5-mavzu: psixoanaliz ta’limoti va uning XX asrda rivojlanishi. Bixeviorizm ta’limoti reja
Jahon psixologiyasida bixeviorizm nazariyasi haqidagi qarashlarning
Download 174.17 Kb. Pdf ko'rish
|
5-ma\'ruza
Jahon psixologiyasida bixeviorizm nazariyasi haqidagi qarashlarning ifodalanishi. XVIII asr boshlarida xulq-atvor psixologiyasining predmetini ta'kidlagan kuchli yo'nalish paydo bo'ldi. U tashqi muhit stimullari bilan shartlangan va unga adaptasiyalashadigan organizmning reaktsiyalari majmuasi sifatida maydonga chiqdi. Mazkur yo'nalish xulq-atvorga asoslandi va bixeviorizm deb nomlandi. XIX asr oxirida psixologiya fani taraqqiyotiga doir bahslar yagona fikrga kelishga va yangi, pozitiv psixologiyaning yaratilishiga imkon beradi, deb hisoblandi. Ong fenomenini o'rganuvchi psixologiyada, organizm – muhitni yaxlit holda o'rganuvchi psixologiyaga o'tish tendentsiyasi kuzatildi. Biroq dastlabki maktablarning rivojlanishi shuni ko'rsatdiki, psixologiyada bu yo'nalishdagi rivojlanish uchun bir necha yo'l mavjudligi va ular bir-biridan faqatgina ustuvorlik va psixologiya fani vazifalari nuqtai nazaridan emas, balki psixologiyaning mazmuni va predmetini tushunib, aniqlashtirib olish nuqtai nazaridan xam tubdan farq qildi. Psixik rivojlanish dinamikasida uning qonuniyatlari va shart- sharoitlariga ijobiy ta'sir etuvchi yoki xalaqit beruvchi holatlarga turlicha yondashuvlar paydo bo'ldi. Shuning uchun XX asr boshlarida psixologiya jiddiy metodologik krizisni boshdan kechirdi. Bu esa, avvalo, psixikani tatbiq etish bilan bog'liq ob'ektiv metodlarni izlash bilan namoyon bo'ldi. Funktsional psixologiya tomonidan ilgari surilgan strukturalizm yoki Vyursburg maktabi tomonidan ilgari surilgan metodlarning ob'ektivlikdan yiroqligi olingan natijalar taxlili paytidagi bahslar orqali yanada oydinlashdi. Ma'lum bo'lishicha, insonning psixik holatini, uning ongi mazmunini, ong osti holatini o'rganish uchun to'g'ridan-to'g'ri va ob'ektiv metod topish amri mahol. Vaziyatdan chiqish uchun bilvositalik ahamiyatini kasb etuvchi metodni yoki bevosita Real eksperimental tadqiqotni tashkil qiluvchi uning predmetini o'zgartirish (m: tashqi faollikni predmet sifatida ko'rsatish) yoki Diltey ta'kidlaganidek, psixik qonunlarni tasvirlashdan voz kechib, ularni holatlar tarixi bilan almashtirish zarurati paydo bo'ldi. Metodologik krizisning mazmuni hamda kechishi dinamikasiga fan shaqllanishi mantiqidan tashqari ijtimoiy vaziyat va boshqa fanlardagi yangiliklar ta'sir qildi. XX asrning birinchi 10 yilliklarida turli ilmiy qiziqishlar metodologik tamoyillar va ijtimoiy vaziyatda faoliyat ko'rsatgan olimlar psixologiyaning predmeti, maqsadi va uning metodlarini anglashda yagona to'xtamga kela olmadilar. Bu vaziyat olimlar tomonidan psixologiyaning taraqqiyotidagi inqiroz deb baholandi. Albatta, rivojlanish – taraqqiyot yangiliklarni izlash, xatolarsiz amalga oshmaydi. Zamonaviy taraqqiyot psixologiyasi isbotlaganidek, har bir tanqidiy davr negativizm inkor etish bilan boshlanadi va yangilanish bilan almashinadi. Aytish lozimki, XX asrning yuzini namoyon qilgan buyuk ilm-fan namoyondalari etishib chiqqan va ilmiy ijodiyot gullab yashnagan bir davrda ayrim olimlar tomonidan ochiq inqiroz deb baholandi. Demak, XX asrning 20-yillarida psixologiya alohida maktablarga ajraladi va psixikaning mazmuni hamda tuzilishidagi ustuvor xususiyatlar xakida o'z kontsepsiyalarini psixikaning bilish, motivasion yoki xulq-atvor qirralari jixatidan ilgari surishadi. Bu davrda paydo bo'lgan asosiy yo'nalishlardan biri – bixeviorizm yo'nalishi edi. Bixeviorizm yo'nalishi AQSh da paydo bo'ldi. Uning "otasi" Djon Uotson (1878- 1958), uning "psixologiyaga bixeviorist nuqtai nazari bilan karash" nomli makolasi ushbu yo'nalishni boshlab berdi. Yo'nalishning mohiyati "xulq-atvor" terminini tasvirladi, uning o'zi esa bixeviorizm deb nomlandi. Bixeviorizmni "psixikasiz psixologiya" deb atay boshlashdi. Ushbu burilish psixika bilishga aynan o'xshashligini ta'kidlaydi. Bixevioristlar psixik sifatlar haqidagi tasavvurlarni o'zgartirib yuborishdi. Ushbu yo'nalish tarafdorlari eksperimentlarning natijalariga tayanib, shaxs xulq- atvorining har qanday tabiiy ko'rinishini tushuntirishga muvaffaq bo'lishga umid qildilar. Download 174.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling