5-mavzu. Nutq tovushlarining fonetik o‘zgarishlari reja kombinator omillar ta’sirida sodir bo‘ladigan hodisalar


Download 313.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana13.02.2023
Hajmi313.92 Kb.
#1193790
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-maruza

2. 
 Akkomodatsiya — turli kategoriyalardagi tovushlarning, masalan, unli 
bilan undoshning o‘zaro ta’siri tufayli yuzaga keladigan moslashuv. Masalan: kisht 
«i»ning old qator ottenkasi, u sayoz til orqa «k» undoshiga moslashgan — qish 
(qbish: «i»ning orqa qator ottenkasi, u chuqur til orqa «q» undoshiga moslashgan). 
Ba’zan unli undoshga emas, aksincha, undosh unliga moslashadi. Masalan, lab-tish 
(labio-dental) «f» undoshi lablashgan «u» unlisi ta’sirida lab-lab «f» ga aylanishi 
mumkin. Qiyos qiling: faqat («f» — lab-tish), nufuz («f» 

lab-lab), aft («f» — 
lab-tish), ufq («f» — lab- lab), saf («f» — lab-tish), tuf («f» — lab-lab) kabi. 
0‘zaro ta’sirda bo‘lgan tovushlarning bir-biriga nisbatan oldin yoki keyin 
kelishiga ko‘ra akkomodatsiya quyidagi ikki turga bo‘linadi: 
a) 
progressiv akkomodatsiya. Bunda oldingi tovush keyingi tovushga ta’sir 
qiladi: kulmoq so‘zida sayoz til orqa «k» undoshi orqa qator «u»ni old qator «y» ga 
aylantirgani kabi. Qiyos qiling: qul («u» — orqa qator unli) — kul («y» — old 


qator unli), qo‘l («o‘» — orqa qator «o» unlisi) — ko7 («o‘» - old qator «e» unlisi); 
b) 
regressiv akkomodatsiya. Bunda keyingi tovush oldingi tovushga ta’sir 
qiladi. Masalan: to‘k so‘zida sayoz til orqa «k» undoshi orqa qator «o‘» unlisini old 
qator «o‘»ga aylantiradi. Assimilatsiyada bo‘lganidek, akkomodatsiyada ham 
fonemaning kombinator ottenkasi yuzaga keladi. 
3. 
 Dissimilatsiya — so‘z tarkibidagi bir xil (yoki o‘xshash) tovushlardan 
birining boshqa tovushga ko‘chishi: birorta > bironta (ror > ron), kissa > kista (ss 
> st) kabi. Bu hodisani assimilatsiyaning aksi deyish mumkin. 
Dissimilatsiya hodisasi yo‘nalishiga qarab ikki xil bo‘ladi: 
a) 
progressiv dissimilatsiya. Bunda keyingi tovush o‘zgaradi: zarur > zaril 
b) 
regressiv dissimilatsiya. Bunda oldingi tovush o‘zgaradi: maqtanmoq
maxtanmoq kabi. 
Tovushning o‘zgarish darajasiga ko‘ra dissimilatsiya yana ikki turga bo‘linadi: 
a) 
to ‘liq dissimilatsiya. Bunda ikkita bir xil tovushdan biri noo‘xshash 
tovushga aylanadi: kissa > kista (ss > st) kabi; 
b) 
to ‘liqsiz, dissimilatsiya (qisman dissimilatsiya). Bunda tovushning 
artikulatsion xususiyatlaridan ayrimlarigina o‘zgaradi. Masalan, uchta > ushta (ch 
> sh) kabi: «ch» va «t» undoshlarining ikkalasi ham portlovchi, ammo «t»ning 
ta’sirida «ch» sirg‘aluvchi «sh» ga o‘tgan. 
Tovushlar o‘rtasidagi masofaga nisbatan ham dissimilatsiya ikki xil ’ bo‘ladi: 
a) 
kontakt dissimilatsiya. Bunda yonma-yon turgan tovushlardan biri 
o‘zgaradi: kissa > kista kabi; 
b) 
distant dissimilatsiya. Bunda dissimilatsiyaga uchrayotgan tovushlar bir-
biridan uzoqroqda joylashgan bo'ladi. Masalan: birorta > bironta kabi. 

Download 313.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling