5-Mavzu. Neft konlarini ishlatishni loyihalashtirishning gidrodinamik asoslari
Neft konlarida qatlam bosimini saqlashda suv ta'minoti
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
5-mavzu
6. Neft konlarida qatlam bosimini saqlashda suv ta'minoti
Qatlamga haydashga mo'ljallangan suvga muayyan talablar qo'yiladi. Ulardan asosiylari quyidagilar: 1. Suv imkoni boricha toza bo'lishi, tarkibida ko'p miqdorda mexanik zarrachalar va temir birikmalari bo'lmasligi kerak. Biroq suv tarkibidagi zarrachalar va temir miqdori bo'yicha barcha konlarga to'g'ri keladigan yagona standart yo'q. Lekin oxirgi vaqtlarda shu isbotlangan-ki; mexanik zarrachalarning miqdori 20 - 30 mg/dm 3 bo'lishi mumkin. 2 . Suv tarkibida jixozlarni yemiruvchi oltingugurt va karbonat kislotasi bo'lmasligi kerak. 3. Haydalayotgan suv qatlam suvlari bilan cho'kindi hosil qiluvchi va qatlam g'ovaklarni to'ldiruvchi reaksiyaga kirishmasligi kerak. 4. Suv tarkibida organik zarrachalar bo'lmasligi lozim (bakteriyalar va suv o'tlari). ❑ Ba'zi holatlarda qatlamlarga haydashga mo'ljallangan suvlar suv tozalash qurilmasida o'tkaziladigan boshlang'ich maxsus tayyorlashni talab qiladi. ❑ Suv tayyorlash qurilmasiga kirayotgan suv uning sifatiga bog'liq holda tozalashning u yoki bu jarayonidan o'tkaziladi: 1) kaogulyasiya - muallaq holatdagi mayda zarrachalarni kattalashtirish, suvda cho'kuvchi parchalarga aylantirish; 2) filtrlash - suvni kaogulyasiyadan keyin mayda zarrachalardan oddatda qumli filtrlarda tozalash; 3) temirsizlantirish - suvdan qatlamda cho'kindi hosil qiluvchi temir oksidi va zanglarni yo'qotish; 4) yumshatish - ohak bilan ishqorlash (bundan keyin kaogulyasiya jadallashadi); 5) xlorlash - suvdagi mikroorganizm va bakteriyalarni yo'qotish; 6) barqarorlashtirish - suvni temir bilan boyishini oldini oluvchi, kimyoviy tarkibi bo'yicha barqarorlashtish. Chunki suv po'lat quvurlardan haydaladi. Bunga suv tarkibiga kichik miqdorda natriy geksometofosfat qo'shish bilan ya'ni bu moddaning 2 - 3 mg ni 1dm 3 ga qo'shish bilan metalni korroziyadan to'la himoyalovchi, quvur yuzasida temir fosfat qobig'ini hosil qilish bilan erishiladi. ➢ Qatlamga suv haydash uchun suv ta'minoti tarxi har bir hududning mahalliy sharoitidan kelib chiqib turlicha bo'lishi mumkin. ➢ Biroq suv ta'minotining manbai sifatidagi er usti havzalaridan foydalaniladigan har qanday tarx quyidagi asosiy qismlardan iborat bo'ladi: 1. Suv olgich qurilma-uning vazifasi suv manbaidan suvni yig'ish va uni nasoslar orqali suv uzatish tarmog'iga yoki suv tozalash qurilmasiga etkazish. 2. Suvni tozalash qurilmasi (agarda suvni tozalash talab etilsa). 3. Magistral yoki tarqatuvchi suv o'kazish tarmog'i. 4. Suv uzatish tarmog'iga va uni quduqlarga haydash uchun bo'lmali nasoslar stansiyasi. 5. Haydovchi quduqlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling