5-mavzu: ontologiya-borliq falsafasi. Reja


Islom ta’limotida esa borliq


Download 247.5 Kb.
bet2/12
Sana18.06.2023
Hajmi247.5 Kb.
#1564240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
5.Ontologiya – Borliq falsafasi

Islom ta’limotida esa borliq bu ilohiy voqelik, Alloh yaratgan mavjudlikdir. Bu borada vahdati vujud va vahdati mavjud ta’limotlari bo‘lgan.
Hozirgi davrda fanning so‘nggi natijalari bilan islom dini ta’limotlarini qiyosiy o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Masalan, Qur’onda Borliq yaratilishi jarayonining olti davrida osmon jismlari va Yer shakllangan. Bizning sayyoramiz rivojlanishni boshdan kechirib, nihoyat insonlar yashashi uchun qulay joyga aylangan. Tadqiqotchi Mel Tompson fikriga ko‘ra: “Dinning ko‘pgina shakllari da’vo qilishicha, ularning ta’limotlari olam tabiati va makon haqidagi bilimlarni o‘z ichiga oladi. Din bizga taklif qilayotgan “Olam haqidagi tasavvur” – bu shunchaki ertaga boshqasi bilan o‘rin almashadigan o‘tkinchi gipoteza emas. Bu tasavvurlar azaliy va abadiy haqiqat deb talqin qilinadi. Ilmiy tushuncha ko‘p an’anaviy diniy ta’limotlarning aynan talqinini shubha ostiga oladi. Bu ta’limotlar ilmiy davrgacha shakllangan va ilm-fan yoqlamaydigan farazlardan iborat. Bu masalan, “Olam 6 kunda yaratilgan”i (agar buni so‘zma – so‘z tushunsak) haqidagi da’voga taalluqli”1.
Bibliyaga ko‘ra, olam yaratilishi olti kunda sodir bo‘lgan. Xudo olti kunlik mehnatdan so‘ng dam olish qilganidek, haftaning dam olish kuni shanbaga rioya qilish barcha yahudiylardan talab qilingan. Bibliya talqinida “kun” so‘zi ikki ketma-ketlik Quyoshning chiqishi va botishi o‘rtasidagi vaqt degan ma’noda qo‘llanilgan. Binobarin, bu tushuncha aynan shunday ko‘rinsa “kun” demak, Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishiga asoslanadi, deyishimiz mumkin. Mantiqan olganda esa “kun” masalasini bugungi kundagi ma’nosi bilan tushunish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki Olam Yaratilishi jarayonining ilk bosqichlarida Yerning Quyosh atrofida aylanuvchi asosiy sababi mavjud bo‘lmagan.
Qur’on tarjimalarida ham Bibliyadagidek Olam yaratilishi jarayoni olti kunga teng davr ichida sodir bo‘lgan. Ya’ni mufassirlar “yavm” so‘zini uning keng tarqalgan ma’nosidan kelib chiqib, “kun” deb tarjima qilganlar:

Download 247.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling