5-mavzu. Nutq tovushlarining fonetik o‘zgarishlari reja kombinator omillar ta’sirida sodir bo‘ladigan hodisalar


Download 313.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana13.02.2023
Hajmi313.92 Kb.
#1193790
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-maruza



5-mavzu. Nutq tovushlarining fonetik o‘zgarishlari 
 
REJA 
1. 
Kombinator omillar ta’sirida sodir bo‘ladigan hodisalar
.
2. 
Pozitsion omillar ta’sirida sodir boiadigan hodisalar.
 
3. 
Turkiy so'zlarning an’anaviy fonetik tarkibiga moslashish
. 
4. 
Fonetik hodisalaming boshqa turlari.
Tayanch tushunchalar 
Assimilatsiya — bir xil kategoriyadagi tovushlarning so'z tarkibida o'zaro 
moslashuvi. 
Akkomodatsiya — turli kategoriyadagi tovushlarning so'z tarkibida o'zaro 
moslashuvi. 
Nazalizatsiya - unli tovushlarning so'z tarkibidagi burun sonantlari ta’sirida 
rezonator ton bilan aytilishi. 
Reduksiya — urg'usiz bo'g'indagi unlining kuchsizlanishi. Spirantizatsiya
portlovchi undoshning intervokal holatda sirg'aluvchi undoshga o'tishi. 
Proteza — so'z boshida tovush orttirilishi. 
Epenteza — so'z o'rtasida tovush orttirilishi. 
Epiteza - so'z oxirida tovush orttirilishi. 
Prokopa — so'z boshidagi tovushning tushib qolishi. 
Sinkopa - so'z o'rtasidagi tovushlardan birining tushib qolishi. Apokopa — so'z 
oxirida tovush tushish hodisasi. 
Sandxi — so'zning analitik shakllarida birinchi so'z oxiridagi tovush bilan 
ikkinchi so'z boshidagi tovush o'rtasidagi singishuv natijasida sodir boiadigän 
o'zgarishlar. 
Aferezis — sandxining bir ko'rinishi. 
Metateza — so'z tarkibidagi ayrim tovushlarning o'rin almashinuvi. - 
Dissimilatsiya — so'z tarkibidagi ikkita bir xil (yoki o'xshash) tovushlardan 
birining noo'xshash tovushga ko'chishi. 
Geminatsiya ~ so'z tarkibida bir xil undoshlarning qavatlanishi.
Degeminatsiya — so'z tarkibidagi geminatsiyaning yo'qolishi.
Sinerezis - so'z tarkibidagi ikki unlining diftonglashuvi. 
Fonemaning nutq oqimida turli ottenkalarda namoyon bo‘lshi, bunday 
ottenkalarning yuzaga kelishida kombinator, pozitsion yoki aralash (kombinator-
pozitsion) va b. omillarning ishtiroki borligi yuqorida aytib o‘tilgan edi. Fonetik 
hodisalar ham aslida ana shu omillar mahsuli sifatida sodir bo‘ladi. Ularning asosiy 
turlari quyidagilardan iborat: 

Download 313.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling