5-mavzu. Nutq tovushlarining fonetik o‘zgarishlari reja kombinator omillar ta’sirida sodir bo‘ladigan hodisalar


Download 313.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana13.02.2023
Hajmi313.92 Kb.
#1193790
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-maruza

4. 
Nazalizatsiya — so‘z tarkibidagi burun sonantlari ta’sirida shu sonantlar 
yonida qo'llangan unlining rezonator ton bilan aytilishh non, nok, men, meng kabi. 
Bunday hollarda ham fonemaning kombinator ottenkasi (unlining kö'rinishi) paydo 
boiadi. 
I. 
Pozitsion omillar ta’sirida sodir bo‘ladigan hodisalar
1. 
 Reduksiya — unli fonemaning urg'usiz bo‘g‘inda kuchsizlanishi: bilan — 
b.ian, biroq — b:roq kabi. Bunda «i» unlisining kuchsizlangan, qisqa (bilinar-
bilinmas) talaffuz etiladigan pozitsion ottenkasi yuzaga keladi. 
2. 
 So‘z oxiridagi ochiq bo‘g‘inda tor unlilarning biroz kengayishi: bordi > 
borde kabi. Bunda ham tor «i» unlisining biroz kengaygan pozitsion ottenkasi 
yuzaga keladi. 
3. 
 Jarangli «b» va «d» undoshlarining so'z oxirida jarangsizlanishi: maktab > 
maktap (b > p), savod > savot (d > t) kabi. Bunday holat jarangli j, j (dj), z 
urtdoshlarida ham uchraydi: massaj> massash 0 > sh), dilxiroj > dilxiroch (j > ch), 
sakkiz > sakkis (z > s) kabi. Yuqoridagi barcha holatlarda b, d, j, j (dj), z 
fonemalarining jarangsizlashgan pozitsion otten- kalari qo'llangan. O'zbek tilida 
ko‘p bo‘g‘inli so'zlarda portlovchi, jarangsiz «q» ning so‘z oxirida sirg'aluvchi, 
jarangli «g‘» tarzida talaffuz qilinish hollari ham uchraydi: baliq > balig‘, o‘rtoq > 
o‘rtog‘, taroq > tarog‘ kabi. 
II. 
Turkiy so'zlarning an’anaviy fonetik tarkibiga moslashish. O'zbek tilida 
bunday moslashishning quyidagi turlari uchraydi: 


1. 
Proteza — so'z boshida tovush orttirilishi: a) ms o ‘ris, ro‘za> o ‘raza, 
ro‘mol> o‘ramol kabi. Ma’lumki, qadimgi turkiy tilda sonor «r» tovushi, so'z 
boshida qo'llanmagan, demak, uni so'z boshida qo'llash ko'nikmasi ham 
bo‘lmagan, bu hoi boshqa tillardan o‘zlashtirilgan so‘zlar boshidagi sonor «r»dan 
oldin bir unlining orttirilishiga olib kelgan, shu tariqa olinma so‘zning fonetik 
tarkibi turkiy tillar qonuniyatiga bo‘ysundirilgan; 
b) 
shkqf > ishkop, stakan > istakan kabi: turkiy tillarda so‘z yoki bo‘g‘in 
boshida (pozitsion omil) undoshlar o‘zaro birika olmaydi (sintagmatik omil), ayni 
shu qonuniyat yuqorida keltirilgan ruscha o‘zlashmalar boshida bir unlining 
orttirilishiga, demak, shu so‘zlarning turkiy til qonuniyatiga moslashtirilgan 
shaklining yaratilishiga olib kelgan. 

Download 313.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling