5 mavzu. Ota-ona va bolalarning huquq va majburiyatlari Reja


Voyaga yetmagan bolalarning shaxsiy nomulkiy huquq va majburiyatlari


Download 69.02 Kb.
bet2/4
Sana31.01.2024
Hajmi69.02 Kb.
#1828433
1   2   3   4
Bog'liq
1. Mavzu

Voyaga yetmagan bolalarning shaxsiy nomulkiy huquq va majburiyatlari.
Voyaga yetmagan bolalar deyilganda o‘n sakqiz yoshga to‘lmagan bolalar tushuniladi. Amaldagi qonunlar bilan belgi-langan bolalarning huquqlari ularning tug‘ilishi bilan vujudga keladi. Ularning muomala layokati Fukarolik kodeksining 22-moddasi va Oila kodeksining tegishli moddalari bilan belgilanadi.
Fukaroning o‘z harakatlari bilan fukarolik huquqlariga ega bo‘lishi va ularni amalga oshirishi uchun fukarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layokati (muomala layokati) u voyaga yetgach, ya’ni o‘n sakqiz yoshga to‘lgach, to‘lik xajmda vujudga keladi.
Oila kodeksida bolalar huquqi bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasi»da ifodalangan atamalardan foydalanilgan. Ko-nunchilikda foydalanilgan "bolalarning shaxsiy huquqlari" yig‘ma xususiyatga ega bo‘lib, turlicha mazmunni ifodalaydigan bir xil bo‘lmagan maksadlarni nazarda tutadi. Voyaga yetmaganlarning shaxsiy huquqlari kuyidagi birinchi darajali va mustaqil shaxsiy huquqlarga bo‘lish mumkin: oilada yashash va tarbiyalanish huquqi; ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqi; o‘zini himoya qilishga bo‘lgan huquqi; o‘z fikrini erkin ifoda etish huquqi; ism, ota ismi va familiya olish huquqi.
Sanab o‘tilgan huquqlarning har biri bolaga davlat tomonidan berilgan bo‘lib, oilada tarbiyalanishi, o‘zini himoya qilishi uchun g‘oyat muxim axamiyatga ega. Oila kodeksi bu huquqlarni 11-bobda belgilagan bo‘lib, davlat o‘z navbatida, birinchidan, ularning axamiyatini ko‘rsatadi, ikkinchidan, ularning amalga oshirilishini kafolatlaydi. Ammo shuni xam bilmok kerakki, voyaga yetmaganlarning har kanday shaxsiy huquqlari o‘z mazmuniga ega bo‘lib kodeksning tegishli moddalarida anik ifodalangan.
Oila kodeksining 65-moddasida belgilanganidek, bola-ning yashash va tarbiyalanish huquqi, avvalo, bola o‘z ota-onasi bilan birga yashash mumkinligini anglatadi.
Fukarolik kodeksining 21-moddasiga binoan, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlarning (kichik yoshdagi bolalar-ning) yoki vasiylikda bo‘lgan fukarolarning qonuniy vakil-lari ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari yashaydigan joy voyaga yetmaganlar yoki vasiylikda bo‘lgan fukarolarning yashash joyi hisoblanadi. Tabiiyki, ulardan katta bo‘lgan yoshdagi voyaga yetmagan bolalar xam ular bilan birga yashaydilar.
Oila kodeksi 66-moddasining 1-qismiga binoan, bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-singillari va boshqa qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqiga ega, ota-onasining nikohdan ajralishi, nikohning xaqiqiy emas deb topilishi yoki ota-onaning boshqa-boshqa yashashi bunga ta’sir etmaydi. Ota va ona aloxida yashayotgan bo‘lsalar, u holda bola ularning har biri bilan ko‘rishish huquqiga ega. Ota-ona turli davlatlarda yashayotgan bo‘lsalarda, bola ular bilan ko‘rishish huquqiga ega.
Oila kodeksi 66-moddasining 3-qismida favkulodda va-ziyatlarga tushib kolgan bolaning uchrashish huquqini amalga oshirish muammosi masalasiga aloxida to‘xtab o‘tiladi. Oila kodeksi favkulodda vaziyatlarga tushib kolgan bolani ushlab turish, kamokka olish, xibsga olish, uning davolash mussasasida bo‘lishi va boshqa hollarni nazarda tutadi. Bu sanab o‘tilgan hollar mutlak bo‘lib hisoblanmaydi. Har kanday holatda xam bu favkulodda holatlar voyaga yetmagan bolani tashki dunyodan, oiladan, ota-onadan, yakin qarindoshlardan ajratilganligi bilan bog‘liqdir. Ular bilan uchrashishdek unga berilgan huquq nafaqat o‘z mazmuni bo‘yicha insonparvarlik, shu bilan birga tarbiyalash, zarur hollarda esa kayta tarbiyalashga xam xizmat kiladi.
Ma’lumki, har kanday fukaroning huquqi, shu bilan birga voyaga yetmagan bolalarning huquqi sud tartibida himoya kilinadi.
Oila kodeksining 68-moddasi bolaning o‘z fikrini ifoda etish huquqini belgilaydi, bu huquqning harakat doirasini aniklaydi, kanday holatlarda voyaga yetmaganlarning fikri hisobga olinishini ifoda etadi.
Oila kodeksining 69-moddasiga binoan, bola ism, ota ismi va familiya olish huquqiga ega. Bolaga ism ota-onaning kelishuviga binoan, ota ismi esa otasining ismi bo‘yicha beriladi. Voyaga yetmagan bolalarning mulkiy huquqlari ilgari amalda bo‘lgan qonunlarda o‘zining ifodasini topmagan edi. Endilikda ular Oila kodeksining 90-moddasida o‘zining tegishli o‘rniga ega bo‘ldi. Bu holat yana bir bor bolaga nisbatan unga huquqning sub’ekti sifatida keng huquqlar belgilanganligini anglatadi.
Amaldagi qonun voyaga yetmagan bolalarning mulkiy huquqlarini to‘plovchi tushuncha harakteriga ega ekanligini inobatga olib, ularning har biriga aloxida e’tibor beradi.
Oila kodeksining 90-moddasiga binoan, voyaga yetmagan bolalar o‘z ota-onasidan va boshqa shaxslardan qonunda nazarda tutilgan mikdorda va tartibda ta’minot olish huquqiga ega. Voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun olingan mablag‘, pensiya, aliment uning otasi yoki onasi tasarrufida bo‘lib, bolaning ta’minoti, tarbiyasi va ta’lim olishi uchun sarflanishi kerak.
Voyaga yetmagan bolalarning mol-mulkini tasarruf etishga doir vakolatlar amalga oshirilayotganda fukarolik qonun xujjatlarida belgilangan qoidalar ko‘llaniladi.
Bulardan tashkari, bolalar mulk huquqiga ega. Masalan, sovg‘a tarikasida olinadigan mulk shunday mulklar sirasiga kiradi. Bu an’anaviy va juda keng tarkalgan mulk olishning usuli hisoblanadi. Bunday mulk nafaqat qarindoshlardan, balki boshqa jismoniy shaxslar, xatto yuridik shaxslardan xam olinadigan mulk bo‘lishi mumkin. Fukarolik kodeksi tomonidan belgilangan meros tarti-bida olinadigan mulk xam bor. U qonun yoki vasiyatnoma tartibida olinishidan kat’i nazar mulk hisoblanadi, undan olinadigan daromad xam mulk jumlasiga kiradi.
Har bir shaxsga, shu bilan birga voyaga yetmagan bolalarga o‘z huquq va erkinliklarini himoya qilishga ko‘maklashadi. Kolaversa, kuyidagi holatni xam nazarga olish lozim, ya’ni voyaga yetmagan bolalar o‘zlarining jismoniy, ruxiy va ij-timoiy rivojlanishiga ko‘ra xamma vaqt xam u yoki boshqa xayotiy vaziyatni to‘g‘ri baholay olmaydilar. Shuning uchun Oila kodeksi 67-moddasining 2-qismiga binoan, bolaning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni uning ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) amalga oshiradilar.

Download 69.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling