5-mavzu: psixoanaliz ta’limoti va uning XX asrda rivojlanishi. Bixeviorizm ta’limoti reja
Download 174.17 Kb. Pdf ko'rish
|
5-ma\'ruza
Bixeviorizm - psixologiyada dastavval AQSh da hayvonlarda o'tkazilgan
kuzatishlarning natijasi sifatida paydo bo'lgan yo'nalishdir. Bixeviorizmning negizini psixologik tadqiqot predmeti sifatida psixikani va ongni inkor etish yotadi. Faqat xulq-atvorgina tadqiqot predmeti deb tan olinar, psixologiyaga esa xulq- atvor va muhitning o'zaro nisbati qonuniyatlarini tadqiq etish tavsiya qilinar edi. Bixevioristlarning fikricha, psixologiyaning vazifasi hissiyot organlariga ta'sir qiladigan omil - stimul (S) ni, ya'ni qo'zg'atuvchi (gap qistirish, o'q otish, surat ko'rsatish va shu kabilar) ni bilgan holda unga javob, ta'sir - reaktsiya (R) qanday bo'lishini yoki ta'sirotni) bilgan holda uning qaysi bir omilga javob tariqasida yuz berganini oldindan aytib berishdan iborat edi. Klassik bixeviorizmning formulasi S R dir. Bixevioristik psixologiyaning mexanistikligi izchildir: odam - bu xuddi hayvonlar kabi, psixikaga egami, yo yo'qligidan qat'iy nazar, u qo'zg'atuvchilarga javob beradigan o'ziga xos bir mashinadir, deb uqtirishdi. Stimul bilan reaktsiya (S > R) o'rtasidagi, ya'ni miyaga "kirish" bilan "chiqish"da yuz beradigan narsalar o'rtasidagi nisbatan ro'kach qilib, bixeviorizm "kirish" bilan "chiqish" o'rtasida nima boru, nima yo'qligini bevosita kuzatish mumkin bo'lmaganligi sababli, ularni ilmiy tahlil qilib bo'lmaydigan ("qora quti") soha deb e'lon qilgan edi. Bixevioristlar o'z eksperimentlarini asosan hayvonlarda (hammadan ko'proq oq sichqonlarda) o'tkazib, so'ngra shu tariqa chiqarilgan xulosalarni odamga nisbatan joriy etishardi. Uning uchun ham kishi shaxsining faolligi amalda inobatga olinmasdi. Bixeviorizm o'rgatish jarayonini ham xuddi shu xilda mexanistik tarzda ta'riflagan edi. Bixevioristlar hayvonlarning xatti- harakatini (masalan, eksperimentda labirintdan chiqish yo'lini izlashini) o'rganib, muammoning echimiga "sinash va adashish" yo'li bilan erishilishi haqidagi xulosaga (E. Torndayk va boshqalar) kelishadi. Bunday yo'l ko'pgina variantlar tanlab chiqilgandan keyin istalganiga erishilishini ta'minlaydigan bitta varianti qolmaguncha tusmollab qilingan harakatlarning "ko'r-ko'rona tanlanishi" deb talqin qilinardi. Bu xulosa odamning hayvondan sifatiy farqlarini inkor etish uchun inson haqidagi ta'limotning ta'rifiga ham joriy qilingan edi. Bixeviorizmning shiori xulq-atvor haqidagi tushuncha bo'lib, u organizmning ichki va tashqi stimullarga javob reaktsiyasidan iboratdir. Bu tushuncha rus ilm-fanida I.M.Sechenov, I.P.Pavlov va V.M.Bexterevlar ishlarida rivojlantirildi. Ular isbot qilishicha, psixik faoliyat sohasi faqatgina ichki kuzatuv orqali anglanadigan (introspektsiya) sub'ektdagi ong hodisalari bilangina chegaralanib qolmaydi, ya'ni bu holda organizm qalb (ong) va tana (moddiy tuzilma sifatidagi organizm)ga ajratib ko'rsatilishi zarur. Bixeviorizm amaliy psixologiyada xulq-atvor nuqtai nazaridan yondashuvning dastlabki manbai bo'lib, psixologning diqqat markazida "xulq-atvor nimadan iborat", "biz xulq-atvorda nimani o'zgartirishni xohlaymiz", "bu uchun nima qilish zarur" kabi savollarni qamrab oladigan inson xulq-atvori turadi. Vaqt o'tishi bilan bixevioral va xulq-atvor yo'nalishlarini bir-biridan farqlash fursati keldi. Amaliy psixologiyada bixevioral yo'nalish klassik bixeviorizm tamoyillarini tasarruf etadigan, ya'ni birinchi navbatda inson xulq-atvorini tashqi, kuzatish imkoni mavjud bo'lgan va insonni faqatgina ta'sir ob'ekti sifatida ko'radigan yondashuvga aylandi. Xulq-atvorga asoslangan yo'nalish ancha keng ma'noda qo'llaniladi. U o'zida nafaqat bixevioral, balki kognitiv-bixevioral, shuningdek shaxs xulq-atvori yondashuvlarini qamrab oladigan yo'nalish bo'lib, u orqali psixolog insonda tashqi hamda ichki xulq-atvor, hayotning u yoki bu pozisiyasini egallash bo'yicha fikr va emosiyalar hamda ushbu harakatlar muallifi sanalmish u uchun javobgar bo'lgan shaxsni ko'radi. Bu borada ko'pgina olimlar o'zlarining tadqiqot ishlarini amalga Djon Uotson nazariyasi va uning ijtimoiy-psixologik talqini. Uning formulasiga ko'ra, psixologiyaning predmeti ong emas, balki xulq-atvordir. Binobarin, psixika va ong orasiga tenglik belgisi qo'yib tasavvur etilgan bo'lsada ongda zohir bo'lgan, ya'ni boshlangan va tugagan barcha jarayonlar psixik sanalar edi, bo‘linki bixeviorizm ongni inkor etib psixikadan voz kechgan edi. Ushbu yo'nalishning asoschisi amerikalik psixolog jon Uotson edi. Bixeviorizmning muhim mezonlaridan biri bu stimul bo'lib, u orqali tashqi tomondan organizmga ko'rsatilgan ta'sir, jumladan, reaktsiya va mustahkamlash vaziyati sifatida insonda tevarak-atrofdagi insonlarning so'zi yoki emosional reaktsiyasi maydonga chiqishi mumkin. 20-asrning ikkinchi yarmida bixeviorizm kognitiv psixologiya bilan almashtirildi va u Amerika psixologiya fanida hozirgi kungacha mavjuddir. Bixeviorizmning ko'pgina qirralari va g'oyalaridan hozirgacha psixologiya va psixoterapiyaning ma'lum yo'nalishlarida foydalanilmoqda. Motivasiya omili yo inkor etildi yoki qo'rquv singari bir nechta primitiv affektlarga bog'landi. Bu orqali Uotson emosional xulq-atvorni boshqarishning shartli reflektorlik tabiatini tushuntirishga harakat qildi. Bixevioristik dasturga obraz, motiv va psixososial munosabatning kiritilishi uning yangi varianti – neobixeviorizmning paydo bo'lishiga olib keldi. Uotson bixevioristik harakatning yorqin namoyandasiga aylandi. Biroq, bir tadqiqotchi, u qanchalik harakat qilmasin ilmiy yo'nalish yaratishi mushkul. Xulq-atvorni boshqarish tamoyili Amerika psixologiyasida Uotson ishlaridan keyin ommalashib ketdi. Uotson kontsepsiyasini xuddi butun bixeviorizm singari "psixikasiz psixologiya" deb atashdi. Bu baho shu fikrga tayanar ediki, bo‘lin barcha psixik hodisalarga subektning o'zi haqidagi tasavvuri va bilimlari kiradi, u ongida kechayotgan barcha jarayonlarni "ichki kuzatish" orqali anglaydi. Biroq, psixika sohasi faqatgina anglanadiganlardan ko'ra ko'proq va kengroqdir. U o'zida shuningdek insonning hatti-harakatlarini, xulq - atvorini va amallarini ifodalaydi. Uotsonning xizmatlari shundan iboratki, u inson va hayvonlardagi gavda harakatlarini qo'shib psixik sohani yanada rivojlantirdi. Biroq, xulq-atvorning tashqi kuzatishga doir tomonlari borasidagi katta, boy ilmiy materialni inkor etishi unga ancha qimmatga tushdi. Bixeviorizmning kengaytirilgan dasturi jon Uotson tomonidan ishlab chiqildi. Bixeviorizm atamasining o'zi ham J.Uotsonga tegishlidir. Jon Bradus Uotson 1878 yil 9 yanvarda Amerikaning Janubiy Karolina shtatida dunyoga keldi. Dastlabki ma'lumotni u ruhoniy bo'lish maqsadida 1894 yilda Grinvilldagi Furman baptistlar universitetida oldi. Ushbu ta'lim dargohini 1890 yilda tugallab, magistr unvonini oldi. Biroq, onasining vafotidan keyin dastlabki orzularidan voz kechdi va Chikago universitetiga o'qishga kirdi. U universitetda J.Enjell va J.Dyuilardan chuqur ta'lim olib, ular ta'sirida psixologiyani o'rganishga kirishdi. Dj.Uotson 1903 yilda "Oliy nerv faoliyati rivojlanishi va oq kalamushlar hatti- harakatlarining murakkabligi orasidagi aloqalar" mavzusidagi doktorlik dissertasiyasini himoya qilib, Chikago universitetida ishda qoldi. Oq kalamushlarni tadqiq etib Uotson shunday xulosaga keldi, o'rtoqlari insonlar bilan tajribalar o'tkazib egallagan natijalarini u kalamushlardagi tajribalari orqali olishi mumkin. 1903 yilda Uotson o'z shogirdiga uylanadi. 1908 yildan 1920 yilgacha bo'lgan muddatda u J.Xopkins nomidagi universitetda psixologiya laboratoriyasida mudir vazifasida faoliyat ko'rsatadi. Ushbu ta'lim dargohida u qiyosiy va eksperimental psixologiya bo'yicha kurslarni o'qidi. Universitet ilmiy laboratoriyasida faoliyat ko'rsatib, u psixologiyada yangi, maqsadi xulq-atvorni o'rganish bo'lgan "bixeviorizm" yo'nalishini yaratish g'oyasi bilan chiqdi. Uotson fikricha, ong va insoniy his-tuyg'ulardan farqli o'laroq aynan xulq- atvor hammasidan ko'ra ham kuzatish va o'rganish uchun qulay bo'lib hisoblanadi. Bu g'oyalar dastlab 1913 yilda nashr etilgan "psixologiya bixeviorist nigohida" nomli kitobda bayon etildi. Bu voqea atrofida aylangan mish-mishlar Uotsonning ilmiy karerasiga salbiy qildi. Natijada u universitetdagi ishini tashlab ketdi hamda keyinchalik boshqa tayinli ishga joylasha olmadi. U ilmiy faoliyatni tashlab tijorat bilan shug'ullana boshladi. 1920 yilda J.Tompsonning reklama agentligiga ishga o'tib xizmat pillapoyalaridan ancha dadil ko'tarilishga erishdi. 1920 yildan 1930 yilgacha bo'lgan muddatda Nyu- Yorkdagi ijtimoiy tadqiqotlar yangi maktabida bixeviorizm kurslarini olib bordi. 1930 yilda u "bixeviorizm" nomli kitobni nashr ettirdi. Nyu-Yorkdagi ijtimoiy tadqiqotlar yangi maktabida bixeviorizm kurslarini olib borganligi ushbu ilmiy asarning yaratilishiga asos bo'ldi. 1936 yilda Uotson ish joyini o'zgartirib, yangi joyda 1945 yilgacha faoliyat ko'rsatdi. Biroq, tijoriy faoliyatidagi egallangan karera uning o'z qarashlaridan voz kechishiga olib kelmadi, aksincha bixevioristik g'oyalar reklama singari faoliyatda ancha foydali bo'ldi va qo'l keldi. Uotson reklama ijodiyotining yangi tamoyillarini joriy etdi: u reklama xabarini adresatga etkazishning o'ziga xos usullarini qo'llashga harakat qildi. Uotson fikricha, zarur stimul orqali potentsial iste'molchida istalgan reaktsiyani paydo qilishi mumkin, asosiy muammo ushbu stimulni topa olishda. 1945 yilda Rozaliya vafot etadi, bu holat olimning hayotiga sezilarli salbiy ta'sir ko'rsatadi. U odamlardan o'zini chetga olib alohida yashaydi va o'zini juda ham yopiq holda tutadi. O'rtoqlarining guvohlik berishicha, uni ko'rishga kelgan do'stlari bilan muloqot qilishdan bo'sh paytlarida yozgan va fan bilan shug'ullangan. Biroq, Uotson ushbu yozganlarini nashr ettirmagan va vafotidan sal oldinroq barchasini yoqib yuborgan.Djon Uotson 1958 yil 25 sentyabrda vafot etgan. Jumladan, Uotson "tafakkur - bu xulq-atvor, harakat faolligi bo'lib, xuddi tennis, golf o'yinlaridagi kabi muskullar bilan bajariladigan o'yinlardir, degan edi. Tafakkur xuddi so'zlashuvdagi kabi muskul harakatlarini talab etadi. Uotsonning eksperimental tadqiqotlari uni instinktlar nazariyasidan voz kechishga undadi, zero, ko'pgina murakkab reaktsiyalar shartlilik tabiatiga ega ekanligi ma'lum bo'ldi. U organizm va obektlar orasida tug'ma aloqalar mavjud emasligini aniqladi: shartlilik jarayonlari natijasida ko'pgina obektlar birta yagona reaktsiyaning stimullari bo'lishi mumkin. Uotson tomonidan shunday xulosaga kelindiki, barcha bolalarda deyarli bir xil darajaga ega, uncha ko'p bo'lmagan tug'ma reaktsiyalar mavjudligi orqali ham tashqi va ichki sharoitlarni o'rgangan holda har qanday bolani aniq belgilangan yo'nalishga undash mumkin. Menga bir qancha sog'lom bolalar va kattalarni bering, ularning talanti, iqtidori, an'analari va qobiliyatlari, shuningdek, qarindoshlarining kasb-kori va irqidan qat'iy nazar men ulardan vrach, tijoratchi, yurist, hatto daydi kambag'al yoki o'g'rini tayyorlashim mumkin, degan edi Uotson. O'z tajribalaridan Uotson shunday xulosaga keldiki, kattalardagi qo'rquv, jirkanish va boshqa salbiy emosiyalar aynan kichik yoshda shartli refleks aloqalari va bazal affektlar asosida paydo bo'ladi. Biroq, avvalo emosional xulq-atvorni boshqarish imkoniyati mavjudligini u alohida ta'kidladi. Uotson tajribalar orqali isbotlashicha, neytral stimulga nisbatan qo'rquv reaktsiyasini hosil qilish mumkin. Uning tajribalari davomida bolalarga quyonni ko'rsatishadi, bolalar quyonni qo'llariga olib uni silamoqchi bo'lishadi, shu lahzada elektr toki razryadini his etishadi va bolalar qo'rqib quyonni tashlashadi va yig'lay boshlashadi. Tajriba qaytariladi va uchinchi – to'rtinchi marta quyon bolalarga ko'rsatilganda, hatto u uzoqda bo'lsa ham qo'rquv alomatini paydo qiladi. Ushbu negativ reaktsiya mustahkamlangach, Uotson bolalarning quyonga nisbatan munosabatlarini o'zgartirishga harakat qiladi. Ya'ni, mazali ovqat eb turgan paytida bolalarga quyonni ko'rsatishadi. Shunday qilib, Uotson emosional xulq-atvorni boshqarish mumkinligini isbotladi. Bolalar bilan o'tkazilgan ushbu tajribalar natijasida qo'rquvni engishning samarali metodlarini yaratish zarurligi aniqlandi. Biroq, bu tajribalarning ishtirokchilari faqat bolalar ekanligi ilmiy psixologik jamoatchilikning ma'lum noroziligiga sabab bo'ldi. Uotson nazariyasiga ko'ra, shaxs nisbatan uzoq muddat davomida kuzatish mumkin bo'lgan odatlar qo'shilmasidan kelib chiqadigan harakatlar summasi, yig'indisidir. Shaxs muammosi – bu odatlar va xulq-atvor harakatlarining buzilishi bo'lib, ularni aynan shartlilik va shartsizlik orqali davolash zarur. Lekin tezda unga I.P.Pavlov va V.M.Bexterevning shartli sekretor va harakat reflekslari borasidagi tadqiqotlari ta'sir etdi. Uotson Bexterevning "ob'ektiv psixologiya" nomli kitobini nemis va frantsuz tillarida mutolaa qilib shunday xulosaga keldi: shartli refleks (Bexterev) xulq-atvorni tahlil qilishning asosiy bo'g'ini bo'lishi zarur. Itlarning bosh miyasi yarim sharlari faoliyatini o'rgangan I.P.Pavlov esa shartli reflekslarni ochdi va u keyinchalik mumtoz shartlilik (respondentlik) deb nomlandi. XX asrda AQShda bu psixologiya maktabi (yo'nalishi) keng tarqalishini amerikalik psixolog J.Uotsonning "psixologiya bixeviorist nigohida" nomli maqolasi nashr etilishi bilan bog'lashadi. Unda "yangi psixologiya"ning asosiy tamoyillari, uning ongni tadqiq etgan "eski" psixologiyadan farqli jihatlari tahlil etilgan. Uotson tarafdorlari sirasiga Uilyam Xanter (1886-1954) va Karl Spenser Leshlini (1890-1958) kiritish mumkin. Uilyam Xanter 1914 yilda reaktsiyani o'rganishga qaratilgan eksperimental chizmani yaratdi va uni "kechiktirilgan" deb atadi. Masalan, maymunga ikki yashikdan qaysi biriga banan joylashtirilganligini ko'rish imkoniyati beriladi. So'ngra maymun va yashik o'rtasiga parda tortib, bir necha sekunddan so'ng uni olishadi. Maymun bu vazifani muvaffaqiyat bilan bajaradi va stimulga qaratilgan reaktsiyani bevosita emas, balki kechiktirilgan holatda ham amalga oshirishi mumkinligini isbotlaydi. Karl Leshli Uotsonning shogirdi bo'lib, Chikago va Garvard universitetlarida faoliyat ko'rsatgan, so'ngra Yerks laboratoriyasida primatlarni o'rganish bo'yicha tadqiqotlar olib borgan. U xuddi boshqa bixevioristlar singari - ong organizmning gavda faoliyatiga tegishli, deb hisoblardi. Download 174.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling