5-mavzu: psixoanaliz ta’limoti va uning XX asrda rivojlanishi. Bixeviorizm ta’limoti reja


Download 174.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana04.02.2023
Hajmi174.17 Kb.
#1159856
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-ma\'ruza



5-MAVZU: PSIXOANALIZ TA’LIMOTI VA UNING XX ASRDA 
RIVOJLANISHI. BIXEVIORIZM TA’LIMOTI 
REJA: 
1. Psixoanaliz maktabining tashkil topishi 
2. Freydning yaratgan ta‘limoti 
3. Bixeviorizm maktabi haqida tushuncha 
4. Jahon psixologiyasida bixeviorizm nazariyasi haqidagi qarashlarning 
ifodalanishi. 
5. Djon Uotson nazariyasi va uning ijtimoiy-psixologik talqini. 
Tayanch tushunchalar: 
geshtal‟psixologiya,struktura,psixoanaliz maktabi, 
Freyd yaratgan ta’limot, insonparvarlik psixologiyasi, psixologiya, yaxlitlik, shaxs, 
shaqllanish, omillar,sezgi, assotsiativ psixologiya. 
bixiviorizm ta’limoti, 
psixologiya, pozitivizm falsafasi tamoyillari, xulq-atvor, tashqi muhit, 
eksperimental tadqiqotjahon psixologiyasida bixeviorizm nazariyasi. 

Hozirgi paytda g’arb psixologiyasida shaxsni tadqiq qilish va tushunish 
borasida «insonparvarlik psixologiyasi» deb atalmish psixologiya vakillarining 
psixoanalitik nazariyalari va qarashlari eng nufuzli yo’nalishlar bo’lib hisoblanadi. 
XX asr g’arb psixologiyasining nufuzli yo’nalishlari biri – psixoanaliz 
yo’nalishidir. U ko’pincha avstriyalik psixiatr va psixolog 3. Freydning nomi bilan 
freydizm deb ham yuritiladi. Freydizm - bu nom avstriya nevropatologi va 
psixologi Zigmund Freyd (1856-1939) nomidan olingan bo’lib, psixologiya va 
nevropotologiyadagi alohida yo’nalishdir. 
Zigmund Freyd 1856 yilning 6 mayida Avstriyaning Frayberg (hozirgi 
Chexiyaning Moraviya) shaharchasida tug’ilgan. Freyd umrining oxirigacha 
Venada yashadi va 1938 yilda, o’limidan bir yil oldin Angliyaga ko’chib o’tdi. 
1873 yilda Vena universitetining tibbiyot fakultetiga o’qishga kirdi. 1881 yili 
Freyd universitetni tugatib, Miya anatomiyasi institutida ishlay boshladi hamda 
katta yoshdagi odam va homila miyasining qiyosiy tadqiqotlari bilan shug’ullandi. 

Download 174.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling