5-mavzu: psixoanaliz ta’limoti va uning XX asrda rivojlanishi. Bixeviorizm ta’limoti reja


Jahon psixologiyasida bixeviorizm nazariyasi haqidagi qarashlarning


Download 174.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana04.02.2023
Hajmi174.17 Kb.
#1159856
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-ma\'ruza

 
Jahon psixologiyasida bixeviorizm nazariyasi haqidagi qarashlarning 
ifodalanishi. 
XVIII 
asr boshlarida xulq-atvor psixologiyasining predmetini 
ta'kidlagan kuchli yo'nalish paydo bo'ldi. U tashqi muhit stimullari bilan 
shartlangan va unga adaptasiyalashadigan organizmning reaktsiyalari majmuasi 
sifatida maydonga chiqdi. Mazkur yo'nalish xulq-atvorga asoslandi va bixeviorizm 
deb nomlandi. 
XIX 
asr oxirida psixologiya fani taraqqiyotiga doir bahslar yagona 
fikrga kelishga va yangi, pozitiv psixologiyaning yaratilishiga imkon beradi, deb 
hisoblandi. Ong fenomenini o'rganuvchi psixologiyada, organizm – muhitni yaxlit 
holda o'rganuvchi psixologiyaga o'tish tendentsiyasi kuzatildi. Biroq dastlabki 
maktablarning rivojlanishi shuni ko'rsatdiki, psixologiyada bu yo'nalishdagi 
rivojlanish uchun bir necha yo'l mavjudligi va ular bir-biridan faqatgina ustuvorlik 
va psixologiya fani vazifalari nuqtai nazaridan emas, balki psixologiyaning 
mazmuni va predmetini tushunib, aniqlashtirib olish nuqtai nazaridan xam tubdan 
farq qildi. Psixik rivojlanish dinamikasida uning qonuniyatlari va shart-
sharoitlariga ijobiy ta'sir etuvchi yoki xalaqit beruvchi holatlarga turlicha 


yondashuvlar paydo bo'ldi. 
Shuning uchun XX asr boshlarida psixologiya jiddiy metodologik krizisni 
boshdan kechirdi. Bu esa, avvalo, psixikani tatbiq etish bilan bog'liq ob'ektiv 
metodlarni izlash bilan namoyon bo'ldi. Funktsional psixologiya tomonidan ilgari 
surilgan strukturalizm yoki Vyursburg maktabi tomonidan ilgari surilgan 
metodlarning ob'ektivlikdan yiroqligi olingan natijalar taxlili paytidagi bahslar 
orqali yanada oydinlashdi. 
Ma'lum bo'lishicha, insonning psixik holatini, uning ongi mazmunini, ong 
osti holatini o'rganish uchun to'g'ridan-to'g'ri va ob'ektiv metod topish amri mahol. 
Vaziyatdan chiqish uchun bilvositalik ahamiyatini kasb etuvchi metodni yoki 
bevosita Real eksperimental tadqiqotni tashkil qiluvchi uning predmetini 
o'zgartirish (m: tashqi faollikni predmet sifatida ko'rsatish) yoki Diltey 
ta'kidlaganidek, psixik qonunlarni tasvirlashdan voz kechib, ularni holatlar tarixi 
bilan almashtirish zarurati paydo bo'ldi. Metodologik krizisning mazmuni hamda 
kechishi dinamikasiga fan shaqllanishi mantiqidan tashqari ijtimoiy vaziyat va 
boshqa fanlardagi yangiliklar ta'sir qildi. 
XX 
asrning birinchi 10 yilliklarida turli ilmiy qiziqishlar 
metodologik tamoyillar va ijtimoiy vaziyatda faoliyat ko'rsatgan olimlar 
psixologiyaning predmeti, maqsadi va uning metodlarini anglashda yagona 
to'xtamga kela olmadilar. Bu vaziyat olimlar tomonidan psixologiyaning 
taraqqiyotidagi inqiroz deb baholandi. Albatta, rivojlanish – taraqqiyot 
yangiliklarni izlash, xatolarsiz amalga oshmaydi. Zamonaviy taraqqiyot 
psixologiyasi isbotlaganidek, har bir tanqidiy davr negativizm inkor etish bilan 
boshlanadi va yangilanish bilan almashinadi. Aytish lozimki, XX asrning yuzini 
namoyon qilgan buyuk ilm-fan namoyondalari etishib chiqqan va ilmiy ijodiyot 
gullab yashnagan bir davrda ayrim olimlar tomonidan ochiq inqiroz deb baholandi. 
Demak, XX asrning 20-yillarida psixologiya alohida maktablarga ajraladi va 
psixikaning mazmuni hamda tuzilishidagi ustuvor xususiyatlar xakida o'z 
kontsepsiyalarini psixikaning bilish, motivasion yoki xulq-atvor qirralari jixatidan 
ilgari surishadi. Bu davrda paydo bo'lgan asosiy yo'nalishlardan biri – bixeviorizm 
yo'nalishi edi. 
Bixeviorizm yo'nalishi AQSh da paydo bo'ldi. Uning "otasi" Djon Uotson 
(1878- 1958), uning "psixologiyaga bixeviorist nuqtai nazari bilan karash" nomli 
makolasi ushbu yo'nalishni boshlab berdi. Yo'nalishning mohiyati "xulq-atvor" 
terminini tasvirladi, uning o'zi esa bixeviorizm deb nomlandi. Bixeviorizmni 
"psixikasiz psixologiya" deb atay boshlashdi. Ushbu burilish psixika bilishga 
aynan o'xshashligini ta'kidlaydi. Bixevioristlar psixik sifatlar haqidagi 
tasavvurlarni o'zgartirib yuborishdi. 
Ushbu yo'nalish tarafdorlari eksperimentlarning natijalariga tayanib, shaxs 
xulq- atvorining har qanday tabiiy ko'rinishini tushuntirishga muvaffaq bo'lishga 
umid qildilar. 

Download 174.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling