5-mavzu: ogʻzaki va yozma muloqot hamda uning xususiyatlari ogʻzaki muloqot cheklovlari. Verbal va noverbal muloqot. Yozma muloqot va uning xususiyatlari


Download 192 Kb.
bet8/10
Sana23.12.2022
Hajmi192 Kb.
#1045911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-mavzu.ogzaki va yozma muloqot

Chizma 5.2. Proksemika
Bu 4 hududlarning har birida savollarsiz, muloqot faoliyatining turi va sifati oʽzgaradi. Ammo biz bu hududlarni shaxsan belgilashimizni va oʽzimizning turgan joyimizni oʽzgartirish bilan ularni oʽzgartira olimizni yodda tuting. Shunday qilib, ular har birimiz uchun oʽzgachadir.
Masofa bir madaniyatdan boshqasida oʽzgacha boʻladi. Oraliq masofa ba’zan noto‘gʻri talqin etiladi va muloqotga va xabar mazmuniga ta’sir koʻrsatadi. Biroq, bo‘rttirilgan ongning emotsional holatida normal masofa pisand qilmasligi mumkin.
Ovoz. Ovoz quyidagi xususiyatlarga ega: ohang – ovozning sifati. Balandlik notiq va tinglovchi oʻrtasidagi masofa va auditoridagi odamlar soniga ongli ravishda moslashtiriladigan balandlik yoki mayinlikdir. Juda ham baland gapirish oʽzini tuta bilish kamligi yoki qo‘pol tabiatini namoyon qiladi. Chastota (balandlik) shkaladagi baland yoki past nota. Baland notadagi ovoz koʻpincha yoqimsiz, kamolotga yetmagan yoki emotsional kasallik fikrini uygʻotadi, qo‘rqqan shaxs yuqori chastotada gapiradi. Mayinlik bilan, past chastotada va talab qilingandek balandlikni ko‘tarish boshlash yaxshiroq boʻladi.
Tezlik. Tezlik nutq omilidir. Tez nutq hayajonlanishni bildiradi. Biz qiziqarli hikoyani aytishda gapirish tezligini oshiramiz va qiyin fikrni tushuntirish uchun tezlikni kamaytiramiz.
Talaffuz. Talaffuz soʽz aytilishining qabul qilingan standart yoʻlini anglatadi. To‘gʻri va aniq talaffuz muhim va soʽzlovchining diqqat-e’tiborliligini va auditoriyaga fikri borligini koʻrsatadi.
Aksent. Odamning tildagi tovushlarni talaffuz qilish uslubi aksent boʻladi. Har bir tilning tovushlarni shakllantiruvchi oʽz usuli buladi, biz boshqa tilga oʽz ona tilimizning aksentini oʻtkazamiz. Yangi tilda yaxshi aksent til egalarini eshitish orqali oʻrganiladi.
Sukut saqlash. Sukut saqlash muloqotning samarali yoʻli boʻlishi mumkin. Sukut saqlashga qodir boʻlish oʽz -oʽzini nazorat qilish va oʽziga ishonch –muloqotning qiyin metodi hisoblanadi. Qisqa sukut yoki tin olishlar soʽzlarga urgʻu berishda juda samarali. Muayyan soʽzdan oldin qilingan tin olish soʽzlarni boshqalaridan ajratadi. Mohirlik bilan qilingan pauza(tin olish) tinglovchini sergaklantirish kuchiga ega. Ammo ba’zilari, masalan, telefon orqali muloqot kabi hollarda samarasiz boʻlishi mumkin, bu shaxs boshqasining yuz ifodasini koʻra olmagani uchun muloqotda toʻsiqlarga sabab boʻlishi mumkin.



Download 192 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling