5-mavzu. Nutq tovushlarining fonetik o‘zgarishlari reja kombinator omillar ta’sirida sodir bo‘ladigan hodisalar


Download 313.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana13.02.2023
Hajmi313.92 Kb.
#1193790
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-maruza

2. 
 Eliziya — unli tovush bilan tugagan so'zga unli bilan boshlangan so'zning 
qo'shilishi natijasida bir unli tovushning tushishi (125, 133-b.). Masalan, ayta oldi 
> aytoldi, Dili prom > Dilorom kabi. Bu hodisa unlilar singishuvining bir 
ko'rinishidir. Yana qarang: sinerezis. 
3. 
Sandxi hodisasi — analitik shakllarning ixchamlashuvi natijasida 
sodirbo'ladigan fonetik o'zgarishlar. Masalan: ishlaredi> ishlardi, borgan emish > 
borganmish kabi. Bu hodisa o'z tabiatiga ko'ra eliziyaga juda yaqin turadi. 
4. 
 Aferezis — oldingi so'zning so'nggi tovushi (yoki tovushlari) ta’sirida 
keyingi so'z boshidagi tovushning (yoki tovushlarning) tushishi: ne uchun > 
nechun, mulla aka > mullaka kabi (16, 85—86). Bu hodisa sandxining bir 
ko'rinishi, xolos. 
5. 
 Gaplologiya - yasama so'z tarkibida birin-ketin kelgan ikkita bir xil 
bo'g'indan birining tushirib qoldirilishi. Bu hodisa ham ko'proq ixchamlashtirish
energiyani tejash asosida sodir bo'ladi. Masalan, tragikomediya < tragikokomediya. 
Bu so'zning tarkibida ikkita bir xil bo'g'in («ko» — uchinchi bo'g'in va «ko» — 
to'rtinchi bo'g'in) birin-ketin kelganligidan talaffuzda ulardan biri tushirib 
qoldirilgan va so'zning ana shu ixchamlashtirilgan shakli adabiy til uchun 
me’yorbo'lib qolgan. Bunday hodisa mineralogiya < mineralo/ogiya, 
morfonologiya < morfofonologiya so'zlarida hanYkuzatiladi. 
6. 
 Tovushlarning o‘rin ahnashinuvi (metateza). Bu hodisa ko'proq jonli 
so'zlashuvga, ayniqsa, shevalarga xos bo'lib, adabiy tilda kam uchraydi: tuproq > 
turpoq (Toshkent shevasida), daryo> dayro (qipchoq lahjasi shevalarida), to 
‘g‘ramoq > to ‘rg'amoq (ayrim shevalarda) kabi. 
O'rin almashinuviga uchragan tovushlar so'z tarkibida bir-biriga yaqin yoki 
uzoq joylashgan bo'lishi mumkin, shunga ko'ra metatezaning ikki turi farqlanadi: 
a) 
kontakt metateza — yonma-yon joylashgan tovushlarning o'rin almashinuvi: 
tuproq > turpoq (pr > rp), ahvol > avhol (hv > vh) kabi; 
b) 
distant metateza — bir-biridan uzoqroqda joylashgan tovushlarning o‘rin 
almashinuvi: aylanayin > aynalayin (bunda ikkinchi bo‘g‘in boshidagi «1» bilan 
uchinchi bo‘g‘in boshidagi «n» tovushlari orasida «a» unlisi bor). 
Tarkibida metateza hodisasi yuz bergan ayrim so‘zlar hozirgi adabiy tilda 
me’yor darajasiga ko‘tarilgan: yog‘mir (etimologik shakli) > 'yomg‘ir (hozirgi 
adabiy tildagi shakli) kabi. 

Download 313.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling