5-mavzu. Nutq tovushlarining fonetik o‘zgarishlari
REJA
1.
Kombinator omillar ta’sirida sodir bo‘ladigan hodisalar
.
2.
Pozitsion omillar ta’sirida sodir boiadigan hodisalar.
3.
Turkiy so'zlarning an’anaviy fonetik tarkibiga moslashish
.
4.
Fonetik hodisalaming boshqa turlari.
Tayanch tushunchalar
Assimilatsiya — bir xil kategoriyadagi tovushlarning so'z tarkibida o'zaro
moslashuvi.
Akkomodatsiya — turli kategoriyadagi tovushlarning so'z tarkibida o'zaro
moslashuvi.
Nazalizatsiya - unli tovushlarning so'z tarkibidagi burun sonantlari ta’sirida
rezonator ton bilan aytilishi.
Reduksiya — urg'usiz bo'g'indagi unlining kuchsizlanishi.
Spirantizatsiya -
portlovchi undoshning intervokal holatda sirg'aluvchi undoshga o'tishi.
Proteza — so'z boshida tovush orttirilishi.
Epenteza — so'z o'rtasida tovush orttirilishi.
Epiteza - so'z oxirida tovush orttirilishi.
Prokopa — so'z boshidagi tovushning tushib qolishi.
Sinkopa - so'z o'rtasidagi tovushlardan birining tushib qolishi. Apokopa — so'z
oxirida tovush tushish hodisasi.
Sandxi — so'zning analitik shakllarida birinchi so'z
oxiridagi tovush bilan
ikkinchi so'z boshidagi tovush o'rtasidagi singishuv natijasida sodir boiadigän
o'zgarishlar.
Aferezis — sandxining bir ko'rinishi.
Metateza — so'z tarkibidagi ayrim tovushlarning o'rin almashinuvi. -
Dissimilatsiya — so'z tarkibidagi ikkita bir xil (yoki o'xshash)
tovushlardan
birining noo'xshash tovushga ko'chishi.
Geminatsiya ~ so'z tarkibida bir xil undoshlarning qavatlanishi.
Degeminatsiya — so'z tarkibidagi geminatsiyaning yo'qolishi.
Sinerezis - so'z tarkibidagi ikki unlining diftonglashuvi.
Fonemaning nutq oqimida turli ottenkalarda namoyon bo‘lshi,
bunday
ottenkalarning
yuzaga kelishida kombinator, pozitsion yoki aralash (kombinator-
pozitsion) va b. omillarning ishtiroki borligi yuqorida aytib o‘tilgan edi.
Fonetik
hodisalar ham aslida ana shu omillar mahsuli sifatida sodir bo‘ladi. Ularning asosiy
turlari quyidagilardan iborat: