5-mavzu. Ommaviy axborot vositalari. Internet hayotimizda. O‘zbekiston va jahon
Download 124.98 Kb.
|
2 5433607325678046101
Jamiyat ichki ziddiyatlari tiig‘dirgan global muammolar
Insoniyat o'zining bir hayot tarzidan ikkinchisiga, masalan, ko'chmanchi chorvachilikdan dehqoncMlikka o‘tishi jarayonida tayyor mahsulotlarni iste’mol qilishdan, ulami qayta tayyorlash va ekin ekib, yetishtirishga o‘tishi bilan ijtimoiy munosabatlar rivojlanib ketdi. Xususiy mulkchilik munosabatlarining qaror topishi bilan kishilik jamiyatida hukm surgan sodda ko‘rinishdagi ijtimoiy tenglik barham topib, uning o‘rniga mahsulot olish bilan bogMiq bo‘lgan munosabatlar yuzaga keladi. Kishilar ijtimoiy hayotining tashkil etilganligi jamiyat ilgarilama harakatida notekislik va mavjud muammolarni hal etishda urushlardan vosita sifatida foydalanish zaruriyatini keltirib chiqardi. Hozirgi vaqtda eng katta global muammo bo‘lgan urush va tinchlik muammosini ana shu tarzda jamiyat ichki rivojlanishi jarayonlari maydonga keltirgan. Ma’lumki, urush va tinchlik muammosi mamlakat ichida yoki uning tashqarisida, mamlakatlar o'rtasidagi munozarali masalalami hal ctishda siyosiy zo'ravonlik ishlatish, yoxud uni istisno etishni bildiradi. Tinchlik — xalqlaming xohish-irodasi, orzu-umidi bo'lsa, urush esa, aksincha, hukmron kuchlarning siyosati oqibatidir. Yozma yodgorjiklarning guvohlik berishicha, so'nggi 6 ming yil davomida, yer yuzida 15 mingdan ziyod urushlar sodir bo'lgan. Shu davr ichida atigi 300 yilgina urushsiz kechgan. Amerikalik olim R. Klarkning „Urush ilmi va tinchlik" kitobida keltirilgan ma’lumotlarga ko'ra, turli davrlarda yuz bergan urushlar tahlili shuni ko'rsatadiki, 1820— 1859-yillarda yer yuzida 1 mlrd aholi yashagan, 92 urushda 800 ming kishi halok bo'lgan, 1860— 1899-yillarda 106 urushda 1,3 mln., 1900— 1949-yillarda esa 117 ta urushda 142,5mln odam qirilib ketgan. Bizning davrimizda ham mamlakatlar o'rtasidagi munosabatlar sohalarida zo'ravonlikka intilish, buning uchun yalpi qirg'in qurollarini ko'plab ishlab chiqish bilan harbiy ustunlikka erishish u yoki bu davlatlar tashqi siyosatining muhim yo'nalishi bo'lib qolmoqda. Shunday bir vaziyatda,termoyadro urushiga yo'l qo'yilgudek bo'lsa, jahon miqyosida shunday halokat yuz beradiki, uning natijasini hisob-kitob qiladigan mavjudotning o'zi bo'lmay qoladi. 1945-yil 6- va 9- avgustida ikkita kam quwatli atom bombasining amerikaliklar tomonidan Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlari ustida portlatilganligi oqibatlari ham buni yaqqol ko'rsatgan edi. Insoniyatga 50 yildan ko'proq vaqtdan beri xavf solib turgan atom dahshati oqibatlarini matematikaning hozirgi yutuqlari asosida modellashtirish shuni ko'rsatdiki, bizning davrimizda to'plangan 50 mingdan ortiq yadro zaryadlarini 100—150 megatonna (Xirosimaga tashlanganidan 10—15 marta katta) quwatga ega bo'lgan qismi (bitta atom suv osti kemasidagi portlovchi modda 200 megatonna) portlatilsa, Amerika, Yevropa va Osiyodagi asosiy shaharlar yong'in ostida qolib ketishi, bir oydan so'ng yer ustidagi atmosfera harorati 15—20°C, ayrim mintaqalarda esa 40—45°C pasayib, uning aylanishi (sirkulatsiyasi) mutlaqo o'zgarishi, Shimoliy yarim shardan janubga qarab tarqalgan nur o'tkazmaydigan qora qatlam butun sayyorani qoplab olishi yuz beradi. Chuchuk suvning barcha manbalari muzlaydi, barcha ekologik aloqalar uziladi, hosil nobud bo'ladi. Yer ustidagi hayot tugaydi.
keskin kamaytirishni ham taqozo etadi. Negaki, 1900- yildan bed harbiy ishga ajratilgan mablag'lar 30 martadan ko'proq oshib, 90-yillar boshida 500 mlrd dollardan ham yuqori bo‘ldi. Harbiy yoki u bilan bog‘liq ishlab chiqarish sohalarida 60 mln kishi faoliyat ko'rsatgan. Jumladan, muntazam qo'shinlarda 25 mln dan ortiq shaxsiy tarkib, 10 mln yarim harbiy qo‘shilma, harbiy muassasalarda ishlovchi 5 mln fuqaroviy kasb egasi bor. Hozirgi vaqtda oddiy qurol-yarog‘laming vayronlik keltiruvchi kuchi ham yadro quroli darajasiga yaqinlashib qolmoqda. Global muammolardan yana bin — ochlik, qashshoqlik va savodsizlikning oldini olish uchun rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi ziddiyatlaming oldini olishdan iborat. Rivojlanayotgan mamlakatlar turlicha tarzda va turlicha muddatlarda kechgan kurashlardan so'ng siyosiy mustaqillikka erishgach, yangidan yaratilgan siyosiy tizimlar asosida o‘z iqtisodiyotini, davlat tizimini Ьафо etishga kirishdilar. Ularning ichidagi bir qancha mamlakatlar sobiq sotsialistik tuzum davlatlari bilan g‘oyaviy, savdo-iqtisodiy va harbiy-siyosiy sohalarda keng hamkorlik qilgan edi. Lekin, bularda ham, boshqalarida ham iqtisodiyotda, uning bilan taqozo etilgan ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qoloqlik davom etaverdi. Buning eng asosiy sabablari va umumiyjihatlari tashqi va ichki omillarga borib taqaladi. Download 124.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling