5-mavzu. Notiqning kommunikativ (aloqaviy) sifatlari. Nutqning to‘g‘riligi Reja: Nutq va uning tarkibiy qismlari


Download 23.83 Kb.
bet2/3
Sana06.12.2021
Hajmi23.83 Kb.
#178866
1   2   3
Bog'liq
Nutq. 5-mav. Amaliy

Nutqni tinglash – tinglovchilarning notiq tomonidan berilgan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish, qabul qilish, o‘zlarida bilish qobiliyatini, fikrlash holat hamda harakatlarini shakllantirish jarayonidir.

Nutqni tashkil qiluvchi uch element. – Uch turli tinglovchilar. – Ritorik nutqning uch turi. – Kengash (maslahat), sud, epidiktik nutqlar mavzusi (predmeti). – Nutqning uch turidan har biri ko‘zda tutgan vaqt. – Har bir nutq turining maqsadi. – Har bir nutq turining yashirin mazmunini (посыл) bilish zarurati. Ritorikaning uch turi mavjud, chunki tinglovchilar turi ham xuddi shuncha. Nutq uch elementdan hosil bo‘ladi: notiq(orator)ning o‘zi, u so‘zlayotgan mavzu, hamda u murojaat qilayotgan shaxs; barcha harakatning so‘nggi maqsadi shu (ya'ni tinglovchi). Tinglovchi oddiy tomoshabin, yoki sudya, shu bilan birga sodir bo‘lib ulgurgan narsaning, yo sodir bo‘lishi kerak bo‘lgan narsaning sudyasi bo‘lishi mumkin. Ro‘y berishi kerak bo‘lgan narsalar to‘g‘risida so‘zlaydigan kishiga misol qilib xalq kengashi a'zosini, ro‘y bergan narsalarga e'tibor qaratadigan sud a'zosini keltirish mumkin; bunda faqat oratorning iqtidoriga diqqat qaratadigan shaxs, shunchaki tomoshabin, xolos. Shunday qilib, ritorik nutqning uch xilini tabiiy nutqlarga kiritish mumkin: kengashuv nutqi, suddagi nutq hamda epidiktik nutq. Kengashuv nutqlari maqsadi – odamlarni o‘z tarafiga og‘dirish yoki ularni fikridan qaytarish, chunki hayotda kengashishiga to‘g‘ri keladigan odamlar, shuningdek omma qarshisida nutq so‘zlaydigan oratorlar ham, shu ikki ishan biri bilan shug‘ullanadilar [odamlarni o‘z tarafiga og‘diradilar yoki ularni fikridan qaytaradilar1].

Nutqning aloqaviy sifatlariga uning to‘g‘riligi, aniqligi, mantiqiyligi, maqsadga muvofiqligi, sofligi, boyligi, ta’sirchanligi, jo‘yaligi, ifodaliligi va o‘rinliligi kiradi.

Nutqning togriligi uning adabiy til me’yorlari bilan mosligi bilan belgilanadi. Adabiy til me’yorlari ko‘p tamoqli bo‘lgani bois nutqning to‘g‘riligi ham bir qancha shartlarni qamrab oladi. To‘g‘ri nutq tuzish uchun so‘zlovchi adabiy til me’yorlarini to‘liq egallashi lozim bo‘ladi. O‘zbek adabiy tilining quyidagi me’yorlari farqlanadi: 1) talaffuz (orfoepik) me’yorlar; 2) leksik (so‘z qo‘llash) me’yorlari; 3) so‘z yasalish me’yorlari; 4) morfologik me’yorlar; 5) sintaktik me’yorlar; 6) uslubiy me’yorlar; 7) imlo me’yorlari; 8) tinish belgilari me’yorlari. Mazkur me’yorlar og‘zaki va yozma shakllarga tegishlidir. Taniqli tilshunos Sobir Ibrohimovning shunday fikri bor: “Adabiy talaffuz nutq tovushlarini, so‘z va morfemalarni hamda iboralarni tegishli qoidalarga muvofiq aytish, so‘z va gaplarga urg‘u, ohang hamda pauzaga aniq rioya qilish orqali yuzaga keladi”.

Har bir til uchun tovushlar talaffuzi muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa turkiy tillarda, jumladan o‘zbek tilida buni chuqur his qilmaslik mumkin emas. Shoir Maqsud Shayxzoda shunday yozgan edi: Tovushlarning kichik, ulug‘i, Tovushlarning hidi-bo‘yi bor. Tovushlarning sovuq ilig‘i, Tovushlarning rangi-ro‘yi bor. Tovushlarning shirin-achchig‘i, Bordir hatto yumshoq, qattig‘i. Shoir rassom bo‘lsaydi agar, Chizar edi shundn lavhalar.

Leksik me’yor so‘z qo‘llash bilan aloqadordir. Bunda asosiy manba o‘z qatlamga oid so‘zlar bo‘lish kerak. Ammo mustabit tuzum davrida o‘zbek adabiy tilining leksik me’yori buzilgan. Mustamlakachilar shahar shevalarini o‘zbek adabiy tiliga asos qilib olish niqobi ostida o‘zlashma so‘zlar (o‘zlarining so‘zlari) ni leksik me’yor sifatida kiritganlar. Buning natijasida adabiy tilimizdagi boshqa tildan o‘tgan so‘zlar haddan tashqari ko‘payib ketgan. O‘z navbatida termin tanlash me’yori ham buzilgan. Natijada yozma shaklda imlo xatolar ortib, o‘qituvchilarning asosiy vaqti imlo xatolarini tuzatish bilan o‘ta boshladi.

Dunyo xalqlarida vaqti-vaqti bilan o‘z tillariga puristik (“purus” lotinchada “sof”) yondashuv uchrab turadi. XX asrning boshlarida o‘zbek adabiy tilida ham bunday holat kuzatildi. Keyinchalik mustaqillik yillarining boshlarida ham shunga yaqin qarashlar ko‘zga tashlandi. Ammo har qanday tilni o‘z qatlam hisobiga ongli hamda asosli shaklda boyitib borish maqsadga muvofiqdir. M.: uvulduruq (ikra), tuman (rayon), viloyat (oblast), yangi (svejiy), yelvizak (skvoznyak), bosaga (ostona), uchoq (samolyot).


Download 23.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling