bet7/8
Sana03.02.2023
Hajmi61.5 Kb.
#1156083
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-MAVZU

Xarajat yondashuvi - ob’ektning eskirishini hisobga olib, uni tiklash yoki o‘rnini bosish uchun zarur bo‘lgan xarajatlarni aniqlashga asoslangan ob’ekt qiymatini baholash usullarining jamuljamligidir. Ob’ektni yaratish va keyin uni sotish yuzasidan xarajatlar - qiymatni shakllantirishdagi juda muhim omildir. Xarajat yondashuvining usullari ob’ektni yaratishning ehtimoliy to‘liq tannarxini hamda ishlab chiqaruvchi va sotuvchi amalga oshiradigan boshqa xarajatlarni majburiy baholashni ko‘zda tutadi. Agar ochiq bozorda amalda uchramaydigan va individual buyurtmalar bo‘yicha ishlab chiqariladigan ob’ektlar haqida gap borganda, bu usullar bebahodir, bunday ob’ektlarga maxsus va betakror jihoz-uskunalar kiradi. Xarajat yondashuvi bilan baholashda, narx barcha amalga oshirilgan xarajatlarni qoplashi va etarli foyda olinishi qoidalaridan kelib chiqib, go‘yoki sotuvchining narxini (taklifni) shakllantirish jarayoni modellashtiriladi. Xarajat yondashuvining usullari shunga o‘xshash ob’ektlarning real narxlaridan emas, hisoblangan me’yoriy xarajatlardan va me’yoriy foydadan kelib chiqqanligi sababli, aslida ular sof bozor qiymatini baholashni hosil qilmaydi, balki «cheklangan bozori bo‘lgan ob’ektning qiymatini» beradi. Xarajat yondashuvining usullarida shuningdek baholanadigan ob’ektning eskirish darajasini baholash ham muhim o‘rin tutadi, bu esa avvaliga olinadigan ob’ektning takroriy ishlab chiqarish yoki tiklash qiymati eskirishni inobatga olmasligi bilan izohlanadi, va faqat keyingi bosqichida olingan qiymatini baholash ob’ektning to‘liq eskirishini hisobga olib, kamaytiriladi.
Xarajat yondashuvi bilan qiymatni baholashning ishonchliligi baholanadigan ob’ekt kiradigan mashinasozlik sohasidan olinadigan iqtisodiy ma’lumotning to‘liqligiga va haqqoniyligiga bog‘liq bo‘ladi (sohaning mahsulotiga narxlarning iqtisodiy tuzilmasi, sotuvlar rentabelligining tarkib topgan ko‘rsatkichlari, ba’zi xarajatlar me’yorlari va hokazo).
Daromad yondashuvi - baholash ob’ektidan kutiladigan daromadlarni aniqlashga asoslangan ob’ekt qiymatini baholash usullarining jamuljamligidir. Daromad yondashuvining nuqtai nazaridan baholashda, ob’ektdan foydali foydalanish muddati davomida undan foydalanishdan olinadigan bo‘lg‘usi daromadlar, ob’ekt qiymatining hozirgi kattaligini belgilaydigan asosiy omil sifatida, diqqat markazida turadi. Ob’ektning bir qator faoliyati yillari davomida undan olingan jami daromadni hisoblashda, daromad yondashuvining usullari murakkab foizlar nazariyasidan ma’lum bo‘lgan usullardan foydalanadi.
Daromad yondashuvining usullari kutish, ishlab chiqarish omillarini hisobga olish, eng yaxshi va to‘liq foydalanish, hissa kiritish kabi yuqorida tilga olingan tamoyillarga tayanadi. Bu usullarning so‘zsiz afzalligi majmuiy, tizimli baholashning imkoniyatidir, ayniqsa korxonada ayrim mashinalarni emas, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan jihoz-uskunalarning butun parkini o‘z ichiga oladigan butun operatsion mulkiy majmuani baholash kerak bo‘lganda.
Daromad yondashuvining usullarini qo‘llash, ushbu ob’ekt yakuniy mahsulot yoki yakuniy xizmatlarni ishlab chiqarmaydigan yoki iqtisodiy ahamiyatidan ko‘proq ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan holatda, bevosita baholanadigan ob’ektdan tushadigan sof daromadni baholash qiyin bo‘lgan holdagi cheklashga duch keladi.
Mashinalar, jihoz-uskunalar va transport vositalarining har xil turlari qiymatini baholashning amaliy usullari bir nechta yondashuvlarning elementlarini o‘zida mujassamlantiradi, ularni u yoki bu yondashuvga kiritish esa ustuvor belgisiga ko‘ra amalga oshiriladi. Masalan, taqqoslash usuli faqat qiyosiy yondashuvning usullarida uchramaydi, uni xarajat yondashuviga kiritiladigan bir turdagi ob’ekt usulida ham, daromad yondashuviga kiritiladigan teng samarali funksional analog usulida ham aniqlash mumkin.
Xarajatlarni hisoblash mavjudligi bu albatta xarajat yondashuvi ekanligini bildirmaydi. Daromad yondashuvidagi hech bir usul sof daromadni aniqlash zarur bo‘lganda xarajatlarni hisoblashsiz amalga oshirilmaydi, qiyosiy yondashuvning namunaviy usuli - to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqqoslash usulida xarajatlarni hisoblashni aniqlash mumkin, bunda sof xarajat turidagi tuzatishlar kiritiladi (transport, ombor, sug‘urta va bojxona operatsiyalari uchun xarajatlarda, qo‘shimcha moslamalarni sotib olish xarajatlarida narxlarning farqini yo‘qotish uchun, va hokazo).
Ayni paytda, har bir yondashuvdan foydalanish aynan bir xil ob’ektning qiymatini turli nuqtai nazaridan baholashni hosil qiladi. SHuning uchun uchta yondashuvni (qiyosiy, xarajat va daromad yondashuvi) qo‘llagan holda qiymatni o‘zaro takroriy hisoblash bajarilishi, hamda olingan baholashni muvofiqlashtirish talabi bir qator baholash standartlarida (huqumat tomonidan tasdiqlangan rasmiy standartlarda (MBMS), xalqaro baholash standartlarida (XBS) standartlarida va hokazo) qayd etilganligi bejiz emas. Bu talabga to‘liq hajmida rioya etilishi baholash ishlarining mehnat sig‘imi kamida uch baravar ortishiga olib keladi. Bu baholashning ishonchligigini qanchalik oshirishi masalasi haligacha ochiq qolmoqda. Haqiqatan, agar ushbu vaziyat uchun ishonchli va adekvat baholash usuli qo‘llangan bo‘lsa, parallel holda boshqa, aniqligi kamroq bo‘lgan usulni qo‘llab, natijalarning haqqoniyligini oshirish mumkinmi? Biz bunda natijalarni bunday muvofiqlashtirish tufayli qo‘shimcha xatolik keltirib chiqarmaymizmi? Nima uchun aniqlikka erishish uchun faqat turlicha yondashuvlardan kelib chiqadigan usullardan foydalanish lozim bo‘ladi? Bu masalalar anchadan beri baholovchilarni hayajonlashtiiradi va qizg‘in munozaralariga sabab bo‘ladi.
Turli yondashuvlarni qo‘llashdan olingan natijalarni muvofiqlashtirish zararligi masalasining javobini narxlashtirish metodologiyasida izlash lozim. Baholash nazariyasida baholanadigan bozor qiymati erkin, ochiq va raqobatli bozorda eng ehtimoliy narx sifatida tushuniladi. SHunday qilib, qiymatni oldindan bashorat qilish - aslida narxni bashorat qilishdir. SHu munosabat bilan, narxlashtirishnng ba’zi asoslariga yuzlanamiz. Eng avvalo, bozor narxlashtirishda bitta tovarning o‘ziga qo‘yiladigan narxning uchta turi farqlanishini qayd etamiz: 1) sotuvchining belgilagan narxi, yoki taklif narxi; 2) xaridorning belgilaydigan narxi, yoki talab narxi va 3) real amalga oshirilgan oldi-sotdi bitimining narxi.
Baholovchi aniqlashga intiladigan bitimning ehtimoliy narxitalab va taklif narxlari orasidagi murosali narxdir. Ma’lum bo‘lagn baholash yondashuvlari asosan yoki talab narxiga, yoki taklif narxiga qaratilgan bo‘ladi. Ushbu murosani modellashtirish uchun, baholovchiga turli yondashuvlar usullarini qo‘llash va olingan natijalarni muvofiqlashtirish yo‘li bilan bitimning ehtimoliy narxiga, ya’ni bozor qiymatiga yaqinlashishga to‘g‘ri keladi.
Narxlashtirishda sotuvchi faol rol o‘ynaydi, u birinchi bo‘lib sotiladigan tovarning o‘z narxini belgilaydi. Sotuvchining (taklifning) narxi birinchi navbatda to‘liq xarajatlarni qoplash va etarli foyda olish asosida belgilanadi. Sotuvchi, albatta, unga yaxshi foyda keltiradigan yuqori narxdan manfaatdor bo‘ladi. Ayni paytda sotuvchi bitim amalga oshishidan manfaatdor bo‘ladi. Narx qanchalik yuqori bo‘lsa, oldi-sotdi amalga oshirilishining ehtimoli shunchalik kam bo‘ladi. SHu omil sababli, sotuvchi tomonidan shuningdek narx sotishning ehtimoli etarlicha yuqori bo‘ladigan qilib belgilanadi. SHuning uchun taklifning narxi ko‘pincha bitimning narxiga aylanadi.
Agar baholovchi xarajat yondashuvining biror-bir usulidan foydalansa, u ishlab chiqaruvchilardan yoki sotuvchilardan olingan xarajat me’yorlari va resurslarning narxlari haqidagi iqtisodiy ma’lumotdan foydalanib, beixtiyor holda xarajat narxlashtirish jarayonini takrorlab amalga oshiradi va pirovardida xarajat taklif narxini hosil qiladi. Bunday baholash sababli qiymat odatda haqiqiy darajasidan yuqori bo‘lib chiqadi, albatta, agar jalb qilingan boshlang‘ich ma’lumotda jiddiy hatolarga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lsa.
Agar baholovchi qiyosiy yondashuv usulidan foydalansa, olinadigan natijaning «xarajat ruhi» ancha kamroq bo‘ladi, lekin u baribir izsiz yo‘qolmaydi. Bu esa baholovchi analog tovarlarning hujjatli tasdiqlangan narx axborotidan foydalanishi bilan bog‘liq bo‘ladi. U bu ma’lumotni firmalarning narx kataloglaridan va prays-ro‘yxatlaridan oladi, ya’ni u xuddi shu taklif narxlari bilan ishlaydi. Pirovardida, ancha kamroq bo‘lsa ham, natijasining haqiqatdan yuqoriroq bo‘lishi qolaveradi.
Ma’lum yondashuvlar ichida talab narxini prognoz qilishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lni faqat daromad yondashuvi berishi mumkin. Daromad yondashuvining biror-bir usuli bilan hisoblanadigan qiymat - xaridor (investor) o‘zining bugungi xarajatlarini sotib olinadigan tovarga egalik qilishdan tushadigan bo‘lg‘usi daromadlar bilan oqilona solishtirishga tayanib, rozi bo‘la oladigan eng yuqori chegaraviy narxdir. Tabiiyki, xaridor (investor) uchun narx qanchalik kam bo‘lsa, shunchalik foydali bo‘ladi. Ayni paytda, narx qanchalik kam bo‘lsa, ushbu tovarni sotib olish bitimining ehtimoli ham shunchalik kam bo‘ladi. Xaridor ham, sotuvchi kabi, bitimdan manfaatdor bo‘lishini hisobga olib, u o‘z narxining ozgina ortishiga rozi bo‘lishi mumkin. Bayon etilgan fikrlar umumiy holatda daromad yondashuvining asosidagi baholash haqiqiy narxidan ozgina kamroq natijani beradi, degan xulosa qilishga imkon beradi, albatta, agar bo‘lg‘usi daromadlar va xarajatlarni hisoblashda boshlang‘ich ma’lumotni tanlashda xatolarga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lsa.
Daromad yondashuvidan foydalanishda yana bir jihatni hisobga olish lozim. Talabning narxi etarlicha individual bo‘lib, har bir xaridorning aynan bir xil tovar uchun o‘z narxi bo‘lishi mumkin. Bundan, muayyan loyiha uchun baholanadigan investitsion qiymatining individual bo‘lishi tushunarlidir. SHuning uchun, baholanadigan investitsion qiymati eng ehtimoliy talabning narxiga mos kelishi uchun, eng odatdagi, namunaviy investitsion loyihaning shartlari uchun baholashni bajarish lozim.
Yuqorida bayon etilgan turli yondashuvlardan olingan baholashning natijalarini muvofiqlashtirish masalasiga nisbatan fikrlar quyidagi xulosalarga kelishga imkon beradi. Ehtimoliy bozor narxiga eng yaqin bo‘lgan natija qiyosiy yondashuvning usullari yordamida olinadi. Bu natijaning xarajat yoki daromad yondashuvining natijasi bilan solishtirish unchalik ko‘p foyda bermaydi. Lekin xarajat yoki daromad yondashuvining asosida bozor qiymatini baholash albatta biror-bir boshqa yondashuv yordamida baholash bilan tekshirishga muhtoj bo‘ladi.

Download 61.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling