5-mavzu. O`zbekistonda davlat mustaqilligining qo`lga kiritilishi. Huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyat asoslarini shakllantirish. Mustaqillik yillarida
Download 121.75 Kb.
|
O`zbekistonda davlat mustaqilligining qo`lga kiritilish - копия
partiyasi nomini oldi. O‗zbekiston «Adolat» sotsial – demokratik partiyasi («Adolat» SDP) — 1995 yil 18 fevralda Toshkentda bo‗lgan I ta'sis qurultoyida tuzildi, uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. Adliya vazirligi 1995 yil 18 fevralda «Adolat» SDPni ro‗yxatga olgan. Partiyaning «Adolat» nomli ijtimoiy – siyosiy haftalik gazetasi nashr etilmoqda. O‗zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi (O‗zMTDP) — 1995 yil 3 iyunda Toshkentda bo‗lib o‗tgan I ta'sis qurultoyida tuzildi va partiyaning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 1995 yil 9 iyunda O‗zMTDP ni ro‗yxatga olgan. O‗zbekiston «Fidokorlar» milliy – demokratik partiyasi (FMDP) — 1998 yil 28 dekabrda bo‗lib o‗tgan I ta'sis qurultoyida tuzildi. Qurultoyida partiyaning Dasturi va Nizomi tasdiqlandi. O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 1999 yil 4 yanvarda O‗zMTDP ni ro‗yxatga olgan. Partiyaning «Fidokorlar» nomli gazetasi nashr etilgan. 2008 yil 20 iyun Toshkentda O‗zbekiston «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi va O‗zbekiston «Milliy tiklanish» partiyasining birlashuv qurultoyi bo‗lib o‗tdi. Qurultoyda O‗zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi va Fidokorlar milliy demokratik partiyasini birlashtirish to‗g‗risida qaror 3 ―Xalq so`zi‖ gazetasi, 2000 yil 23 yanvar. qabul qilindi. Markaziy kengash, Markaziy nazorat – taftish komissiyasi a'zolari saylandi, birlashgan partiyaning bosma organi tasdiqlandi. O‗zbekiston Liberal – demokratik partiyasi (O‗zLiDeP) — 2003 yil 15 noyabrda bo‗lib o‗tgan I ta'sis qurultoyida tuzildi. Unda partiya Nizomi va Dasturi ham tasdiqlandi. Partiyaning asosiy maqsadi tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatini himoya qilishdan iborat. O‗zLDP ning «XXI asr» hafatlik gazetasi nashr etilmoqda. O‗zbekistonda demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurish jarayonida davlat hokimiyati organlari ichida qonun chiqaruvchi oliy davlat vakillik organi – Oliy Majlisning o‗rni va ahamiyati kattadir. O‗tish davrining mashaqqatli bosqichlarida respublika siyosiy hayotini yangilash va demokratlashtirish jarayonida Oliy Majlis o‗zining salmoqli hissasini ko‗shib kelmoqda. Milliy parlamentarizmning eng yangi tarixi umum e'tirof etilgan uchta asosiy davrga bo‗linadi. Birinchi davr: 1991 – 1994 yillar, ikkinchi davr: 1995 – 2004 yillar va uchinchi davr: 2005 yildan hozirgi paytgacha. 2000 yil 25 may kuni ikkinchi chaqiriq O‗zekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi sessiyasida ikki palatali parlament tuzish g‗oyasi ilgari surildi. Bunda Birinchi Prezident Islom Karimov o‗zining «O‗zgarish va yangilanish - hayot talabi» nomli ma'ruzasida ikki palatali parlament tuzish g‗oyasini ilgari surdi. 2001 yil 6 – 7 dekabr kunlari bo‗lib o‗tgan ikkinchi chaqiriq O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining VIII sessiyasida ikki palatali parlament tuzish masalasi muhokama qilindi. Sessiya ikki palatali professional parlament faoliyati uchun eng zarur bo‗lgan omil – yuqori malakali siyosatshunoslar, yuristlar, iqtisodchilar korpusi shakllanib yetilganligini, jamiyatimizda huquqiy madaniyat darajasining ortganligini inobatga oldi va parlamentni ikki palatali qilib tuzish zarur, degan xulosaga keldi. 2002 yil 27 yanvar kuni «Siz kelgusi chaqiriq O‗zbekiston Respublikasi parlamentini ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?» degan masalada referendum bo‗lib o‗tdi. Referendumda qatnashganlarning 93,65 % rozi ekanligini bildirib ovoz berdilar. 2002 yil 4 – 5 aprel kunlari bo‗lib o‗tgan ikkinchi chaqiriq O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining VIII sessiyasida «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‗g‗risida»gi Konstitutsiviy qonun qabul qilindi. Bu qonunda respublika parlamentining nomi Oliy Majlis deyiladi, u ikki palatali – quyi va yuqori palatalardan iborat etib tashkil etiladi, deb belgilab qo‗yildi. Quyi palata – Qonunchilik palatasi, yuqori palata – Senat deb ataladi, ularning vakolat muddati – 5 yil deb belgilangan. VIII sessiyasi Oliy Majlisining «2002 yil 27 yanvarda o‗tkazilgan O‗zbekiston Respublikasi Referendumining yakunlari bo‗yicha amalga oshiriladigan qonunchilik ishlarining asosiy yo‗nalishlari to‗g‗risida»gi qarorini ham qabul qildi. Xullas, bu hujjatlar ikki palatali parlament tuzish ishlarini boshlashga huquqiy asos bo‗lib xizmat qildi. 2002 yil 12-13 dekabr kunlari Oliy Majlisning X sessiyasi bo‗lib o‗tdi. Unda xalqimizning xohish – irodasi bilan «O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‗g‗risida» va «O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‗g‗risida»gi Konstitutsiyaviy qonunlarni hamda ularni amalga kiritish to‗g‗risida qarorlarni qabul qildi. Qonunchilik palatasi 120 nafar deputatdan, Senat 100 nafar senatordan iborat etib shakllantirildi. Bu o‗zgarishlar 2003 yil 24 aprelda qabul qilingan «O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‗zgartishlar va qo‗shimchalar kiritish to‗g‗risida»gi Qonunda ham o‗z ifodasini topdi. 2003 yil 29 avgustda «O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‗g‗risida»gi Qonunga o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritilib, mazkur qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Shu tariqa ikki palatali professional parlamentni shakllantirishning konstitutsiyaviy – huquqiy asoslari yaratildi. 2004 yil dekabr – 2005 yil yanvar oylarida mamlakatimizda ilk bor ikki palatali parlamentga saylovlar o‗tkazildi. Jumladan, 2004 yil 26 dekabr va 2005 yil 9 yanvarda O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga va Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar bo‗lib o‗tdi. 2005 yil 17 – 20 yanvar kunlari esa O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga saylovlar bo‗lib o‗tdi. 2005 yil 27 yanvarda O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 2 palata: Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senat (yuqori palata)dan iborat qilib shakllantirildi. Milliy parlamentarizm rivoj topishining uchinchi davri Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2005 yil 28 yanvardagi qo‗shma majlisidan boshlanib, bunda yangi ikki palatali Oliy Majlis deputatlari va senatorlari amalda o‗z ishlariga kirishdilar. Mamlakatimiz qonun chiqaruvchilarining ana shu tarixiy anjumanida O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov «Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilishdir», – degan dasturiy ma'ruza qilib, unda jamiyatimizni demokratlashtirish hamda yangilashning aniq va teran asoslantirilgan konsepsiyasini, shuningdek mamlakatimizni 2005 yilda va uzoq muddatli istiqbolda isloh etish hamda modernizatsiya qilishning asosiy vazifalarini ilgari surdi. 2009 yil 27 dekabr va 2010 yil 10 yanvar kunlari O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar bo‗lib o‗tdi. 2010 yilning 20 – 22 yanvarida O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a'zolari saylandi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab yurtimizda atrof – muhit muhofazasi, ekologik holatni sog‗lomlashtirish va ekologik barqarorlikni ta'minlash dolzarb masalaga aylandi. Respublikada faoliyat ko‗rsatayotgan O‗zbekiston ekologik harakatini yuridik jihatdan yangi bosqichga olib chiqish muhim ahamiyat kasb etdi. Shu maqsadda 2008 yil 25 dekabr kuni O‗zbekiston Respublikasining «Saylov to‗g‗risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‗zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritish haqida»gi Qonuni qabul qilindi. Oliy Majlis tomonidan 2010 yilning noyabr oyida qabul qilingan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi ham siyosiy, ham iqtisodiy islohotlarimizning Strategik dasturiga aylandi. Konsepsiya doirasida bugungi kungacha qabul qilingan 27 ta qonun, ularni keng miqyosda muhokama etish va qabul qilish jarayonining o‗zi davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, sud hokimiyati mustaqilligini, so‗z va axborot hamda saylov erkinligini ta'minlash, saylov tizimi va fuqarolik institutlarini rivojlantirishda muhim omil va katta amaliy hissa bo‗ldi. Mazkur Konsepsiyaga muvofiq, 2011 yilda va 2014 yilda Konstitutsiyamizga kiritilgan tuzatishlar, davlat qurilishi sohasida qabul qilingan boshqa qator qonunchilik hujjatlari davlat hokimiyatining asosiy sub'ektlari – O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis, mamlakat hukumati vakolatlarini, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati o‗rtasida o‗zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati mexanizmlarini yanada rivojlantirish va optimallashtirishni ta'minladi. Konstitutsiya va uning asosida yaratilgan qonunchilik bazasi, shuningdek, 2010 yilda qabul qilingan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi, 2011 va 2014 yillarda Bosh qomusimizga kiritilgan tuzatishlar jamiyatimizni isloh etish, demokratlashtirish va liberallashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va tub tarkibiy o‗zgarishlarni amalga oshirish bo‗yicha puxta o‗ylangan, uzoq muddatga mo‗ljallangan, dunyoda taraqqiyotning ―o‗zbek modeli‖ deb tan olingan dastur asosini tashkil etdi. Davlat hokimiyati tizimida O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va joylardagi vakillik organlarining rolini sezilarli ravishda oshirish, hukumat, ijro hokimiyati organlarining mustaqilligi va vakolatlarini kengaytirish va ayni paytda qabul qilingan qonunlarning bajarilishi va ta'sirchanligini yanada kuchaytirishga imkon yaratdi. Mustaqillik sharofati bilan o‗zbek xalqi o‗z taqdirini o‗zi hal qilish, kelajagini o‗zi belgilash huquqiga ega bo‗ldi. O‗tish davrida O‗zbekiston o‗zining mustaqil siyosiy va ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyot yo‗lini belgilab oldi. Demokratik tamoyillar asosida O‗zbekistonda amalga oshirilgan tub islohotlar natijasida davlat hokimiyatining turli tuzilmalarida o‗zgarishlar yuz berdi. Siyosiy sohada, xususan milliy davlat hokimiyati organlarini barpo etish va shakllantirish borasida katta yutuqlarga erishdi. Ma'lumki, mamlakatimizda ikki palatali parlament ish boshlashi bilan Prezidentning ba'zi vakolatlari Senatga o‗tkazildi. Senat O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga asosan amnistiya e'lon qilish, O‗zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash va lavozimidan ozod etish masalalarini hal qilish vakolatiga ega bo‗ldi. Bundan tashqari, Senat ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirmoqda. Senat tomonidan xalq deputatlari mahalliy kengashlari faoliyatining samarasini oshirish va ularga uslubiy yordam ko‗rsatish, fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlariga saylovlarni yuksak demokratik saviyada o‗tkazish borasida katta ishlar olib borilib, 2015 yil yanvar oyida saylov tashkil qilindi. Bo‗lib o‗tgan saylovlarda 18 million 500 mingga yaqin fuqaro yoki saylovchilarning 88,9 foizi ishtirok etdi. Shunisi diqqatga sazovorki, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarning saylovoldi kurashi keskin o‗tgan 135 ta saylov okrugining 22 tasida birinchi bosqichda nomzodlar yetarlicha ovoz ololmadi va bu okruglarda takroriy ovoz berishni o‗tkazishga to‗g‗ri keldi. Bu esa saylovlarning demokratik asosda o‗tkazilganidan dalolat beradi. O‗tish davrining dastlabki yillaridan boshlab O‗zbekiston siyosiy mustaqillikni mustahkamlash, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishga yo‗naltirilgan chuqur siyosiy islohotlar o‗tkazish yo‗lidan borilmoqda. Jumladan, 2015-2017 yillarda parlamentimiz tomonidan 55 ta qonun qabul qilingan bo‗lib, shu asosda bir qator samarali ishlar amalga oshirilgan. 2016 yilda 14 sentyabrda qabul qilingan ―Yoshlarga oid davlat siyosati to‗g‗risida‖gi qonun asosida yoshlarga oid siyosat O‘zbеkiston Rеspublikasi davlat faoliyatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, uning maqsadi yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidorini to‘la- to‘kis ro‘yobga chiqishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan iboratdir. Bu qonunning qabul qilinishi, o‘sib kеlayotgan yosh barkamol avlodni tarbiyalash yuzasidan ―Ta'lim to‘g‘risida‖gi Qonunni, ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ni, ―Maktab ta'limini rivojlantirishning umummilliy dasturi‖ kabi bir qator hujjatlarning ishlab chiqilishida poydеvor sifatida xizmat qildi. 2016 yilning 02 sentyabr kuni o‗zbek xalqi og‗ir judolikka uchradi. Mustaqil O‗zbekiston Respublikasining asoschisi, istiqlol yetakchisi, davlat boshqaruvi va bugungi demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishda ulkan hissa qo‗shgan buyuk davlat arbobi O‗zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov vafot etdi. Allbatta, bunday og‗ir judolik damlarida xalqimiz boshiga tushgan musibatga dunyo ahli ham befarq qarab turgani yo‗q. Ular O‗zbekiston xalqiga chuqur hamdardlik bildirib, qo‗llab- quvvatlab turishdi. Jumladan, bir qator davlat rahbarlari shu kuniyoq yurtimizga tashrif buyurib, o‗z ta‘ziyalarini bildirib, bag‗rikeng o‗zbek xalqi bilan doimo birga ekanliklarini namoyon etdilar. 2016 yilning 4 dekabr kunida esa Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi milliy saylov qonunchiligimiz talablari va xalqaro huquqning umume'tirof etilgan demokratik tamoyillari asosida ochiq va oshkora o‗tkazildi. Xususan, saylovchilar ro‗yxatiga kiritilgan 20 million 461 ming 805 nafar saylovchining 17 million 951 ming 667 nafari ovoz berishda ishtirok etdi. Bu saylovchilar umumiy sonining 87,73 foizini tashkil etadi. Shunday qilib, "O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‗g‗risida"gi Qonunning 35-moddasiga muvofiq, Prezident saylovi o‗tgan, deb hisoblanadi. Anjumanda aytib o‗tilganidek, O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‗rish va uni o‗tkazish jarayonini 5 ta xalqaro tashkilot – yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‗yicha byurosi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‗stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi va Islom hamkorlik tashkilotidan hamda 46 ta davlatdan 600 nafarga yaqin kuzatuvchilar kuzatib bordi. 2016 yil 4 dekabr kunidagi O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalariga ko‗ra, O‗zbekiston ―Milliy tiklanish‖ demokratik partiyasidan ko‗rsatilgan nomzod Sarvar Sadullaevich Otamuratovni yoqlab 421 ming 55 nafar saylovchi yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 2,35 foizi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‗zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko‗rsatilgan nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoevni yoqlab 15 million 906 ming 724 nafar saylovchi yoki saylovchilarning 88,61 foizi, O‗zbekiston Xalq demokratik partiyasidan ko‗rsatilgan nomzod Xatamjon Abduraxmonovich Ketmonovni yoqlab 669 ming 187 nafar saylovchi yoki saylovchilarning 3,73 foizi, O‗zbekiston ―Adolat‖ sotsial-demokratik partiyasidan ko‗rsatilgan nomzod Narimon Majidovich Umarovni yoqlab 619 ming 972 nafar saylovchi yoki saylovchilarning 3,46 foizi ovoz bergan. Shu tariqa saylov natijalariga ko‗ra O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti etib shu kunga qadar bosh vazir lavozimida faoliyat olib borgan O‗zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko‗rsatilgan nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyev – Prezident etib tayinlandi. Bugungi kunda Sh.M.Mirziyoev tomonlaridan xalq turmush farovonligini oshirish, iqtisodiyotni isloh qilish borasida bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‗lib, 2017-2021 yillar O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasi to‗g‗risidagi Farmoni ham shular jumlasidandir. Ushbu Farmon asosida mamlakatimizda tub o‗zgarishlar amalga oshirilib, deyarli barcha sohaga oid islohotlar chuqur o‗zlashtirib borilmoqda. Bu esa o‗z navbatida mustaqil davlatimiz taraqqiyoti hamda jamiyat rivojiga munosib hissa qo‗shib kelmoqda. Shunday qilib, mustaqillikka erishgan hur O`zbekiston istiqlolining dastlabki kunlaridan boshlab o‗z istoqlol va taraqqiyot yo`lini belgilab oldi. Bu yo`l demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo qilish yo`lidir. Download 121.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling