5-mavzu. Nutq tovushlarining fonetik o‘zgarishlari reja kombinator omillar ta’sirida sodir bo‘ladigan hodisalar


Download 313.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana13.02.2023
Hajmi313.92 Kb.
#1193790
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-maruza

7. 
 Geminatsiya - ikkita bir xil undoshning so‘z tarkibida qavatlanishi: 
muddat, izzat kabi. Bunday qavatlanish ma’lum uslubiy maqsadlarda yuzaga 
keltirilishi ham mumkin: Masalan, mazja ’(bitta «z», bunda uslubiy bo‘yoq yo‘q.) 
mazza (ikkita «z», So‘zning bu shaklida ma’no kuchaytirilgan). Yana qiyos 
qiling: yashamagur> yashshamagur, uchalasi > uchchalasi, rosa > rossajuda
judda kabi. Geminatsiya hodisasi so‘z yasalishida ham uchraydi: achimoq (fe’l) — 


achchiq (sifat), isimoq (fe’l) — issiq (sifat), qotmoq (fe’l) - qattiq (sifat) kabi. 
Sifatlarning kuchaytiruv (intensiv) formalarida ham geminatsiya hodisasi uchraydi: 
oq > oppoq, sog‘> soppa- sog‘ kabi. 
Degeminatsiya — so‘z tarkibidagi geminatsiyaning yo‘qolishi: men+ning > 
mening, sizni > sizzi > sizi; qayyer > qayer kabi. 
8. 
 Sinerezis — so‘z tarkibida yondosh qoilangan ikki unlining diftonglashuvi 
- bir cho‘ziq unli holiga kelishi: mutolaa > mutola: matbaa > matba: saodat
so:dat kabi. Bu hodisa ikki unli orasidagi undoshning tushib qolishi hisobiga yuz 
berishi ham mumkin: zahar > za:r, shahar > sha`.r kabi. 
9. 
 Spirantizatsiya — ayrim portlovchi undoshlarning ikki unli orasida 
(intervokal pozitsiyada) sirg'aluvchi undoshga o'tishi: bora ber> boraver (b > v), 
kabob > kavob (b > v), po ‘stloq > po ‘stlog‘i (q > g‘), taroq > tarog7 (q > g‘) 
kabi. Bu hodisada pozitsion omil (intervokal holat) bilan birga kombinator omil 
(unlilarning undoshga ta’siri) ham ishtirok etgan. 

Download 313.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling