5-mavzu. Nutq tovushlarining fonetik o‘zgarishlari reja kombinator omillar ta’sirida sodir bo‘ladigan hodisalar


Kombinator omillar ta’sirida sodir boiadigan hodisalar


Download 313.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana13.02.2023
Hajmi313.92 Kb.
#1193790
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-maruza

 
Kombinator omillar ta’sirida sodir boiadigan hodisalar: 
1. 
Assimilatsiya bir xil kategoriyadagi tovushlarning (mas, undosh bilan 
undoshning) o‘zaro moslashuvidir. Bunday moslashuvning quyidagi turlari bor: 


a) 
progressiv assimilatsiya — oldingi tovushning keyingi tovushni o‘ziga 
moslashtirishi: ketdi > ketti (td > tt), ekgan > ekkan (kg > kk), qishloqga
qishloqqa (qg > qq) kabi; 
b) 
regressiv assimilatsiya. Keyingi tovushning oldingi tovushni o‘ziga 
moslashtirishi: tuzsiz > tussiz (zs > ss), birta > bitta (rt > tt) kabi; 
d) 
to‘liqassimilatsiya. Bunda kuchli va kuchsiz pozitsiyadagi tovushlar bir-
biriga aynan moslashadi (ular o‘rtasida neytrallashuv sodir bo‘ladi): nonvoy
novvoy (nv > vv), terakga > terakka (kg > kk) kabi; 
e) 
to ‘liqsiz assimilatsiya. Bunda kuchli va kuchsiz pozitsiyadagi tovushlar bir-
biriga qisrnan moslashadi: tanbur> tambur (nb > mb), shanba > shamba (nb > 
mb) kabi. Bu so‘zlarda «n» (til-tish undoshi) lab-lab «b»ga faqat artikulatsiya o‘rni 
jihatdan moslashgan (lab-lab «m»ga o'tgan). ammo 
boshqa belgilari 
moslashmagan. Qiyos qiling: «m» — sonor, «b» — shovqinli; «m» — yumuq 
fokusli burun tovushi (nazal tovushi), «b» — sof portloVchi kabi; 
f) 
kontakt assimilatsiya - ketma-ket joylashgan tovushlarning o‘zaro 
moslashuvi (q.: yuqoridagi misollar); 
g) 
distant assimilatsiya — so‘z tarkibida bir-biridan uzoqroqda joylashgan 
tovushlarning o‘zaro moslashuvi: sichqon > chichqon, soch > choch kabi.
O‘zbek tilida o‘zak bilan affiksdagi unlilar assimilatsiyasi ham uchraydi. 
Assimilatsiyaning bu turi singarmonizm (unlilar uyg‘unlashuvi) deb ham 
nomlanadi. Bunda unlilarning uyg‘unlashuvi la.b garmoniyasi va til garmoniyasi 
(lingval garmoniya) shaklida namoyon bo‘ladi. Masalan: keldi — «e» old qator), 
«i» (old qator). Bunda o‘zak va affikslar tarkibidagi har ikkala unli old qatordir (til 
garmoniyasi); qoldi — «o» (orqa qator), «i» (orqa qator). Bunda affiksdagi old 
qator «i» o‘zakdagi orqa qator «o»ga moslashgan «i» ning orqa qator ottenkasi 
yuzaga kelgan (bu ham til garmoniyasi hisoblanadi); lab garmoniyasi ko‘proq 
shevalarda uchraydi: o‘gdim (adabiy tilda) — ulum (qipchoq lahjasi shevalarida), 
ko ‘zim (adabiy tilda) — ko ‘zum (kozym: qipchoq lahjasida) Bunda o‘zak va 
qo‘shimchalardagi unlilarning lablanish jihatdan moslashuvi sodir bo‘ladi. Hozirgi 
o‘zbek adabiy tilida .assimilatsiyaning bu turi deyarli uchramaydi. 
Assimilatsiyada fonemaning kombinator ottenkasi yuzaga keladi (o‘zgarish 
tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida bolganligi uchun). 

Download 313.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling