5-mavzu. Notiqning kommunikativ (aloqaviy) sifatlari. Nutqning to‘g‘riligi
Reja:
1. Nutq va uning tarkibiy qismlari.
2. Nutqni tinglashga aloqador jihatlar.
3. Nutqning aloqaviy sifatlari va to‘g‘riligi.
Nutq – odamlarning til vositasida bir-biri bilan muomala hamda aloqa qilish usulidir. Nutq – bu notiqning tinglovchilarga bilim, ko‘nikma va malaka berishi, ularda yangi haqiqatlarni ocha bilishga qodir ijodiy va matiqiy tafakkur tarbiyasidir. Nutq tarixiy taraqqiyot jarayonida ong bilan birga insonlarda til vositasi bilan aloqa bog‘lash, bir-birlariga biror narsa aytish ehtiyoji tufayli paydo bo‘lgan. Nutq vositasi bilan aloqa bog‘lash kishining doimiy ehtiyoji bo‘lib, bu aloqa doimo fikr almashuviga xizmat qilgan. Mehnat faoliyati natijasida kelib chiqqan nutq – tilning taraqqiyoti, tafakkur tarbiyasi bilan birga rivojlanib borgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |