5-mavzu. O`zbekistonda davlat mustaqilligining qo`lga kiritilishi. Huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyat asoslarini shakllantirish. Mustaqillik yillarida


Mustaqillik yillarida O„zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy sohalardagi


Download 121.75 Kb.
bet8/15
Sana15.11.2023
Hajmi121.75 Kb.
#1777235
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
O`zbekistonda davlat mustaqilligining qo`lga kiritilish - копия

Mustaqillik yillarida O„zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy sohalardagi 
yangilanishlar. 
 
Ma‗lumki 1995 yildan boshlab mamlakatimizda ijtimoiy- siyosiy jarayonlarning, tub
islohotlarning ikkinchi davri boshlandi. Bu bosqichning vazifalari va xususiyatlarini Birinchi
Prezident I. Karimov O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 23 fevraldagi birinchi
majlisida qilgan ―O`zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolning asosiy tamoyillari‖
nomli ma‗ruzasida belgilab berdi.
Bu dasturiy ma‗ruzada jamiyatni demokratiyalashtirishning muhim shartlari ko`rsatilgan. Bu
shartlar nimalarda iborat?
Demokratik jarayonlar ob‗ektiv qonuniyati asosida rivojlanadi. Tabiiyki, bu qonuniyatlarni
o`rganib borish va ularga amal qilish talab etiladi.
Birinchidan, tub yangilanish davrida milliy an‗analarga, qolaversa, Sharqona demokratik
jarayonlarning o`zigaxos xususiyatlariga tayanib ish tutish, ulardan yangi o`zgarishlarga mos
holda oqilona foydalanish zarurdir. Jamiyatni demokratiyalashtirishning ikkinchi muhim sharti -
bu odamlarning tafakkuri va ijtimoiy saviyasi bilan demokratik o`zgarishlar darajasi va sur‗atlari
bir-biriga qanchalik mutanosib ekanligini hisobga olishdir.
Tarixiy tajribalar shundan dalolat beradiki, demokratik jarayonlarni chetdan nusxa olib ko`r-
ko`rona ko`chirish aslo samara bermaydi. Demokratiyaning o`z-o`zidan vujudga kelmasligini
ham insoniyat bosib o`tgan taraqqiyot yo`li isbotlaydi. Birinchi Prezident I.Karimov bu xususda
shunday ta‗kidladi: ―Demokratiyaga tinimsiz aqliy va jismoniy mehnat qilib, ter to`kib,
hayotning achchiq-chuchugini obdan totib, kiyin, aytish mumkinki, hatto fojiali tajribalarni ham
boshdan o`tkazib, og‘ir sinov va kurashlarga mardona bardosh beribgina erishish mumkin.
Demokratik jarayonlarning uchinchi sharti shuki, demokratik jarayonlar xalqimiz milliy
madaniyatining o`zigaxos jihatlarini hisobga olib, uning tabiatini o`zida mujassam etmog‘i
kerak.
Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi, tub isloxatlarni amalga oshirishdagi 1995 yildan
boshlangan jarayonlar ikkinchi bosqichning bosh vazifasi demokratik jarayonlarni
chuqurlashtirishdan iborat edi.
O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisining 1996 yil 26 avgustida bo`lib o`tgan VI
sessiyasida nutq so`zlagan Birinchi Prezident I.Karimov ana shu yangi davrni ta‗rifladi va
demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish tamoyillarini ko`rsatib berdi:
1) Jamiyatni tubdan yangilash va turmushimizning barcha sohalarida tub islohotlarni amalga
oshirish, shu asosda demokratik tamoyillarni turmush tarziga aylantirish uzoq davom etadigan
o`zluksiz jarayondir. Jamiyatda demokratiyani chuqurlashtirish izchillikni taqozo etadigan, sobit
qadamlik bilan turli qarshiliklarni va tuskinlarni yengib, eskicha qoliplarni sindirib tashlab,

yangicha tafakkur tarzini joriy qiladigan murakkab jarayondir;


2) Jamiyatni demokratlashtirish - bu bevosita iqtisodiy islohotlardan tortib huquqiy, siyosiy va
ma‗naviy yangilanishlarga tayangan voqelik. Afsuski, ―demokratiyalash jarayonining ayni ana
shu huquqiy, siyosiy va ma‗naviy jarayonlari iqtisodiy taraqqiyotdan orqada qolmoqda‖ deb
sessiyada ta‗kidlangan edi. navbatida bu holat hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va
sud tizimlari hamda jamoat tashkilotlarining faoliyatini kuchaytirish, ta‗sirchanligini va ish
samaradorligini oshirish zarurligini ko`rsatadi. Aniqrog‘i, ular faoliyatini inson huquqlari va
erkinliklarini ximoya qilishning butun bir tizimini yaratishga, bu sohada uzoq muddatli pirovard
maqsadlarni inobatga olgan strategik dasturlarni ishlab chiqishga, shu yo`l bilan odamlar
tafakkurida o`zgarish yasab, jamiyat ma‗naviy qiyofasini shakllantirishga safarbar etish
lozimligini ko`rsatadi;
3) Qonun ustivorligiga erishish, qonun oldida barchaning tengligini ta‗minlash lozim. Eng
avvalo huquq-targ‘ibot ishlarini, qonunlar va boshqa me‗yoriy hujjatlarni xalqaro mezon va
andozalarga moslashtirish zarur. Ma‗lumki, hozirgi paytda jahonda mazkur masalaga doir
yetmish xil andoza mavjud bo`lib, ularning barchasi jahon hamjamiyatida tan olingan tamoyillar
hisoblanadi;
4) Aholining siyosiy faolligi bevosita uning jamiyat ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga qanchalik
dahldorligi bilan belgilanadi. Agar fuqaro siyosiy va ijtimoiy jihatdan faol bo`lsa, u o`z-o`zini
boshqarishga va shu
orqali jamoa harakatini
shakllantirishga, uning
mazmunini
chuqurlashtirishga qodir bo`ladi.Fuqaro o`zini erkin xis qilsa, erkin fikrlasa, oldin fikrining
to`g‘riligiga, jamiyat uchun foydaligiga ishonsa, so`ng uni hech qiynalmasdan bayon qilsa, ana
shundagina demokratiya o`z-o`zidan jamiyatning tarkibiy qismiga aylanadi, unda mustahkam
o`rnashib oladi;
5) Oliy Majlisning VI sessiyasida hokimiyat bo`linishi tamoyillariga qat‗iyan amal qilish
demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishning muhim omili sifatida ko`rsatildi. Bu ayniqsa,
o`tish davrida jamiyat boshqaruvini takomillashtirishga, uning barqarorligini ta‗minlashga,
fuqaro va jamiyat o`rtasidagi o`zaro bog‘liklikni chuqurlashtirishga zamin yaratadi.
Ana shu tamoyillarning barchasiga rioya qilish huquqiy demokratik davlat ildizlarini
chuqurlashtirishga, uni har jihatdan mustahkamlashga, davlatni qudratli mexanizmga
aylantirishga yordam beradi.
Birinchi Prezident I.Karimov bosh islohotchi-davlatning istiqbol rejalari va strategik
dasturlari xususida gapirar ekan, quyidagi xulosani o`rtaga tashladi:
―Shunday davlat va ijtimoiy tuzilma yaratish kerakki, unda kuchli markaziy hokimiyat sa‗y-
harkatlarini mudofaa, davlat xavfsizligi va fuqarolarning xavfsizligi, tartib-intizom, tashqi
siyosat, valyuta-moliya, soliq tizimini shakllantirish, qonunlar qabul qilish va jamiyatning
boshqa strategik vazifalarni amalga oshirish singari asosiy umum milliy vazifalarga qaratmog‘i
zarur. Boshqa masalalarni xal etish esa asta-sekin markazdan joylarga, davlat hokimiyati
organlaridan jamoat birlashmalari va fuqarolarning o`z-o`zini boshqarish organlariga
o`tkazilishi lozim‖.
Ana shunday sharoitda jamiyatda demokratiya chuqrlashadi, fuqorolarning ijtimoiy faoliyati
kuchayadi. Joylarda o`z-o`zini boshqarishganlari ishi bevosita barcha fuqarolarning
ishtirokisosida takomillashib boraveradi.
Siyosiy va ijtimoiy hayotda demokratiyaning o`rni va mohiyati to`g‘risidagi fikr va
mulohazalarni Birinchi Prezident I.Karimov jahon ―O`zbekiston XXI asr bo`sag‘asida:
xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolotlari‖ nomli kitobida yanada
kengroq ilmiy-nazariy xulosalar bilan boyitdi (T.,―O`zbekiston‖,1997). Xususan, kitobda
demokratiya tushunchasiga qo`yidagicha ta‗rif berilgan:
―Umumiy tarzda demokratiya deganda hammaning manfaatlari yo`lidako`pchilikning
hokimiyati va ozchilikning irodasini hurmat qilish tushuniladi. Batafsil tahlil qilinganda esa
demokratiya-xalqning erkinligi va mustaqilligiga qarashlari ham, har bir shaxsning manfaatlari
va huquqlarini o`zboshimchalik bilan cheklashlar va shu yusindagi harakatlardan ximoya qilish
ham, fuqarolarning o`z-o`zini boshqarish shakli ham ekanligi ayon bo`ladi‖. Birinchi Prezident

I.Karimov jamiyatda demokratiya qay darajada ekanligini aniqlaydigan kamida uchta mezon


borligini ta‗kidlaydi.
Birinchisi - xalq qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardor ekanligi;
Ikkinchisi - Hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi;
Uchinchisi – oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etish; ―Ana shu uch
sohada haqiqiy siljishlar bo`lmas ekan;-deb yozadi Birinchi Prezident I.Karimov - demokratiya
haqidagi hamma gap-so`zlar yo halqqa xushomad qilish, yoki oddiy siyosiy o`yin bo`lib
qolaveradi‖.
O`zbekistonning Birinchi Prezidenti I.Karimov 1999 yil 14 apreldagi birinchi chaqiriq
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XIV sessiyasida qilgan ―O`zbekiston XXI asrga
intilmoqda‖ nomli ma‗ruzasida XXI asr arafasi va uning dastlabki yillarida mamlakatimizning
rivojlanishi strategiyasi, islohatlarni chuqrlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi ustivor
yo`nalishlarini belgilab berdi. Shunday muhim ustivor yo`nalishlardan biri-mamlakat siyosiy
hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirishdir.
Davlat qurilishi va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarini erkinlashtirish masalasi
katta ahamiyat kasb etishini alohida qayd qilar ekan Birinchi Prezident I.Karimov shunday dedi:
―Bu boradagi asosiy vazifalar hokimiyat barcha tarmoqlarining bir-biridan mustaqil holda ish
yuritish tamoyillarni mustahkamlash, hokimiyat vakolatlarini nodavlat va jamoat tashkilotlariga,
fuqarolarni o`z-o`zini boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o`tkaza-borish, ularning haq-
huquqlari va erkinliklarini muhofaza etishni kuchaytirishdan iborat‖.
1999 yildan mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotida, iqtisodiy islohotlar sohasida yangi
bosqich boshlandi. Bu bosqichda ya‗ni davlat ijtimoiy tuzilmalar va hokimlik idoralarning
diqqat markazida jamiyatni yangilash va isloh etish bo`yicha turgan vazifalarni Birinchi
Prezident I.Karimov ikkinchi chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi
sessiyasidagi (2000 yil 22 yanvar) ―Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard
maqsadimiz‖ ma‗ruzasida belgilab berdi.
Xususan, siyosiy sohadagi vazifalar quyidagilardan iboratligi qayd etildi;
mamlakat siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish;
mamlakat siyosiy hayotida haqiqiy ma‗nodagi ko`ppartiyaviylik muhitini qaror toptirish;
nodavlat tuzilmalar, hukumatga qarashli bo`lmagan va jamoat tashkilotlarning,fuqarolarning
o`zini-o`zi boshqarish organlarining faoliyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish;
odamlarning siyosiy ongi, siyosiy madaniyati, siyosiy faolligi kuchayib borgani sari, davlat
vazifalarini nodavlat tuzilmalar va fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlariga bosqichma-
bosqich o`tkazib borishi zarur.
jamiyatda fikrlar xilma-xilligi va qarashlar rang- barangligi, ularni erkin ifoda etish sharoitini
yaratish;
inson huquqlari va erkinliklarini, odamlarimiz ongida demokratik qadriyatlarni yanada
mustahkamlash va rivojlantirish;
Sessiyada davlat qurilishi va boshqaruvi sohasidagi muhim vazifalridan biri-hokimiyat
tizimlari bo`linishining konstitutsion printsipiga amal qilinishini ta‗minlashdan iborat deb
ko`rsatildi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat - Oliy Majlis va joylardagi vakillik organlari bo`lgan
viloyat, shahar va tuman kengashlarining Konstitutsiya hamda qonunlarda ularga berilgan
vakolat va nazorat vazifalalrining so`zsiz amalga oshirilishiga erishish zarur.
Mustaqillikning o`tgan davrida davlat qurilishi va boshqaruvi tizimida anchagina ijobiy
ishlar amalga oshirilganiga qaramay, markazda va joylarda amaldagi boshqaruv tizimining har
bir bug‘ini vazifasi, vakolatlari va mas‗uliyatini yaxshi va chuqr anglaydigan, uni yuqori malaka
bilan bajaradigan yaxlit samarali mexanizm sifatida faoliyat ko`rsata olmayotganligi Birinchi
Prezident o‗z I.Karimov ma‗ruzasida qayd etildi.
Shuning uchun ―mamlakatda amaldagi Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq faoliyat
ko`rsatadigan, ishni barqaror va faol tashkil qiladigan, mohiyatiga ko`ra jamiyatimizning olga
2
Karimov I.A. ―O`zbekiston XXI asrga intilmoqda‖, T., ―O`zbekiston‖ 1999, 17-bet.

siljishiga halaqit berayotgan barcha illat va eski asoratlarga qarshi kurasha oladigan tizimni


vujudga keltirish zarur‖- deb ko`rsatdi Birinchi Prezident I.Karimov .
O‗zbekiston o‗zining davlat mustaqilligini mustahkamlashga dadillik bilan kirishdi. Birinchi
bo‗lib, davlat ramzlari belgilab olindi.
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabr VIII sessiyasida 13
moddadan iborat bo‗lgan «O‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i to‗g‗risida»gi Qonuni
qabul qilindi. Davlat bayrog‗i mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo‗lgan g‗oyat qudratli
saltanatlar bayrog‗iga xos bo‗lgan eng yaxshi an'analarni davom ettirgan holda respublikaning
tabiatiga xos bo‗lgan xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy sohalardagi o‗zligini ham
aks ettiradi. O‗zbekiston Respublikasi davlat bayrog‗i yurtimizning o‗tmishi, bugungi kuni va
kelajagining yorqin ramzi bo‗lib qoldi.
1992 yil 2 iyulda O‗zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida 8 moddadan
iborat bo‗lgan «O‗zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‗g‗risida»gi Qonuni qabul qilindi.
Davlat gerbidagi har bir belgi chuqur ma'noga ega. Gerb rangli tasvirda bo‗lib, Xumo qushi
kumush rangda, quyosh, boshoqlar, paxta chanog‗i va «O‗zbekiston» degan yozuvlar tilla
rangda, g‗o‗za shoxlari, barglari va vodiylar yashil rangda, tog‗lar havo rangida, chanoqdagi
paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oq rangda. O‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i
tasvirlangan lenta to‗rt xil rangda berilgan.
1990 yil 10 dekabrda O‗zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida
«O‗zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‗g‗risida»gi (12 moddadan iborat) Qonun
qabul qilindi. Davlat madhiyasining matni O‗zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov, musiqasi
O‗zbekiston xalq bastakori Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan.
1991 yil 14 sentyabr kuni Toshkentda O‗zbekiston Kommunistik partiyasining oxirgi favqulodda
XXIII s'ezdi bo‗lib, unda KPSS tarkibidan chiqish va sifat jihatidan yangi siyosiy tashkilot —
«O‗zbekiston Xalq demokratik partiyasi (O‗zbekiston XDP)»ni tuzish haqidagi Bayonot qabul
qilindi. 1991 yil 1 noyabr Toshkentda bo‗lib o‗tgan I ta'sis qurultoyida O‗zbekiston XDP ga asos
solingan. Bu qurultoyida partiyaning Dasturi va Nizomi qabul qilindi.
O‗zbekiston XDPsining «O‗zbekiston ovozi», «Golos Uzbekistana» gazetalari va «Muloqot»
jurnali nashr etilmoqda.
«Vatan taraqqiyoti» partiyasi (VTP)—1992 yil 24 mayda Toshkentda bo‗lib o‗tgan I ta'sis
qurultoyida tuzilgan. Ushbu Qurultoyda uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. O‗zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi 1992 yil 10 iyulda Vatan taraqqiyoti partiyasini ro‗yxatga olgan.
O‗zbekiston Vatan taraqqiyoti partiyasining nashri «Vatan» gazetasi ega edi. VTP 2000 yil 14
aprelda Fidokorlar milliy – demokratik partiyasi bilan birlashib Fidokorlar milliy demokratik
Download 121.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling