5-mavzu: ogʻzaki va yozma muloqot hamda uning xususiyatlari ogʻzaki muloqot cheklovlari. Verbal va noverbal muloqot. Yozma muloqot va uning xususiyatlari


Download 192 Kb.
bet4/10
Sana23.12.2022
Hajmi192 Kb.
#1045911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-mavzu.ogzaki va yozma muloqot

Ijodkor boʻling. Soʻzlovchi oddiygina nimani xato qilganligidan koʻra, takomillashtirish uchun muayyan takliflarni bering.

  • Xushmuomala boʻling. Baho berishda keskin/qo‘pol taklif yoki sharhlardan kura, xushmuomala uslubdan foydalaning, masalan «Men hech nimani eshita olmadim-baland gapiring!» dan kura, «Xona ortidagilar eshita olishlari uchun ozroq baland gapiring» deng.

  • Realist boʻling. Soʽzlovchi haqiqatda oʽzgartira olishi mumkin boʻlgan narsalarga baho bering. Soʽzlovchiga nutq juda qisqa boʻlganligini aytish foydali boʻlmaydi.

    Verbal muloqot. Muloqot til vositasi bilan — verbal yoki tilning ishtirokisiz — noverbal amalga oshirilishi mumkin. Soʽzlar yordamida sodir boʻluvchi muloqot verbal muloqotga taalluqli boʻladi. Shunday qilib, verbal aloqa ogʻzaki aloqa va verbal asos haqida fikr bildirib, ogʻzaki dalil (asos)larni bildiradi. Verbal muloqot jarayonida soʽz muhim oʻrin tutadi. Soʽz talaffuz qilinishi, ichki nutqda takrorlanishi, yozilishi, maxsus ishoralar yordamida ifodalanishi mumkin. Muomala faqat kishilar oʻrtasidagi axborot almashishdangina iborat boʻlmay, balki kishilarning his-hayajonlarini ham qamrab oladi. Muomalaning bu tomoni noverbal kommunikatsiyani tashkil qiladi. Noverbal muloqot vositalari boʻlib imo-ishora, harakat, ohang, intonatsiya, pauza, kulgi, tabassum, koʽz qarash, koʽz yoshi va boshqalar xizmat qiladi. Noverbal muloqot vositalar verbal muloqotni toʻldiradi. Noverbal vositalar yordamida bir soʽzga koʻplab ma’no berish mumkin. Tillarni oʽrgatishda shu til sohibiga xos boʻlgan noverbal vositalarni ham oʽrgatish lozim. Aks holda chet til toʻla oʽzlashtirilmaydi. Chunki turli tillardagi noverbal vositalar ham soʽzlar kabi bir-biridan farq qiladi. Muloqot jarayonida talabalarni yuzma-yuz o‘tqazish ijobiy samara beradi. Muloqot jarayonida tilga xos boʻlgan noverbal vositalardan to‘gʻri foydalanish muloqot madaniyatining tarkibiy qismi hisoblanadi.
    Noverbal muloqot. Noverbal muloqot soʽzlarni ishlatmaydigan muloqot turiga taalluqli boʻladi. Noverbal soʽzlar muloqot kuzatish kuchi bilan yaqindan bogʻlanadi. Muloqot qabul qiluvchi soʽzlovchini koʻrish, eshitish va hattoki, his qilish pozitsiyasida boʻlishi kerak. Muloqotni qabul qiluvchi soʽzlovchining yuzi, imo-ishorasi, ohangi, kiyim-kechagi, koʻrinishini aniq koʻrishi va ovozini ham eshitadigan joyda boʻlishi kerak. Bu kuzatish orqali boʻlarkan, noverbal muloqot rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan boʻlishi mumkin. Soʽzlovchi tinglovchilarga ongli imo-ishora, gavdasini tutishi xatti-harakatlarning boshqa shaklllari orqali aniq xabarni bildirmoqchi boʻlganda rejalashtirilgan boʻladi. Noverbal muloqot esa, soʽzlovchining xatti-harakatlari, gavdasini tutishi, yoki koʻrinishi qabul qiluvchi tomonidan gʻayriixtiyoriy qilinsa ham rejalashtirilmagan hisoblanadi. Pala-partish kiyinish yoki norasmiy kiyim-bosh kiygan notiq e’tiborli boʻlsa ham, jiddiylik etishmaganday izoh berilishi mumkin.

    Download 192 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling