5-Mavzu. Neft konlarini ishlatishni loyihalashtirishning gidrodinamik asoslari


Qatlamlar va suyuqliklarning har xilligini hisobga olish


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana02.11.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1739795
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-mavzu

5.Qatlamlar va suyuqliklarning har xilligini hisobga olish
❑ Ishlashni kompleks loyihalashtirishning turli bosqichlarida, qatlam va flyuidlarning
xususiyatlari, quduqlarni ishlash sharoitlari haqidagi boshlangich kon-geologik
ma`lumotlarning to`liqligi va sifatiga bog’liq xolda, suv haydashdagi ishlashning
texnologik ko`rsatgichlarini hisoblashni murakkabligi va aniqligi turli darajada
bo`lgan usullarni qo`llash kerak.
❑ Shunday qilib, masalan, sinov-ishlatish loyihasini tuzishda, neft qazib chiqarish
tumanini rivojlanishini kompleks loyiqalashtirishda qazib chiqarish imkoniyatlarini
baholashda, shuningdek boshlangich geologik ma`lumotlar yetarli emas va ularning
sifati yuqori bo`lmaganda, ishlashning texnologik ko`rsatgichlarini aniqlash uchun
gidrodinamik hisoblarning yaqinlashtirilgan, soddalashtirilgan usullarini qo`llash
maqsadga muvoffiq.
❑ Kompleks tarxlarni, asosan ishlash loyihalarini tuzishda esa qatlam va flyuidlarning
ko`rsatgichlari, quduqdar va jihozlar ishlash sharoitlari haqida katta miqdordagi
yuqori sifatli axborotlarga ega bo`linganda, har xil suyuqliklarni turli g’ovak
muqitda, quduqlar tizimida amaldagi sirqish sharoitlarini ko`proq darajada hisobga
oluvchi, ishlashni texnologik ko`rsatgichlarini hisoblashning bir munchа jiddiy va
murakkab usullarini qo`llash lozimdir.


✓ Hozirgi vaqtda neft uyumlarini suvlanish jarayonlarini hisoblash uchun ko`plab
gidrodinamik va statistik usullar tavsiya qilingan.
✓ Gidrodinamik usullar neft uyumni amaliy ishlash sharoitlarini u yoki bu darajada
to`laroq aks ettiruvchi hisobiy modellardan foydalanishga asolangan. Ishlashning
boshlangich davrlarida foydalannsh imkoniyati ularning afzalligi hisoblanadi. Biroq,
bu usullarning aniqligi qazib olinayotgan suyuqlikni suvlanganligi yuqori bo`lishi
bilan, shuningdek ishlashni so`ngi davrida yomonlashib boradi.
✓ Statistik usullar ishlatishning o`tgan yillarida jamlangan haqiqiy ma`lumotlar
bo`yicha siqish ko`rsatgichlarini baholash va bashorat qilinayotgan davr uchun uni
ekstropolyatsiya qilish. Ularni ustunligi ishlash ko`rsatgichlarini dinamikasiga ta`sir
qiluvchi barcha omillarni integral ravishda hisobga olish va bashoratlashning
soddaligi kiradi. Mahsulotni suvlanishini o`zgarishga olib keluvchi tadbirlarni siqish
ko`rsatgichlarini baholashga ta`sir qilishini hisobga olish qiyinligi bu usulning
kamchiliklaridan biri hisoblanadi. Statistik usullar ishlash tizimini butun bashorat
qilinadigan davrda o`zgarishsiz qolishini talab qiladi.
✓ Hisoblashning gidrodinamik va statistik usullarni kombinatsiyasida bir muncha
ishonchli natijalar olish mumkin. Bunda etarli xajmdagi statistik ma`lumotlar
jamlangandan keyin gidrodinamik qisoblar uchun qabul qilingan model hisobiy va
haqiqiy ishlash ko`rsatgichlarini taqqoslash yo`li orqali aniq-lashtiriladi.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling