5-mavzu: psixoanaliz ta’limoti va uning XX asrda rivojlanishi. Bixeviorizm ta’limoti reja
Фрейд таълимотига кўра, шахс психологик ҳаётининг асоси
Download 174.17 Kb. Pdf ko'rish
|
5-ma\'ruza
Фрейд таълимотига кўра, шахс психологик ҳаётининг асоси
жинсий лаззат олишга Қараnb туғма онгсиз майл (инстинкт) дир. 1885 yil Freydning taqdirida burilish yili bo’ldi. U Parijga borish va o’sha davrning eng mashhur nevrologlaridan bo’lgan Jan Sharkoning qo’lida to’rt oy shogird-tadqiqotchi bo’lib ishlashga imkon beradigan tadqiqotchilik stipendiyasini olishga muvaffaq bo’ldi. Freydning isteriya va boshqa psixik buzilishlar asosida seksuallilik bilan bog’liq muammolar yotishi haqidagi fikrlari 1896 yilda uning Vena tibbiyot jamiyati a‘zoligidan chiqarilishiga sabab bo’ldi. «Tushlarni ta‘birlash» (1900) asari nashr qilingandan keyingi besh yil ichida Freydning obro’si shunchalik ko’tarildiki, u dunyo tanigan vrachlar safidan o’rin oldi. 1902 yilda «Psixologik chorshanbalar» jamiyati tashkil bo’lib, unga Freydning eng sodiq intellektual izdoshlari kirdi. 1908 yilda bu jamiyat Vena psixoanalitik jamiyati deb atala boshladi. Jamiyat a‘zolari bo’lgan Ernest Jons, SHandor Ferensi, Karl Gustav YUng, Al‘fred Adler, Gans Saks, Otto Rank kabi Freydning ko’plab safdoshlari keyinchalik har biri o’z yo’nalishida taniqli psixoanalitiklar bo’lib etishdilar. Birmuncha kechroq esa Adler, YUng va Ranklar Freyd izdoshlari safidan chiqishib, o’zaro raqobatdagi ilmiy maktablarga asos solishdi. Freyd 1939 yilning 23 sentyabrida Londonda vafot etdi. Freyd yaratgan ta‘limotning o’zagini tashkil qiluvchi psixoanaliz atamasi uch xil mazmunni anglatadi: 1) shaxs va psixopatologiya nazariyasi; 2) shaxs buzilishlari terapiyasi usuli, va; 3) individumning anglanmagan fikrlari hamda hissiyotlarini o’rganish usuli. Nazariyaning terapiya va shaxs o’lchovi bilan bunday bog’lanishi Freydning inson xulqi haqidagi tasavvurlarining barcha qirralarini qamrab oladi. Lekin bu murakkabliklar ostida bir necha asosiy konsepsiya va tamoyillar borki, ular Freydning shaxsga psixoanalitik yondashuvining o’zagini tashkil qiladi. Ushbu qo’llanma ana shu asosiy tushuncha va tamoyillarnigina yoritishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Freyd ta‘limotiga ko’ra, shaxs psixologik hayotining asosi jinsiy lazzat olishga qaratilgan, tug’ma ongsiz mayl (instinkt) dir. Lekin tarixan tarkib topgan odat, ahloqiy prinsiplar tufayli, ijtimoiy «senzura»ning mavjudligi tufayli bu mayl to’g’ridan-to’g’ri to’siladi. SHuning uchun ham ba‘zi kishilarda bu ongsiz tabiiy mayl bilan anglab turilgan vaziyat o’rtasida ichki ruhiy konflikt (to’qnashuv) paydo bo’ladi, bu to’qnashuvlar ba‘zan barqaror asab kasalligiga (nevrozga) olib keladi. Asrimiz boshlaridayoq Z.Freyd kishi shaxsi faolligi manbai va xarakterining o’zicha talqinini tavsiya qilgan edi. Uning ko’pchilik izdoshlari tomonidan ma‘qullangan nuqtai nazariga ko’ra, kishi unda hayvonot dunyosiga mansub ajdodlaridan meros qilib olgan instinktiv mayllar va, eng avvalo, jinsiy instinkt va o’zini himoya qilish instinkti mavjud bo’lganligi tufayli faol emish. Lekin jamiyatda instinktlar o’zini hayvonot olamida bo’lgani kabi namoyon qila olmaydi, negaki, jamiyat kishini ko’plab cheklashlar to’riga o’rab tashlaydi, uning instinktlari va mayllarini «senzura»ga ro’baro’ qiladi, bu esa kishini ularni cheklashga majbur etadi. Instinktiv mayllar shu tariqa shaxsning anglanilgan hayotidan sharmandali bo’lgan, man etilgan va obro’- e‘tiborga putur etkazadigan hodisalar sifatida chiqarib tashlanadi va anglanilgan sohasiga aylanadi, «yashirin holatda yashay boshlaydi», lekin yo’qolib ketmaydi. Ular o’zining harakatlanuvchi kuchini, o’z faolligini saqlab qolgan holda anglanilganlik sohasidan sekin-asta kishilik madaniyatining turli shaql va inson faoliyati mahsuli tusiga kirib (kismlarga ajratgan holda) shaxsning xulq- atvorini yo’naltirishni davom ettiraveradi. Anglanilganlik sohasida instinktiv mayllar o’zining kelib chikishiga bog’liq holda turlicha «komplekslar»ga birlashadi, bu esa, Freydning va freydchilarning ta‘kidlashlaricha, shaxs faolligining haqiqiy sababi bo’lib hisoblanadi. Psixologiyaning vazifalaridan biriga muvofiq tarzda anglanilgan «komplekslar»ning aniqlanishi va ularning anglanishiga yordam berishi bo‘lib bu shaxsning ichki ziddiyatlari yuzaga chiqishi ehtimolini bartaraf etadi. Masalan, «edipcha kompleks»ni ana shunday qo’zg’atuvchi sabablar qatoriga kiritishar edi. Buning ma‘nosi shuki, har bir bolada hali yoshligidayoq bo‘lin qadimgi yunon dramaturgi Sofoklning «Shoh Edip» tragediyasining asosiy mazmunini tashkil etadigan mojaroni bolaning g’aflat ostida o’z onasi bilan jinsiy aloqa qilib qo’yishi va otasini o’ldirishini eslatuvchi fojiali vaziyat ro’y berarmish. Freydning ta‘kidlashicha, to’rt yashar o’g’il bolaning onasiga nisbatan shahvoniy xirs qo’yishi va otasining o’limini orzu qilishni («edipcha kompleks») boshqa bir kuch — yaqin kishisi bilan aloqada bo’lganligi uchun dahshatli jazoga tortilish havfi («axtalanish kompleksi») bilan to’qnash keladi. Shaxsning bundan keyingi butun rivojlanishini freydchilar anglanilganlik sohasiga majburiy tarzda olib kirilgan turli xil komplekslar o’rtasidagi to’qnashuvlar sifatida talqin qiladilar. Freydning shaxs faolligi haqidagi konsepsiyasi (barcha xatolariga qaramay, uning yutug’i anglanilmaganlik va moyilliklar jabhasiga e‘tiborni jalb etganligida edi) ni hatto, bolaning shahvoniy istaklari va qo’rqinchlari haqida hech narsaga asoslanmagan xayoliy uydirmalarini bir chekkaga surib qo’ygan holda diqqat bilan qarab chiqilishi bu erda faollikning o’zi ham biologik tabiiy kuch deb tushunilayotganini payqab olish imkonini beradi. U hayvonlar instinktiga o’xshash, ya‘ni o’zining barcha o’lchovlariga, sublimatsiyalari (qismlarga ajratilishi) va unga qarama-qarshi qo’yilgan jamiyat bilan mojarolari bo’lgani holda o’sha hayvonlar istinkti singari anglanilmagan bo’ladi. Bunda jamiyatning vazifasi mayllarni cheklashdan va «senzura» ostiga olishdan iborat bo’lib qoladi. Shaxs va uning faolligini bunday tarzda talqin qilish shaxsning ijtimoiy mavjudot emas, balki biologik jonzot ekanligi haqidagi bahoni keltirib chiqaradi. Bunda inson va jamiyat bir-birlariga prinsipial jihatdan yotdir va ularning «uyg’un tarzda» munosabat o’rnatishlari faqat birini ikkinchisining kuchi bilan bostirilgan taqdirdagina, birining ikkinchisi ustidan abadiy zo’rligi bo’lgandagina, anglanilgan jabhaning isyon ko’tarishi, tajavuzga yuz tutishi va hokazolar doimiy xabar solayotgan taqdirdagina mumkin deb faraz qilinadi. Freydizm nuqtai nazaridan olganda, odam amalda ijtimoiy hodisa emas. Kishi xulq-atvori ikkita prinsipga: «huzur-halovat prinsipi» (bu o’rinda asosan jinsiy mayllarning aks etishi nazarda tutiladi) va «reallik prinsipi» (jamiyatning uyatli va ta‘qiqlangan narsa sifatida shahvoniy havasni bostirib turish zarurligi haqidagi talablaridan kelib chiqadigan) ga bo’ysundiriladi. «Huzur-halovat prinsipi» bilan «reallik prinsipi»ning to’qnashuvi natijasida anglanilmagan sohaga «qondirilmagan mayllar» ajralib chiqishi ro’y beradi va ular odamning xulq- atvorini shu erdan idora qilib turadi. Bixevioristlarda bo’lgani kabi bu o’rinda ham ongning roli ozgina tan olinadi, ong esa har tomonlama obro’sizlantiriladi. Psixoanalitiklar anglanilmagan psixik qo’zg’atuvchilar bilan avval boshdanoq odamga dushman bo’lgan sotsial muhit o’rtasidagi doimiy qarama-qarshilik to’g’risidagi tasavvurlardan kelib chiqib, individ, bir tomondan, vijdon, nomus, qo’rquv va shu kabilar («ong senzurasi») shaqlida o’zi boshidan kechiradigan qatag’onlarni yaratuvchi muhitning talablari, ikkinchi tomondan esa hukmini o’tkazuvchi anglanilmagan mayllarning bir-birini sig’ishtirmasligi bilan bog’liq ichki konflikt holatiga muqarrar tushadi, deb da‘vo qilishgan edi. Kishi bunday vaziyatlar oqibatida vujudga kelgan tanglikdan shahvoniy g’ayratni sotsial jihatdan maqbul yo’lga burib yuboradigan himoya mexanizmlarini ishga solgan tarzda qutiladi. Katta yoshdagi odamning anglanilmagan holda yo’naltiruvchi xatti-harakati uning ilk bolalik davrida shaqllangan maqsad- istagining qaramligida bo’ladi va amalda uning butun umri bo’yi sira o’zgarmasdan, faqat ongning «senzurasi» bilan murosa qilish zaruratidan niqoblanib qolib ketadi. Freyd psixologlarning e‘tiborini anglanilmaganlik va psixologik himoya muammolariga, katta yoshdagi kishining xulq-atvoriga, bolalikdagi voqealarning ta‘siriga va boshqalarga jalb qildi, lekin bu muammolarni tubdan noto’g’ri, shaxs psixologiyasini biologiyalashtirgan, shaxsni hatto noijtimoiy kuch deb ta‘riflangan holda anglanilmaganlikning ongdan ustunligi va kishi xulq-atvorining shahvoniy mayllarga bo’ysunishi to’g’risidagi tasavvurlardan kelib chiqib talqin etgan edi. Freyd o’zining psixologik nazariyasini odam haqidagi, jamiyat va madaniyat haqidagi umumiy ta‘limotga aylantirishi g’arb mamlakatlarida katta e‘tibor qozondi. Freyd ta‘limotini tan olmay turib zamonaviy shaxs nazariyalarini ob‘ektiv baholab bo’lmaydi. Uning u yoki bu (yoki hamma) g’oyalari tan olinishi yoki tan olinmasligidan qat‘i nazar, Freydning XX asr g’arb sivilizatsiyasiga ko’rsatgan chuqur va mustahkam ta‘sirini inkor etib bo’lmaydi. SHuni ta‘kidlash joizki, insoniyatning butun tarixi davomida kamdan-kam g’oyalar shunchalik keng va kuchli ta‘sir kuchiga ega bo’lgan. Uning inson tabiatiga o’ziga xos qarashlari o’sha davrda hukmron bo’lgan tasavvurlarga keskin zarba berdi: Freyd insonning qorong’i, yashirin, demak, anglab bo’lmas deb hisoblangan psixik hayoti qirralarini tushunishga erishishning qiyin, lekin jalb qiluvchi yo’lini taqlif qildi. Freydning shaxs faolligini butunligicha faqat shahvoniy xirsga bog’liq qilib qo’yishga intilishi yo’nalishda bo’lmagan psixologlarning ham ko’pchiligida e‘tiroz tug’dirdi. Bu hol klassik freydizmning va undan muayyan chekinishlarning birikuvidan iborat xususiyatga ega bo’lgan neofreydizm (A.Kardiner, E.Fromm, K.Xorni va boshqalar)ning kelib chiqish sabablaridan biri bo’lgan edi. Kishilik jamiyatida ko’pchilik kishilarning hayoti va taraqqiyoti jarayonida bu tabiiy ongsiz mayl energiyasi mehnat faoliyatiga aqliy va ijodiy faoliyatga qaratiladi va sarf etiladi. Hayotning yuksak sohasiga energiyaning shu tariqa ko’chirilishini sudlimatsiya deb ataladi. Freydning ayrim shogirdlari uning ta‘limotiga ba‘zi bir o’zgartirishlar kiritganlar. Masalan, Adolf Adler fikricha, seksual (jinsiy) mayl emas, psixik hayotning asosini, ustunlikka, hokimiyatga, boshqa kishilar ustidan hukmronlik qilishga bo’lgan tabiiy mayl tashkil qiladi. Neofreydchilar shaxsning faolligini tushunish borasida shahvoniy mayllarning ustunligi fikridan voz kechishadi va insonning biologik mavjudotligidan chetga chiqishadi. Shaxsning muhitga bog’liqligi birinchi o’ringa qo’yiladi. Bunda shaxs bo‘lin uni beixtiyor belgilaydigan ijtimoiy muhitning shunchaki oddiy tasviri sifatida namoyon bo’ladi. Muhit shaxsga o’zining eng muhim xususiyatlari aksini singdiradi. Ular ana shu shaxs faolligining ko’rinishlariga aylanadi. Masalan, qanday bo’lmasin mehr qo’yishlariga va ma‘qullashlariga muvaffaq bo’lish uchun intilish, hokimiyatning, obro’-e‘tiborning va sohiblikning orqasidan quvish, obro’-e‘tiborli odamlar guruhining fikriga bo’ysunishga va qabul qilishga intilish, jamiyatdan o’zini olib qochish ana shunday ko’rinishlardir. Bu konsepsiyalarda ham shaxsning faolligi haqiqatga to’g’ri kelmaydigan fikrligicha qoladi. Bixeviorizm maktabi haqida tushuncha. Bixeviorizm (ing . behaviour xulq) — 19-asrning oxiri — 20-asrdagi amerika psixologiyasining yetakchi oqimlaridan biri. B. taʼlimoti asosida odam va hayvon xulqida tashqi muhitdan boʻladigan taʼsir, qoʻzgʻatuvchi (stimul)ga javoban yuzaga keladigan xattiharakat va unga taalluqli nutqiy va hissiy javoblarning majmui yotadi. Bixeviorizm introspektiv psixologiya inqirozi sharoitida va hayvonlar psixikasini eksperimental tadqiq qilish taʼsiri ostida yuzaga kelgan. Chunki bunday tadqiqotlarda inson psixikasini oʻrganishda yetakchi boʻlgan oʻz-oʻzini kuzatish metodidan foydalanib boʻlmagan, shuninguchun hay vonlarga nazorat qilib turiladigan turkum taʼsirlar koʻrsatish va bu taʼsirlarga hayvonlar tomonidan beriladigan (berilayotgan) javob reaksiyalarini qayd etib borishga asoslangan tajriba metodikasi ishlab chiqilgan. Soʻng bu metodika odam psixologiyasini h am oʻrganishga koʻchirilgan. Pozitivizm falsafasi tamoyillari Bixeviorizmning umummetodologik asosi boʻlib xizmat qilgan. Bu tamoyilga koʻra, fan, bevosita kuzatib boʻlmaydigan ongni emas, balki faqat bevosita kuzatsa boʻladigan narsalarnigina qayd etishi lozim. bixeviorizmnuqtai nazaridan xulq "stimul—reaksiya" (S—R) aloqalarining majmui sifatida talqin qilingan (tushunilgan). bixeviorizmning ilk gʻoyalari E. Torndayk (1874— 1949) asarlarida oʻz aksini topgan. Bixeviorizm dasturi va shu atamaning oʻzi birinchi bor J. B. Uotson tomonidan taqlif etilgan (1913). Bixeviorizm ilmiy asoslarining shaqllanishiga V. M. Bexterev va I. P. Pavlovlarning ishlari katta taʼsir koʻrsatgan. Bixeviorizm taʼlimotiga koʻra, odamda, u tugʻilgan vaqtda nisbatan oz (kam) sonli xu lqning tugʻma tizimlari (nafas olish, yutish va shahri k.) mavjud boʻladi va keyinchalik shular ustiga ancha murakkabroq xulq jarayonlari qoʻshilib boradi. Muvaffaqiyatli reaksiyalar mustahkamlanib boradi va keyinchalik ham "effekt qonuni"ning qayta tiklan ishi anʼanasiga ega boʻladi. Reaksiyalarning mustahkamlanib borishi "mashklar qonuniga" boʻysunadi, yaʼni bir xil stimullarga javoban bir xil reaksiyalarning qaytaqayta takrorlanaverishi natijasida bu reaksiyalar oʻz-oʻzidan yuzaga chiqaveradigan boʻlib qoladi. Bixeviorizm 20-asrning 20- yillarida yuksak darajada rivojlandi. Bbixeviorizm atamasi va tadqiqot metodikalarining asosiy gʻoyalari antropologiya, sotsiologiya va ped.ga ham tatbiq etildi. Xulqni oʻrganish borasida bir-biri bilan bogʻliq bu fanlar Amerikada bixevioral fanlar deb ataladigan umumiy nom olgan. Hozir koʻp hollarda bixeviorizm gʻoyalari saqlanib qolgan, Ikkinchi jahon urushidan keyin bixeviorizmanʼanalari qator tadqiqotlar, shuningdek dasturli taʼlim (Skinner) deb nomlangan amerika konsepsiyalarida davom ettirilgan. Hozirgi zamon psixologiyasida bixeviorizm jiddiy tanqid ham qilinadi. Buning sababi bixeviorizmda ong, tafakkur, iroda va shahri k. asosiy tushunchalar psixologiyadan chetlashtiriladi, psixikaning ijtimoiylik tabiati inkor qilinadi va shularning oqibatida inson xulqi soddalashtirilib yuboriladi. Download 174.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling