5 mavzu. Ota-ona va bolalarning huquq va majburiyatlari Reja


Ota-ona va bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari


Download 69.02 Kb.
bet4/4
Sana31.01.2024
Hajmi69.02 Kb.
#1828433
1   2   3   4
Bog'liq
1. Mavzu

Ota-ona va bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari.
Oila kodeksining 90-moddasiga binoan, ota-ona xayotli-gida bolalar ularning mol-mulkiga nisbatan mulkdor bo‘lish huquqiga ega emas. Ota-ona xam voyaga yetmagan bolalarning mol-mulkiga nisbatan mulkdor bo‘lish huquqiga ega emas.
Ota-ona va bolalarning ular o‘rtasidagi umumiy mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi Fukarolik kodeksi 18-bobining 216-227-moddalari bilan tartibga solinadi.
Yuqorida nomi zikr etilgan eski kodeksda umumiy mulk ikki xil: xissalarga bo‘linadigan (xissali mulk) yoki xissalarga bo‘linmaydigan (birgalikdagi mulk) deb ajratilgan edi (128-moddaning 2-qismi). Yangi kodeksda bunday ajratish saklab kolindi. Lekin "xissa", "ulush" degan atama bilan almashtirildi. Umumiy mulk tushunchasi faqat atamani o‘zgartirish bilan cheklanmadi, balki bu tushuncha mulk egalarining tarkibiy qismi, uning vujudga kelish asoslari, unga nisbatan egalik qilish, undan foydalanish, uni tasarruf qilish huquqlarini belgilashga karatilgan yangi qoidalar bilan to‘ldirildi.
Oila kodeksi 90-moddasining 2-qismiga muvofiq, voyaga yetmagan bolalar o‘z ota-onasidan va boshqa shaxslardan qonunda nazarda tutilgan mikdorda va tartibda ta’minot olish huquqiga ega. Voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun olingan mablag‘, pensiya, nafaka uning otasi yoki onasi tasarrufida bo‘lib, bolaning ta’minoti, tarbiyasi va ta’lim olishi uchun sarflanishi kerak.
Oila kodeksining 91-moddasiga binoan, ota-ona va bolalarning aloxida-aloxida mulki bo‘lishi mumkin va birga yashab turganda ular bir-birlarining roziligi bilan bunday mulkka egalik qilishlari va undan foydalanishlari mumkin.
Bolalar mulkdorlik huquqiga ega. Bu holat bolaga bo‘lgan e’tibor uni huquqning mustaqil sub’ekti ekanligini anglatadi. Voyaga yetmagan bolalarning mulkka bo‘lgan huquqlari yig‘ma harakterga ega bo‘lgan huquqlar bo‘lib, ularning har biriga Oila kodeksida aloxida e’tibor beriladi. Bularning ichida birinchi navbatda, har bir voyaga yetmagan bolalar o‘z ota-onasidan va boshqa shaxslardan qonunda nazarda tutilgan mikdorda va tartibda ta’minot olish huquqiga ega ekanligi yotadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 64-moddasiga binoan, ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga kadar bokish va tarbiyalashga majburdirlar.
Amaldagi Oila kodeksining 92-moddasiga binoan, ota-ona va o‘n to‘rt yoshga to‘lgan voyaga yetmagan bolalar o‘rtasida qonunda belgilangan tartibda umumiy mulk huquqi vujudga kelishi mumkin. Ota-ona va voyaga yetmagan bolalar umumiy mol-mulkni vujudga keltirish to‘g‘risida kelishuv tuzishlari mumkin.
Ota-ona va voyaga yetmagan bolalarning umumiy mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqi fukarolik qonun xujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oilada ota-ona va bolalarning birga yashashi bilan bog‘liq turmush tarzi tufayli ular o‘rtasida umumiy mulk vu-judga kelishi mumkin.
Umumiy mulk huquqi faqat o‘n to‘rt yoshga to‘lgan voyaga yetmagan bolalar bilan ota-onalari o‘rtasida tuzilgan bitim yoki kelishuv asosida vujudga keladi. Umumiy mulk bo‘yicha bolalar bilan ota-onalar o‘rtasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan munosabatlar Fukarolik kodeksining 216-227-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar asosida tartibga solinadi.
Olti yoshdan o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan kichik yoshdagi bolalar kuyidagilarni mustaqil ravishda amalga oshirishga xaklidirlar:
1) mayda maishiy bitimlar;
2) tekin manfaat ko‘rishga karatilgan, notarial tasdiklashni yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni talab kilmaydigan bitimlar.
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakqiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar ota-onalari, farzandlikka oluvchilar va xomiylarning roziligisiz kuyidagilarni mustaqil ravishda amalga oshi-rishga xaklidirlar:
1) o‘z ish xaki, stipendiyasi va boshqa daromadlarini tasarruf etish;
2) fan, adabiyot va san’at asarining, ixtironing yoxud o‘z intellektual faoliyatining qonun bilan ko‘riklanadigan boshqa natijasi muallifi huquqini amalga oshirish;
3) qonunga muvofiq kredit muassasalariga omonatlar ko‘yish va ularni tasarruf etish;
4) ota-onalar bilan bolalar o‘rtasidagi mol-mulk, mulkdorlardan har birining mulkiy huquqiga ko‘ra, ularning ulushi aniklanib ko‘yilgan bo‘lishi yoki bunday ulushlar aniklanmay ko‘yilgan bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36-moddasiga muvofiq, har bir shaxs mulkdor bo‘lish huquqiga ega. Shaxsning mulkdorlik huquqi cheklanmaydi, unga mutlak huquq sifatida beriladi. Bu huquq shaxsning yoshi bilan cheklanmaydi. Ko‘pchilik katori voyaga yetmagan bolalar xam xususiy mulk egasi bo‘lishlari mumkin.
Mamlakatimizda barcha fukarolarga amaldagi qonunlar bilan man etilmagan har kanday shartnomalarni tuzish huquqi berilgan. Ota-onalar xam o‘z bolalari bilan shunday shartnomalar tuzishlari mumkin. Xayotda ota-onalar bilan bolalar o‘rtasida ko‘pincha xadya shartnomasi tuziladi.
Bola o‘ziga tegishli bo‘lgan mulkdan olgan daromadi hisobiga xam mulkdor bo‘lishi mumkin. O‘n olti yoshga to‘lgan voyaga yetmagan bolalar mexnat shartnomasi bo‘yicha ishlab yoki ota-onasi, farzandlikka oluvchilar yoxud xomiysining roziligida tadbirkorlik fao-liyati bilan shug‘ullanib xususiy mulk orttirishlari mumkin.
Bola xususiylashtirish tufayli olgan uyga, kvartiraga (ularning qismiga) xususiy mulkdor bo‘lishi mumkin. Xusu-siylashtirish tufayli berilgan uylar nafaqat voyaga yetgan bolalarga, shuningdek, oila a’zolari hisoblangan 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan bolalarga xam o‘tishi mumkin. Agar uyda faqat voyaga yetmagan bolalar yashasalar, u holda vasiylik va xomiylik organlari ularni bolalarning nomiga xujjatlashtirib berishga yordam beradi.
Fukarolik qonunchiligi bolalarga o‘z mulkini mustaqil ravishda tasarruf etish huquqini beradi. Bolalarning bu imkoniyatlari ularning yoshiga bog‘liq bo‘lib, Fukarolik kodeksining tegishli moddalari bilan belgilanadi.
Voyaga yetmagan bolalar nomiga ota-onalari va boshqa shaxslar tomonidan ko‘yilgan mablag‘larni boshqarish va tasarruf etish Fukarolik kodeksi qoidalari asosida amalga oshiriladi.
Voyaga yetmagan bolalar nomiga ko‘yilgan pul mablag‘lari, bolalar o‘n to‘rt yoshga kirgunga kadar ularning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari tomonidan tasarruf etilishi mumkin. Ular o‘n to‘rt yoshga to‘lgandan keyin esa faqat o‘zlari tomonidan ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillarning roziligi bilan tasarruf etilishi mumkin.
Yuqorida qayd etilganidek, kichik yoshdagi bolalar – olti yoshdan o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lganlar: mayda maishiy bitimlar tuzish, tekin manfaat ko‘rishga karatilgan, notarial tasdiklashni yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni talab kilmay-digan bitimlarni tuzishlari mumkin.
Mayda maishiy bitimlar tushunchasi anik bo‘lmasligi xam mumkin, chunki ayniksa bizning davrimizda ashyoning kadri va uning baxosi tez o‘zgarib turibdi. So‘zsiz har bir oilada bolani moddiy ta’minlash darajasi o‘zgarishi tufayli uni kondirish xam o‘zgarib bormokda. Uni belgilashda ota-onaning madaniyati, oila pedagogikasi va ularning maksadi xam muxim o‘rin tutadi. Shuning uchun kundalik xayotda mayda maishiy bitimlar tushunchasi kam uchraydi.
Ota-ona va voyaga yetmagan bolalar o‘rtasida kelib chika-digan mulkiy nizolar sud tomonidan umumiy asoslarda xal kilinadi.
Download 69.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling