Masala munozarali boʻlishi to‘gʻri boʻlmaydi.
Jiddiy ehtiyotkorlikning ehtimoli yo‘q: masala boʻyicha jiddiy o‘y boʻlish imkoni yo‘q, chunki qabul qiluvchi yuritilgan muloqotga javoban kechiktirib boʻlmaydigan qaror qabul qilishiga to‘gʻri keladi.
Jismoniy shovqinga moyillik: ogʻzaki xabarning nutqda jismoniy shovqin, kimningdir orada xalaqit berishi yoki shunga oʻxshash sabablar tufayli buzilish ehtimoli koʻproq boʻladi.
Ogʻzaki xabarlar yozilmas ekan yoki doimiy tasmaning bir qismiga aylantirilmas ekan, ular hech qanday qonuniy dalil boʻlmaydi.
Ogʻzaki muloqotning ikki tomoni
Ogʻzaki muloqotning 2 tomoni mavjud: jo‘natuvchi va qabul qiluvchi. Jo‘natuvchi sifatida ogʻzaki nutqni samarali qilishning turli metodlari nimalar ekanligi bobning boshqa qismida ta’riflangan edi, biroq qabul qiluvchi bahosi esa takomillashish uchun ijobiy sharh bilan birgalikda sohalarni ham oʽz ichiga olishi mumkin. Har qanday vazifaning bahosi boʻlganidek, soʽzlovchining obroʻsiga Shaxsiyatiga tegadigan ijodiy tanqid taklif qilish foydali boʻladi. Ogʻzaki taqdimotlar uchun ogʻzaki yoki yozma baho berishlari uchun qabul qiluvchilarga quyidagilarni taklif qilamiz:
Tasvirlovchi /Tavsiflovchi boʻling: baho berishdan koʻra soʽzlovchi nima qilayotganini kuzatganingizni tasvirlab bering, masalan: «Taqdimotingizning yakunlashning axmoqona usuli buldi»dan koʻra «Men yakunlovchi fikrni eshitmadim» deng.
Boshqalardan farqlaning. Kelgusi takdimotini yaxshilash uchun soʽzlovchiga yyetarli ma’lumot bering, masalan «Sizning koʻrgazmali qurollaringiz behuda/samarasiz»dan koʻra, «PowerPoint slaydlaringizdagi shrift hajmini oshirgan boʻlardim, chunki men slaydlarni o‘qishga qiynaldim», deng.
Ijobiy yondashing. «Koʻp qatlamli» sharhlarda siz ijobiy sharh bilan boshlaysiz, so‘ngra takomillashtirish uchun taklif kiritishlarini soʻraysiz va yakunida ijobiy sharh bilan yakunlaysiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |