5-mavzu: ontologiya-borliq falsafasi. Reja
Download 247.5 Kb.
|
5.Ontologiya – Borliq falsafasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fazo va vaqt borliqning mavjud bo‘lish tamoyillari.
Ijtimoiy harakat harakat shakllari ichida eng murakkabi, unda insonning ongli faoliyati, inson tafakkuri, ijtimoiy guruhlar faoliyati, o‘zaro munosabatlari, jamiyat miqyosidagi ijtimoiy fikr birgalikda harakatga keladi. Bu harakatni chiziqli, batartib harakatlar bilan aslo taqqoslab bo‘lmaydi. Uning kelajagini bashorat qilish ham o‘ta murakkabdir.
Fazo va vaqt borliqning mavjud bo‘lish tamoyillari.Borliqning asosiy yashash shakllariga fazo va vaqt kiradi. Har qanday moddiy jism joy, ko‘lam, hajmga ega. Fazo – vaqtning muayyan lahzasida olamni tashkil etgan nuqtalarning o‘zaro joylashish tartibi, narsalarning ko‘lami, hajmi, uzlukli yoki uzluksizligini aks ettirsa, vaqt esa fazoning muayyan nuqtasida ro‘y beruvchi hodisalarning ketma-ketligi tartibi, jarayonlarning davomiyligini ifodalaydi. Fazo narsalar joylashadigan joy, vaqt esa hodisalar bo‘lib o‘tadigan muddat ma’nosida makon va zamon deb ham ishlatiladi. Bu borada substansial va relyatsion yondashishlar mavjud. Substansial konsepsiya tarafdorlari fikricha, fazo narsalar joylashadigan idish, bo‘shliq, o‘ziga narsalarni sig‘diruvchi substansiya. Hamma narsa fazo ichiga joylashtirilgan. Hech narsasi yo‘q, ya’ni narsalar solinmagan fazo ham bo‘lishi mumkin. Faraz qilib, bir kazarma soldatlarni tasavvur etaylik. Nyuton fizikasiga ko‘ra, soldatlar chiqib ketishi bilan kazarma bo‘sh qoladi, shu substansial konsepsiyadagi fazodir. Relyatsion konsepsiya tarafdorlari esa, narsalar fazoviy o‘lchamga ega, deyishadi. Hech narsasiz fazoning bo‘lishi mumkin emas. Relyativistik fizika asoschisi Albert Eynshteynga ko‘ra, soldatlar chiqib ketishi bilan kazarma ham yo‘qoladi. Bu relyatsion konsepsiyadagi fazodir. Fazo va vaqtning xususiyatlari metrik va topologik bo‘ladi. Metrik xususiyatlar borliqning miqdoriy munosabatlarini aks ettirib, o‘lchanadigan, ko‘zga tashlanadigan va nisbiy tabiatlidir. Ularga ko‘lam, bir jinslilik, izotroplik (anizotroplik) kabilar kiradi. Fazo va vaqtning topologik xususiyatlari esa, borliqning tub sifatiy jihatlarini ifodalaydi. Ularga uzluksizlik, bog‘langanlik, o‘lchamlilik, kompaktlik, tartiblanganlik singarilar kiradi. Vaqtning topologik xususiyatlariga orqaga qaytmaslik, bir o‘lchamlilik kabilar qo‘shiladi. Fazo yoki vaqtning metrik o‘zgarishlari borliq strukturasini jiddiy o‘zgartira olmaydi, topologik o‘zgarishlar esa borliqning sifatiy o‘zgarishiga sababchi bo‘ladi. Masalan, bir bog‘langan sistemaning ko‘p bog‘langan sistemaga o‘tishi fazo topologiyasini tubdan o‘zgartiradi, ya’ni fazoning ikki nuqtasini tutashtiruvchi turlicha yo‘llar paydo bo‘ladi. Bunday fazoda katta idish ichiga kichik idishni sig‘dirish mumkin. O‘lcham darajasi ko‘p bo‘lgan sistema o‘lchov darajasi kam sistemaga nisbatan ko‘rinmas va murakkabdir. Shuningdek, metrik xususiyatlarning kuchli o‘zgarishi topologik xususiyatlarning o‘zgarishiga olib kelishi (masalan, fazoning egrilik darajasi kuchli o‘zgarsa, bir bog‘langan fazo ko‘p bog‘langan fazoga aylanishi) mumkin. Download 247.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling