5-Mavzu. Neft konlarini ishlatishni loyihalashtirishning gidrodinamik asoslari
Neft va gaz konlarini ishlashni loyihalashtirishning asoslari
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
5-mavzu
4.Neft va gaz konlarini ishlashni loyihalashtirishning asoslari
❖ Neft konlarini qatlamlarning tabiiy sharoitlaridan, shuningdek yer bag’rini va atrof muhitni muhofaza qilish me`yorlarida ularni ishlatish texnika va texnologiyalaridan oqilona foydalanishni ta`minlovchi tizimda ishlatish lozim. Uyumni ishlash tizimi texnik-iqtisodiy ko`rsatgichlarni quduqlarni joylashish tarxini, ularni sonini va ishlash tarzini, neftni to`laroq qazib olish imkoniyatlarini hisobgа olishi zarur. U konni ishlash jarayonida, burg’ilash va ishlatishda uyumni geologik tuzilishi haqidagi yangi ma`lumotlarni hisobga olgan holda, uzluksiz nazorat va muvoffiqlashtirishni ta`minlashi kerak. ❖ Ma`lumki, neft konini ishlashni loyihalashtirish konda o`tkaziladigan kompleks tadqiqotlar natijasida olingan boshlangich ma`lumotlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Bu tadqiqotlarning asosiy qismi bosqichma-bosqich o`tkaziladigan mahsuldor qatlamni geologik va kon-geologik o`rganish hisoblanadi. Avval konning umumiy geologik tavsifi o`rganiladi va boshlangich suv-neft, gaz-neft va gaz-suv tutashmasi aniqlanadi. Keyin kollektorlar, qatlam suyuqliklari va gazlari tuzilishi va fizik xususiyatlari o`rganiladi. ➢ Kollektorlarning fizik xususiyatlari laboratoriya, geofizik va gidrodinamik usullarda o`rganiladi. Neftga to`yingan kollektorlardan neftni siqib chiqarish jarayonini o`rganish uchun neft, gaz va suvning fizik xususiyatlarini bilish lozim. Ularga qovushqoqlik, zichlik, neftning gazga to`yinish bosimi, siqilish koeffitsienti, fazalararo tortishuv, gazning neftda erish koeffitsienti, neftning hajmiy koeffitsienti va boshqalar. Qatlam suvlarining tarkibi ham muhim ahamiyat egallaydi. ➢ Neft, gaz va suvning fizik xususiyatlarini laboratoriya sharoitida chuqurlik namunalaridan o`rganiladi. Shuni ta`kidlash lozimki, qatlam flyuidlari va ularni uyum maydoni, hamda qatlam qaliniligi bo`yicha o`zgarish xususiyatlarini aniq bilish ishlashni loyihalashtirish va tahlil qilishning zarur shartlaridandir. Shuning uchun neft, gaz va suvning fizik xususiyatlarshsh aniqlash usullarni o`rganishga alohida e`tiborni qaratish kerak. ➢ Ishlashni texnologik tarxi va loyihalari mahsuldor kollektorlarni ta`riflovchi katta hajmdagi grafik ma`lumotlar bilan ta`minlanadi. Ularga tuzilmali xarita, g’ovaklik, o`tkazuvchanlik, qalinlik, gidro-o`tkazuvchanlik xaritasi, geologik kesim, konning o`rtacha normal qirqimi, shuningdek qatlamlarni litologik va fizik harxillik darajasini baholash uchun grafik qurilishlar (chizmalar) kiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling